“book-report”), kitob sharhi
( “book review”) shaklidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazish
ham o‘quvchilarning dunyoqarashiga katta ta’sir qiladi. Ayni shu shakllar orqali fikr berish o‘quvchiga mustaqil fikrni
erkin namoyish etishga yordam beradi.
“Book-report” bu – axborot berish xususiyatiga ega bo‘lgan kitob haqidagi hisobot va xulosadir. Bunda o‘quvchi
kitob mazmunini obyektiv tahlil qilishi kerak bo‘ladi. Badiiy asar mutolaasidan so‘ng, chiqariladigan ko‘pgina
xuloslar “yoqdi-yoqmadi” shaklidagi subyektivlikdan iborat bo‘lib qolgani uchun ham bunday kitob tahliliga oid
hisobot tayyorlash bugungi adabiy ta’limda muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchini kitob hisobotini tayyorlashga o‘rgatish quyi sinflardanoq boshlanishi kerak. O‘qilgan she’r, hikoya,
ertak, masal, rivoyatni “book-report” shaklida tahlil qilish bir muncha sodda jarayon sifatida o‘quvchining qiziqish
koeffitsentini oshiradi.
Adabiy laboratoriya mashg‘ulotlarida kitob hisobotini tayyorlashga o‘rgatish o‘quvchining tahliliy qobiliyatini
ko‘rib chiqishning yana bir usuli hisoblanadi. Kitob hisobotini yozish orqali o‘quvchining matn, tasvir, adabiy
qurilma va ulardan amalda qanday foydalanish kabi elementlarni tushunganini aniqlab olish mumkin.
Kitob hisoboti va kitob sharhi (“book review”) bugungi ta’lim tizimimizda mavjud bo‘lgan inshoga ham bir qadar
o‘xshab ketsa-da, aslida ikki ijodiy ish o‘rtasida aniq farqlar mavjud. Jumladan, adabiy insho 3 qism (Kirish, asosiy
qism, xulosa)dan iborat bo‘lib, har bir qism tadrijiy bir-biriga bog‘lanib turishi, shuningdek, o‘zgalarning fikrini
(aforizm, maqol, hikmatli so‘z) o‘zining shaxsiy fikriga dalil sifatida keltirish orqali aytmoqchi bo‘lgan gaplarini
dalillashi ustuvorlik qiladi. Asosan, insholar asardagi ma’lum yo‘nalishlarnigina qamrab oladi va shu yo‘nalishga
o‘quvchining munosabati talab qilinadi. Kitob hisobotidan maqsad esa o‘quvchining kitob kontekstini qay darajada
tushunganini ko‘rsatishdir. Bunda o‘quvchilar kitobni qanchalik yaxshi ko‘rganini yoki nima uchun ma’lum bir
qahramonni yoqtirish yoki yoqtirmasligi haqida so‘z yuritmaydilar, balki unga adekvat munosabatda bo‘lishlari
kerak bo‘ladi.
Kitob hisoboti orqali badiiy kitobni o‘zgalarga tavsiya qilish, nima uchun yoki nima uchun emasligini tushuntirish
muhim hisoblanadi.
8–9-sinflar “Adabiyot” darsligidan o‘rin olgan o‘quv materiallarini laboratoriyalarda o‘rganishda “book-report”,
“book review” shaklidagi mashg‘ulotlarni qanday tashkil qilishga oid metodik tavsiyalarimizni quyida berib o‘tamiz.