Tu -76 Guruh talabalari Raximjanova Nihola Elmurod Yusupov Ikromaliyev Abduvohid Tursunboyev Sarvar Tolibboyev Zufarbek



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#166967
1   2   3   4   5
Ontologiya va borliq haqidagi nazariyalar tahlili2

I - bosqich Antik davrda materiya birlamchi material (suv, olov, atom va sh.k.) sifatida talqin qilinadi va «dastlabki stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu materializm o‘z rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy, o‘ziga xos narsadan izlaydi.
Darhaqiqat antik qarashlarga ko‘ra materiya – jismlar va narsalarning o‘zagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o‘simliklar, hayvonlar va odamlar uchun zarurligini qayd etib, uni barcha narsalar asosi deb e'lon qilgan. Geraklit quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olovni hamma narsaning asosi deb hisoblagan.
Materiyaning birinchi konsepsiyasini miloddan avvalgi V asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.
II - bosqich XVI-XVII asrlar metafizik materializmida materiya muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatida tahlil qilingan. O‘sha davrda materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga ko‘lamlilik, shakl, og‘irlik va hokazolarni kiritgan. Ba'zan materiya tushunchasi bitta muayyan «birlamchi» xossa, masalan ko‘lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan (R.Dekart, I.Nyuton ).
III - bosqich XVIII-XIX asrlarda materiya inson sezgi a'zolari orqali idrok etishga qodir bo‘lgan ob'ektiv borliq sifatida talqin qilingan. Bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy fanlarning rivojlanish jarayonida olimlar tamonidan aniqlagan belgilar bilan boyib bordi. Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida xossasi – massa aniqlandi va u materiyaning eng muhim belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana boshlandi.
IV - bosqich Hozirgi zamon falsafasida materiya ob'ektiv borliqni ifodalash uchun mo‘ljallangan falsafiy kategoriya bo‘lib, uni inson o‘z sezgi a'zolari orqali idrok etadi, uni tushunishi mumkin va tushunishga harakat qiladi, lekin bunda u inson sezgilaridan qat'iy nazar mavjud. Bu davrda materiyani tushunishda tabiiy ilmiy jihat emas, balki falsafiy jihat birinchi o‘ringa qo‘yildi. Bunda materiyaga narsalar va hodisalar rang-barangligining ichki yagonaligi zamirida yotuvchi mohiyat – substansiya sifatida e'tirof qilinadi. Bu esa materiyaga ob'ektiv borliq sifatida yondoshuv ifodasidir. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatshunoslik sohasidagi vaziyatni tahlil qilgan faylasuflar (ularni faqat sobiq marksizm vakillaridan iborat, deb tushunmaslik lozim), xususan, «materiya» tushunchasidan voz kechish yo‘lidan emas, balki unga tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish orqali chiqarilgan yangi xulosalarni kiritish yo‘lidan borishni taklif qildilar. «Materiya» falsafiy kategoriyasining vazifasi amalda mavjud materiya turlarining butun cheksiz rang-barangligini qamrab olish va uni ong bilan bog‘lash mumkin emasligiga urg‘u berishdan iborat. Muammoga falsafiy munosabatni uning tabiiy-ilmiy talqinidan farqlash imkonini beruvchi mazkur yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda mazkur sohadagi tadqiqotlar va bilish imkoniyatlari doirasi asossiz ravishda torayadi. Bunga, masalan, neopozitivizm yo‘nalishlaridan biri – lingvistik falsafada duch kelishimiz mumkin. Uning taniqli namoyandalari J.Mur, L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki «materiya» va «ong» kabi tushunchalarga ilmiy nuqtai nazardan aniq ta'rif berish mumkin emas ekan, ulardan voz kechish lozim, deb hisoblaydi.
Materiyaning tarkibiyligi g‘oyasining ildizlari antik falsafaga, xususan, Demokrit, Epikur va Lukretsiy Karning atomistik ta'limotiga borib taqalsada, bu g‘oya tabiatshunoslikning rivojlanishiga kuchli ta'sir ko‘rsatgan. Hozirgi zamon falsafasida u ancha salmoqli va ilmiy asoslangan materiyaning tizimli tuzilishi konsepsiyasida mujassamlashgan.
Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari - massa, energiya, ko‘lam bilan bog‘langan va uning muayyan turlari - modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k. bilan tenglashtirilgan.
Borliqning asosiy atributlari: harakat, makon , zamon.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin