Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Ключевые слова и фразы:
Паремиологические единицы, устойчивые соединения, лакунарные единицы, 
диалектные единицы, вариантность, трансформация, орфологическая, предикативная, синтагматическая, языковая 
природа, морфолого-синтаксические признаки, фонетический сегмент.
Bugunga qadar barqaror birikmalarning sintaktik xususiyatlari ilmiy tadqiq etilgan. Rus tilshunosligidagi maqollar 
tilining sintaktik jihatlarini ilk bor P.Glagolevskiy tadqiq etgan. Shuningdek, V.Vinogradov, I.A.Fillipovskaya, 
G.S.Varlakovalarning izlanishlari ham diqqatga sazovor. O‘zbek tilshunosligida esa X.Abdurahmonovning 
ishlarini alohida ta’kidlashimiz zarur. Olimning “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlarining sintaktik xususiyatlari 
bo‘yicha kuzatishlar”ga bag‘ishlangan ishida matal, qo‘shiq va topishmoqlarga qisman to‘xtalingan bo‘lib, asosan 
maqollarning sintaktik xususiyatlari yoritilgan
1
.
Bu xususda turkologiyada ham talaygina ishlar bajarilgan. Jumladan, A.Annaurova turkman, R.Sarsenboyev 
qozoq xalq maqol va matallarining sintaktik tomonlarini yoritib bergan. Shuningdek, T.Qo‘rdaboyev va 
N.Z.Gadjiyevaning maqolalari ham shunga bag‘ishlangan. Faqat ularning aksariyatida asosiy e’tibor maqollarning 
sintaktik jihatlari va ularda bog‘langan qo‘shma gapga xos belgilarga qaratilib, bog‘lovchisiz qo‘shma gap tahlili 
deyarli uchramaydi, bo‘lsa ham uni bog‘langan qo‘shma gapning bir turi, varianti sifatida baholab ketiladi. Bundan 
farqli, X.Abdurahmonov maqollarning sintaktik manzarasini bog‘lovchisiz qo‘shma gap misolida batafsil ochib 
bergan. 
Janubiy Surxondaryo o‘zbek shevalaridagi barqaror birikmalar lisoniy tabiati juda xilma-xildir. Zero, bu hududda 
o‘zbek xalqining bir nechta urug‘, daha vakillari hayot kechiradi. Shunga ko‘ra ular bisotidagi maqol, matal, ibora, 
topishmoq kabi barqaror birikmalarni tahlilga tortdik hamda morfologik va sintaktik xususiyatlariga ahamiyat berdik. 
Janubiy Surxondaryo hududi (Qiziriq, Angor, Termiz tumani, qisman Termiz shahri va Jarqo‘rg‘on tumani)dan 
to‘plangan BBlarning tarkibiy tuzilishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda ot turkumidagi so‘zlarning ishtiroki o‘zga 
morfologik bo‘laklarning ulushidan yuqori ekani ko‘zga tashlanadi. 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin