86
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Saodat Kambarova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili
va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi
kafedrasi dotsenti, ped. fan. fals. dok. (PhD)
YOZUVCHI IJODINI SHAXSIYATIGA BOG‘LAB O‘RGANISH
DARSLARINI TASHKIL ETISH
Tadqiqot, loyiha himoyasi yoki asarni idrok etish darslari so‘z san’atining ahamiyatini tushunishga, o‘quvchilarning
mustaqil ijodiy faoliyati ulushini belgilashga, jamoaviy va individual harakatlarini uyg‘unlashtirishga imkon beradi.
Bunday darslar matn ustida ishlashning chuqurlashtirilgan varianti bo‘lib, o‘quvchilarning badiiy so‘z ustidagi
mustaqil kuzatishlarini tashkil etish, matn mazmunini tushunish, uning g‘oyaviy mazmunini anglash, ya’ni badiiy
asarni mustaqil baholash omili bo‘lib xizmat qiladi. Metodist olim A.Zunnunov asarni idrok qilish darslarini tashkil
etishda, asosan, ijodiy o‘qish metodiga xos ifodali o‘qish, yod olish kabi usullardan foydalanishning ahamiyatli
ekanlgiga urg‘u qaratgan [3: 245]. Bizningcha, bunday turdagi darslarni asar muallifi shaxsiyatiga bog‘lab o‘rganish
yozuvchining ijodiy yo‘lini qayta bosib o‘tish, mahorati, dunyoqarashini anglashda
ham alohida ahamiyat kasb
etadi. Asarni idrok qilish darslarining vazifasi matn bilan muloqot qilish, o‘quvchilarning shaxsiy tajribasiga ta’sir
ko‘rsatish, estetik tuyg‘ularini o‘stirish, taassurotlarini chuqurlashtirishdan iborat.
Adabiyotni fan va san’at turi sifatida o‘qitish muammosiga doir tajriba-sinov ishlari jarayonida idrok darsi
modelining xususiyatlarini aniqlash va ko‘rsatish uchun bir qator monografik mavzularga, turli janrdagi asarlarga
murojaat qilindi. Ayniqsa, yuqori sinflarda bunday darslar tizimi o‘ziga xosdir. Idrok qilish darslarining samaradorligini
tekshirish o‘quvchilarda muallif shaxsiyati, badiiy asarga munosabatini shakllantirish
dinamikasini aniqlashga
imkon beradi. Fikrimizcha, idrok darslari metodik modellarini ishlab chiqish o‘quvchilarning muayyan adib ijodiga
shaxsiy munosabati evolyutsiyasi muammosini yosh rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq holda
o‘rganish ularning ijodkorligi, kommunikativ va nutqiy faoliyatini rivojlantirishga zarur shart-sharoit yaratadi.
Biografiya nafaqat yozuvchining bilimi, o‘z
davri namoyandasi, balki hayot yo‘li, dunyoqarashi bilan ham
betakror shaxs sifatidagi o‘rnini tushunish funksiyasini bajaradi. Bu adabiyot fanining insonshunoslik yo‘nalishiga
adabiy qahramonlar va tarjimayi hol bilan tanishishni teng asosda kiritish imkonini yaratadi. Biz yozuvchi tarjimayi
holiga oid idrok darslarini ta’limning yangi bilim berish va ijodiy yaratish shakliga kiritishni joiz deb bilamiz. Ularning
yangiligi o‘rganilayotgan materialning o‘ziga xosligidadir.
Tajriba-sinov jarayonida o‘quvchilarning badiiy adabiyot haqidagi tasavvurlari qanday o‘zgarib borganligi,
ularning yozuvchi shaxsiyati
va ijodi haqidagi tasavvurlari, dunyoqarashlari, muloqot qilish usullari mustaqil
mutolaaga tanlangan Tog‘ay Murod hayoti va ijodi misolida tadqiq etildi. Dars uchun
materiallar yozuvchining
asarlariga bag‘ishlangan so‘zboshilar, turmush o‘rtog‘i Ma’suma Ahmedova tomonidan to‘planib nashr etilgan “Men
qaytib kelaman: Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida” [1], H.Karimovning “Nasr baxshisi” [2] kabi kitoblardan
olindi.
O‘quvchilarga yozuvchining o‘zlarini qiziqtirgan asarini o‘qish, ulardan qaysilarini
adabiyot o‘quv dasturiga
kiritish haqida tavsiya berishlari ham so‘raladi. Buning uchun yozuvchi asarlari ro‘yxati bilan tanishtirildi, kutubxona
yoki internet manbalardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatildi.
Har bir tajriba obyektida tanlangan 9-sinf o‘quvchilari uch guruhga bo‘lindi. Guruhlar adib ijodiga doir har xil
turdagi biografik ma’lumotlar bilan ta’minlandi. Respondentlarga quyidagicha topshiriqlar berildi:
I. Adib haqidagi tarjimayi hollarni o‘rganing. Undagi ma’lumotlarni solishtiring va materiallar reytingini tuzing.
1. Javob tayyorlang: Tog‘ay Murod shaxsiyati haqida taassurotlaringiz qanday? Qaysi faktlar, epizodlar sizga
ko‘proq ma’qul bo‘ldi?
II. Yozuvchi haqida mashhur kishilar fikrlari bilan tanishing va ularga munosabat bildiring. Bunda M.Ahmedova,
S.Ahmad, O.Yoqubov kabi ijodkorlar fikrlaridan foydalanish tavsiya etildi. O‘qituvchining xohishiga ko‘ra boshqa
materiallar ham qo‘shilishi mumkin.
III. Qo‘shimcha didaktik materiallar bilan ishlash.
1. Savol: O‘rganganlaringiz taassurotlaringizni yana qanday yangi ma’lumotlar bilan boyitdi?
IV. Fikr almashish. O‘quvchilar taniqli kishilar tomonidan ijodkorga berilgan ta’riflarga munosabat bildirishdi.
O‘zlarining taassurotlari bilan tengdoshlarining fikrlarida qanday o‘xshashlik borligini qiyoslashdi. Shu o‘rinda
o‘quvchilarga yozuvchining uy-muzeyi, u qayerda joylashganligi va qanday eksponatlar bilan jihozlangani haqidagi
savollar bilan murojaat qilindi. Topshiriqni bajarish o‘quvchilarning izlanish faolligini jadallashtirishga yordam berdi
va yozuvchi shaxsiyati bo‘yicha anchagina foydali ma’lumotlar o‘zlashtirildi.
V. Refleksiya (“Ko‘zgu”) orqali mashg‘ulot o‘quvchilarga nima berganligi, uning yutuq va kamchiliklari, o‘tkazish
bo‘yicha maslahatlar, o‘rganilgan biografiyadan taassurotlar aniqlandi: