Sayil ham sayil. var. Sayr ham sayil, sargardon ham sayil Obyektiv birikmaning tashkil topishiga xizmat qiladi. Komponentlar boshqaruv munosabatida bo‘ladi. Ko‘p vaqt
birinchi komponent otlashadi:
Kengga keng dunyo, torga tor dunyo. Atributiv birikmalar tashkil topadi. Takror komponentlar qaratqich va qaralmish vazifasida qo‘llanadi. Masalan,
Yaxshi ning yaxshi ligi tegar har yerda, yomon ning yomon ligi tegar tor yerda. Takrorlangan komponentlardan biri atov gap, keyingisi boshqa gap tarkibida to‘ldiruvchi yoki qaratqich
vazifasida qo‘llanadi.
Mehnat, mehnat ning tagi rohat. Maqollarda so‘zlar tuzilish jihatidan sodda shaklda qo‘llaniladi. Ulardan ot, fe’l va sifat so‘z turkumidagi so‘zlar
faol qo‘llanishda bo‘lsa, juft so‘zlarga nisbatan qo‘shma so‘zlarning ishtiroki ko‘proq kuzatiladi.
Matal va iboralar asosan sodda gap tipida keladi. Ma’lumki, bu qolipdagi maqol va topishmoqlar juda ham ko‘p.
Biroq sodda gap sostavli barqaror birikmalar o‘rtasidagi lingvistik farqni konkretlashtirish masalasi haligacha o‘z
yechimini topmagan. Zotan, maqol, matal, ibora o‘rtasidagi variativlik, transformatsiya va sinonimiya hodisalari uch
tipli qurilmani bir-biridan farqlash ishlarini yanada murakkablashtiradi. Bizningcha, bunday vaziyatlarda dastlab
barqaror birikmalarning sintaktik xususiyatlarini tahlil qilish zarur bo‘ladi va shundan so‘ng qurilma tipiga xulosa
berish mumkin bo‘ladi.
Har qanday maqolning predikati hozirgi-kelasi zamon shakli, aniq maylli, uchinchi shaxs birlik/ko‘plik hamda
tasdiq/inkor shakllaridan biriga xoslanadi
3
. Bu an’anaviy qolipga dialektal paremalar ham mos tushadi. Bu
paremalar o‘z semantik xususiyatlariga ko‘ra bitta umumiy yadroviy asoslarda ifoda topadi. Masalan,