read fe’li o‘timli, lekin ikkinchisida
yo‘q, chunki
came fe’li o‘timsiz. Boshqaruvning sintaksis uchun universal emasligiga sabab yuqoridagi misollard-
agi fe’llar leksik ma’nosiga ko‘ra o‘timli yoki o‘timsiz fe’llarga ajratilishidadir, hamda leksik qatlamga Moslashuv va
bitishuv morfologik tegishlidir. Buni ushbu misollarda ko‘rishimiz mumkin: He is (am, are) a student. She is a pretty
(not round or handsome) girl.
Komponent tahlil asosida quyidagi sintaktik aloqalar aniqlangan:
1. Yadro predikativ aloqa. I speak. T
2. Koordinativ aloqa. We write and read at school.
3. Appozitiv aloqa. They are two talking.
4.Kesimi nolga teng bo‘lgan predikativ aloqa. My God! T
5. Introduktiv aloqa. Do you speak English? Yes, I do. T
6. Subordinativ aloqa. I read a book
7. Yadro bo‘lmagan predikativ aloqa. She is seen singing.
Sintaksemalarga ajratib tahlil qilish usulida esa gapdagi elementlarning differentsial sintaktik va semantik bel-
gilari aniqlanadi. U paradigmatik planda amalga oshiriladi. Bunday tahlil gapning ichki strukturasini o‘rganish deb
tushuniladi. Umuman, gapdagi elementlarni sintaksemalarga ajratib tahlil qilish har bir elementni u yoki bu o‘rinda
sintaktik qatlamdagi semantik maydonini aniqlashga asoslanadi. Ushbu lisoniy metoddan foydalanishda asosan,
uchta yo‘nalish mavjud bo‘lib, ularning qaysi biridan foydalanish izlanish yoki tadqiq qilish ob’ektiga bogliqdir.
Jumladan, 1) sintaksemalarning ifodalanish vositalari; 2) elementar birliklarning ma’no xususiyatlari; 3) sintaktik
pozitsiya yoki sintaktik o‘rin.
1. Somebody reads.
SbAg. PrAc.
2. Somebody is a student.
SbId1. SId2
3. Somebody is happy.
SbSt. QlfSt.
4. Somebody is beautiful.
SbQlt. QlfQlt
5. Somebody is 20.
SbQun. QlfQun
Xulosa sifatida aytish mumkinki, sintaksemalarga ajratib tahlil qilishda bir komponent modellarga tushgan
gaplarda turli xil differentsial sintaktik va semantik belgilar mujassamlashgan holatni ko‘rishimiz mumkin.