Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry


Innovatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy potentsialini



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Innovatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy potentsialini 
rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari
:
Oldindan ko‘ra bilish, ya’ni, o‘quvchini avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o‘qitish emas, balki uni uzoq 
kelajakni mo‘jallashga o‘rgatishdan iborat bo‘ib, o‘quvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda ta’min qilish, ko‘zlash, 
modellashtirish va loyihalashtirish amalga oshira olishi zarur.
Zamonaviy o‘qituvchi, o‘quvchining hamkorlikda ta’lim olish va muhim qarorlarni qabul qilish (lokal va xususiydan 
tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global muammolarni hal etish)da faol ishtirok 
etishini ta’minlay olishi kerak.
Zamonaviy sharoitda bo‘shlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy potentsialini rivojlantirishning roli ortib borayotgani 
uning kasbiy qobiliyatini dialektik tizim-integral tahlilining metodologik nuqtayi nazaridan tushunishni talab qiladi. 
Bu uni o‘qituvchining kasbiy kompetentsiyasining yaxlit tizimida, qism va butun dialektikasi kontekstida, muhim 
mantiqiy-kontseptual va mazmun-funktsional ta’rifda ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. 
Shu nuqtayi nazardan, bo‘shlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy potentsialini rivojlantirish mohiyatini 
tushunishning kalit, tizimli toifalari, birinchi navbatda, kontekstda “o‘qituvchining ”kasbiy kompetentsiya”, “kasbiy 
faoliyat» kabi tushunchalardir. U tizimli va mazmunli kiritilgan . Aynan mana shu tushunshalar tizimli ajralmas 
hodisa sifatida bo‘shlang‘ich sinf o‘qituvchisining tadqiqot kompetentsiyasining kategorik apparatini tashkil qiladi. 
Boshqasha qilib aytganda, bo‘shlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy potentsialini rivojlantirishni tushunish faqat 
sub’ektiv xarakteriga ega bo‘lgan bir qancha umumiy toifalarning mohiyatini anglash mumkin. 
Internet texnologiyalarining kirib kelishi o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, 
mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun 
yangi imkoniyatlar yaratadi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi. Milliy 
dasturining asosiy talablaridan biri axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng tatbiq etib, o‘quvchilarni mustaqil 
bilim olishga, erkin fikrlashga o‘rgatishdan iboratdir. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish 
o‘qituvchiga:


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
85
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;
bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumot va axborotlarga ega bo‘lish;
nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi. 
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘quvchilarga:
fanga qiziqish uyg‘otish, o‘z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;
ensiklopedik ko‘rinishdagi axborotlarni tezkor olish;
mavzuni o‘rganishda o‘zi uchun qulay bo‘lgan tezlik va o‘zlashtirish darajasini tanlash;
zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va unga doimiy ishlashga bo‘lgan 
ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi. 
Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an’anaviy matn shaklida emas, balki fotorasm, video, chizma, animatsiya, 
ovoz yordamida namoyish qilishdir.
Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi:
-mavzu bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish;
o‘zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta’minlash;
o‘z - o‘zini nazorat ko‘nikmasini shakllantirish;
-bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantirish;
o‘quvchilarni o‘quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o‘quv - metodik yordam ko‘rsatish. 
Boshlang‘ich sinflarda fanlarni multimedia texnologiyalari asosida o‘qitish katta samara beradi. Buning uchun 
esa mashg‘ulotlarning har bir mavzusi bo‘yicha dars ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana shu ishlanma asosida 
barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari vositalari yordamida bayon etilishi lozim bo‘lgan nazariy va 
amaliy materiallarning elektron taqdimoti shakli tayyorlanadi. Dars ishlanmalariga taqdimot slaydlar tayyorlanib, 
videoproyektorlar orqali o‘quvchilarga tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Multimediali taqdimot nafaqat matnli 
va ko‘rgazmali balki ovozli, animatsiyali bo‘lishi o‘quvchilar tomonidan mavzuni mukammal o‘zlashtirishda katta 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy 
maqsad - aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini yaratishdir.
Xulosa qilib shuni aytish joyizki, ta’lim-tarbiya jarayonini tubdan isloh qilishdan ko‘zlangan bosh maqsadimiz- 
barkamol insonni shakllantirish orqali o‘z kelajagimizni ta’minlashdan iboratdir. Darhaqiqat, kelajagimiz egalari 
bo‘lmish yosh avlodni tarbiyalash, biz pedagoglardan ma’suliyat talab qiladi. Ayniqsa, kelajak avlodda mustaqil 
fikrlash, mantiqiy fikr yuritish kabi ko‘nikmalarni hosil qilish bugungi kun o‘qituvchisining asosiy vazifasidir.
O‘qituvchining o‘z kasbiy potensialini rivojlantirish faoliyatiga bo‘lgan ongli intilish shakllangandagina 
ta’lim jarayoni sifati va samaradorligi ortadi. Vaholanki, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi o‘z kasbiy potensialini 
rivojlantirishga bo‘lgan ishtiyoqni, ichki hissiyotini shakllantira olmas ekan, uninig mavqeyi tushib boradi.
Bu esa, o‘z navbatida, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanish darajasiga 
ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu o‘rinda I.P.Rachenkoning fikriga nazar soladigan bo‘lsak -u, o‘qituvchining 
o‘zi, o‘z shaxsi haqidagi tasavvuri, ya’ni ijobiy MEN – kontseptsiyasini shakllantira olishi, uning ijodiy faolligini 
rivojlantirishning kafolati sanaladi- deya ta’kidlaydi. 
Buning uchun har bir pedagog o‘z ustida mukammal ishlashi, zamondan orqada qolmasligi, o‘qitishning
innovatsion texnologiyalarini puxta bilishi va o‘z faoliyatida joriy etishi zarur.

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin