veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
65
2023-yil 7-son
Tadqiqot
Lingvistik tahlil til hodisalarini qamrash chegarasiga qarab
to‘liq
va
to‘liqsiz tahlil
deb ham ajratiladi. Matnni
to‘liq lingvistik tahlil qilish ko‘p vaqt talab qiluvchi murakkab ishdir. Matnni til haqidagi fanning hamma tarmoqlari
bo‘yicha tekshirish, tom ma’noda, to‘liq lingvistik tahlil hisoblanadi. Dars jarayonida bunday tahlildan foydalanib
bo‘lmaydi. Umuman, bunday tahlilga ehtiyoj ham sezilmaydi. To‘liq
lingvistik tahlildan, tilni chuqur o‘rganuvchi
to‘garaklarda foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lingvistikaning biror tarmog‘i yuzasidan o‘tkaziladigan
to‘liq tahlil shu predmet uchun berilgan soatlarning oxirgi qismida yoki tilshunoslikning boshqa keyingi tarmoqlari
o‘rganilayotganda o‘tkaziladi. Masalan, to‘liq fonetik tahlil fonetikadan berilgan hamma mavzular o‘rganilib bo‘lingach
yoki orfografiyadan bo‘ladigan darslar orasida o‘tkazilgani ma’qul. To‘liq tahlildan yozma ish sifatida foydalanilsa
ham bo‘ladi. To‘liqsiz yoki mavzutik tahlil ma’lum bir tarmoqning ayrim mavzulari yuzasidan o‘tkaziladi. Masalan,
«Ot haqida ma’lumot», «Atoqli va turdosh otlar» mavzulari o‘tilgandan so‘ng to‘liqsiz tahlil o‘tkaziladi. Bunda diqqat
uch masalaga qaratiladi: ot, atoqli ot, turdosh ot. Bundan keyingi tahlil darslarida e’tibor qaratiladigan masalalar
soni oshib boraveradi, ya’ni ot, otning ma’no turlari (atoqli, turdosh, konkret,
abstrakt, yakka, jamlovchi otlar),
otlarda son, egalik, kelishik kategoriyalari kabi. To‘liqsiz tahlilni ma’lum bir kichik mavzuning o‘zigagina bog‘lab
o‘tkazishning didaktik nuqtayi nazardan ahamiyati kam. Oldin o‘tgan, shu mavzuga aloqasi bor materiallarni ham
tahlil talabiga kiritish kerak. Masalan, kelishik yuzasidan bo‘ladigan tahlil darsida faqat kelishik qo‘shimchalari va
ularning ma’nosiga e’tibor berish shu mavzuni unga (kelishiklarga) aloqador oldingi soatlarda o‘tilgan mavzulardan
uzib qo‘yadi. Ot turkumi bo‘yicha kelishik kategoriyasiga qadar o‘tilgan materiallarni o‘rganishni ham tahlil talabiga
kiritish o‘rinlidir. Bunda oldin (birinchi planda) kelishik affikslari va ularning ma’nosi, so‘ng (ikkinchi planda) otning
ma’no turlari hamda boshqa kategoriyalari tahlil etiladi. To‘liqsiz tahlildan har bir amaliy mashg‘ulot darslarida
foydalanib, vazifalar soni oshirib borilaversa, talabaning bilimi qat’iylashib,
kengayib, mustahkamlanib boradi.
Dars turi sifatida lingvistik tahlil ma’lum didaktik va metodik talablarga javob berishi lozim. Lingvistik tahlil til
haqidagi fanning har bir tarmog‘i uchun tuzilgan dastur talabiga to‘la mos bo‘lishi kerak. Uning oldiga ham til
haqidagi fanlarni o‘qitish oldiga qo‘yiladigan metodologik va metodik talablar qo‘yiladi.
Lingvistik tahlil oldiga qo‘yiladigan prinsipial talablar quyidagilar:
1. Ilmiylik prinsipi.
2. Ma’lum sxema asosida ish ko‘rish prinsipi.
3. Bir tur tahlilni boshqa tur tahlil bilan aralashtirib yubormaslik prinsipi.
4. Tahlilni sismavzutik o‘tkazib yuborish prinsipi.
Ma’lumki, grammatika tilning grammatik qurilishini o‘rganuvchi tilshunoslikning bir bo‘limidir. Grammatika
so‘zlarning gapda o‘zgarishi va o‘zaro birikib, so‘z birikmasi va gap hosil qilish haqidagi qoidalar to‘plamidir.
Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis. Shunga ko‘ra grammatik tahlil ham morfologik tahlil va
sintaktik tahlilga bo‘linadi. Morfologik tahlilda so‘z turkumlari, ularning ma’noviy turlari, grammatik kategoriyalari,
tuzilish jihatdan turlari va gapdagi vazifasi aniqlanadi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: