Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry


Key words: innovation, intellectual, potential, creativity, case, vitagen, integrative, competence-based acmeological  approach. Аннотация



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Key words:
innovation, intellectual, potential, creativity, case, vitagen, integrative, competence-based acmeological 
approach.
Аннотация:
В статье рассматриваются актуальные вопросы достижения образовательной эффективности. В 
частности, даны рекомендации по современным инновационным требованиям повышения потенциала учителей 
начальных классов, качества и эффективности образования.
Ключевые слова:
инновация, интеллектуал, потенциал, творчество, кейс, витаген, интегративный, 
компетентностный акмеологический подход.
Jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi - bu insonning turli sohalarida maqsadli mustaqil 
faoliyati asosida uning intelekt va axloqiy rivojlanishidir. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda 
ham ta’limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta’limni rag‘batlantirish muhim yo‘nalish sifatida kelmoqda. 
Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq qilishga bir qator olimlarning ishlarida o‘z ifodasini 
topgan. Bu mualliflar kasbiy layoqatlilik - ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o‘qituvchining kasbiy - individual 
hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni aytib o‘tganlar. O‘z navbatida, kasbiy layoqatlilik 
tushunchasi, V.A.Slastenin ta’kidlaganidek, pedagogning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy hamda 
amaliy tayyorligi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi.
Buning uchun esa, dunyo ilm-fanida o‘qituvchi kompetensiyasini shakllantirish, o‘qituvchilarning kasbiy
salohiyatini takomillashtirish orqali ularni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha pedagog va uslubchi olimlar tomonidan ilgari 
surilgan ilmiy-nazariy qarashlarni o‘rganish lozim.
O‘rganish, o‘z faoliyatining maqsadlarini shakllantirish, muammoni tan olishni o‘rganish va uni hal qilish yo‘lini 
aniqlash, qarorning to‘g‘riligini mohirona nazorat qilish va baholash qobiliyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining
o‘z-o‘zini o‘zi tarbiyalashning asosiy tarkibiy qismlaridir.
Akmeologik yondashuv nuqtayi nazaridan o‘z-o‘zini anglash, o‘zini takomillashtirish, ichki resurslarni boyitish 
va qiyinchiliklarni ongli ravishda yengib o‘tish qobiliyati (tashqi va ichki) o‘qituvchi shaxsining rivojlanish modellari 
va xususiyatlari sifatida ajralib turadi. Shunday qilib, shaxsiy rivojlanishning yetakchi va hal qiluvchi omili shaxsning 
ijodiy tashabbusi va mustaqilligi bo‘lib, bunda asosiy rol o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun motivga 
egaligi hisoblanadi. Shaxsni takomillashtirish, shaxsiy va kasbiy rivojlanishida o‘zini o‘zi anglash muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli 
o‘qituvchida kasbga oid konseptual talablarni tipik va notipik vaziyatlarda namoyon etish qobiliyatlariga bog‘liqligini 
qat’iy belgilash orqali aniqlashtirish hamda senzitiv fikrlashga sharoit yaratuvchi novatorlik kurslarini kiritish asosida 
takomillashtirish hamda malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini 
rivojlantirish mexanizmi, shaxsning erkin muloqotga asoslangan, hayot tarzini va aloqa shakllarini kommunikatsiya 
asosida o‘zgartira oladigan va ijtimoiy javobgarlik prinsipi va pozitiv tipga ega kreativlik, keys, vitagen va ivent 
kabi integrativ xususiyatlarga ko‘ra individual-psixologik va kognitiv usulga xos texnologiyalardan samarali 
foydalanishga erishish zarur.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi barcha zamonaviy texnika, axborot va pedagogik texnologiyalardan xabardor bo‘ishi 
davr talabidir. Dars berayotgan sinfiga taalluqli didaktik materiallarni, elektron darsliklarni, uslubiy qo‘llanmalarni 


84
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
va elektron o‘quv vositalarini ham mukammal o‘rganishi, ularni darslarda qo‘llay olishi kerak. Boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari axborot texnologiyalari vositalari bilan ishlash uchun quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.
O‘qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar 
qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa ta’limni modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlarning joriy etilishida 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy potensialini rivojlantirish muammosi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik va 
pedagogik mahorat soatlarini kiritish lozim. Pedagogning bilish faoliyati ko‘p jihatdan o‘rganilayotgan narsalarning 
murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta’siri, ularni izlash, 
noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini 
nazarda tutadi. Bunday vaziyatlarda o‘z-o‘zini tartibga solish xususiyatlari o‘z bilim va malakalarini doimo 
takomillashtirish borishligini, boshqa odamlarga qaratilgan o‘z hatti-harakatini qat’iy muvofiqlashtirish, bilim darajasi 
bilan aniqlanadi. Pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik layoqatliligini uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi: 
maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi - kasbiy faoliyatini yetarlicha yuqori darajada egallaganlik, o‘zining kelgusi 
kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati
ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi - birgalikdagi kasbiy faoliyatni, hamkorlikni va shuningdek, kasbiy muloqat 
uslublarini egallaganlik, o‘z kasbiy kasbi natijalari uchun ijtimoiy mas’ullikni his qila olishidir.
Boshlangich sinf o‘qituvchisining kasbiy potensialini rivojlantirishdagi irodaviy sifatlar, intellektual salohiyat, 
hissiy sifatlar, kasbiy kompetentligi, amaliy ko‘nikmalar, o‘z-o‘zini boshqara olish layoqatlarining o‘zaro bog‘liqligi 
va shaxsning ijtimoiy-madaniy faollik darajasini aks ettiruvchi individual sifatlar asosida shakllantirib boriladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi sifatida dars jarayonini qiziqarli 
olib borishi lozim. 
Jamiyatimizda ta’lim tizimi insonparvar g‘oyalarga asoslangan bo‘lib, bola shaxsini ta’lim jarayoni markaziga 
qo‘yib, uni jismonan va aqlan rivojlantirishni, unda insoniylik fazilatlarini shakllantirishni asosiy maqsad, deb 
belgilangan.
Ushbu maqsadga erishish uchun har bir o‘qituvchi bola shaxsining rivojlanish qonuniyatlari, o‘ziga xos 
xususiyatlari hamda bu jarayonni to‘g‘ri tashkillashtirish haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi shart. 
Aynan pedagogik muloqot shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini orttiradi. 
Darhaqiqat, boshlang‘ich ta’lim - ta’lim tizimining poydevori hisoblanadi, shu sababli, o‘quvchilarni o‘qitish sifati 
unga bog‘liq bo‘ladi.Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola 
ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning emotsional xususiyatlarini mustahkamlash 
zarur. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llashda yuzaga keladigan hissiy ta’sirlar o‘quvchilarning diqqat-
e’tiborini bir joyga, ya’ni o‘rganilishi rejalashtirilgan o‘quv materiali ustiga jamlashga imkon beradi, bolalarning 
qiziqishlarini orttiradi, o‘rganishga bo‘lgan ijobiy hissiyotlarni amalga oshiriga yordam beradi. 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin