SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 243
BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA MULOQOT MASALALARI
“ILM YO’LI” DASTURI MISOLIDA
Gulbahor Zafarboyevna Eshbekova
Jizzax davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola pedagog tarbiyachilar uchun bo’lib unda, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida 6-7 yosh bolalarni maktabtabga tayyorlashda
muloqot masalalarini xal
etish yo’llari ‘Ilm yo’li variativ dasturi orqali bayon etilganligi keltirilgan.
Kalit so`zlar: Ilm yo’li dasturi, kompetentlik, muloqot, ijtimoiylashuv,
rivojlantiruvchi markaz, til va nutq.
COMMUNICATION ISSUES IN PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL ON
THE EXAMPLE OF THE PROGRAM "ILM YO’LI"
Gulbahor Zafarboevna Eshbekova
Jizzakh State Pedagogical Institute
ABSTRACT
This article is for educators and describes how to solve communication problems
in preparing 6-7 year old children for school in preschools through the ‘Science Path
Variety Program’.
Keywords: Science Path Program,
Competence, Communication, Socialization,
Development Center, Language and Speech.
O’zbekistonimizda yangilanish jarayoni kechayotgan xozirgi davrda kelajagimiz egalari
bo’lmish bolalarni ma’naviy boy,
axloqan yetuk, intelektual rivojlangan, yuqori bilimli,
jismonan
baqquvvat qilib tarbiyalashga, har tomonlama kamol topgan shaxsni
shakllantirishga alohida ahamiyat berilmoqda . Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim
tendensiyalari kengayib bormoqda [1-4]. Respublikasining 2020 yil 23 -sentyabrdagi
‘Talim -to’g’risidagi O’RQ-637- son qonun‘. 2019 yil 16 –dekabrdagi Maktabgacha ta’lim va
tarbiya to’g’risidagi
qonunlari, 2020 yil l9 –martdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining ‘Bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini
rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risidagi 132 –son qarori
tizimdagi islohatalarning
jadallashuviga muhim burilish yasadi Qaror ilovasida 2020-2025 yillarda bolalarni
maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko’rsatkichlarida viloyatimiz bo’yicha 30 810 nafar
bolani maqsadli qamrab olish belgilab qo’yilgan. Bolalarni maktabga tayyorlashda muloqot
masalalari bolaning keying ta’lim bosqichida qiyinchiliklarga duch kelmasligi hamda