Tub sonlar nazariyasi


Qadam-baqadam algoritm (Eratosfen reshetkasi)



Yüklə 76,5 Kb.
səhifə2/2
tarix07.10.2023
ölçüsü76,5 Kb.
#152994
1   2
туб сонлар

Qadam-baqadam algoritm (Eratosfen reshetkasi)


  1. Tub sonlar aniqlanadigan yuqori chegara N kiritilsin.

  2. M massivning 2 dan N gacha bo’lgan elementlariga bir qiymati berilsin (barchasi tub sonlar deb faraz qilinadi).

  3. Biror bir K soniga karrali bo’lgan sonlarni o’chirishning yuqori chegarasi bo’lgan L = √N hisoblansin. Bu cheklash haqqoniydir, chunki N soni √N dan katta bo’lgan ikkita ko’paytuvchiga ajralishi mumkin emas.

  4. K = 2 qiymat berilsin.

  5. Tekshirilsin. Agar K > L ,bo’lsa 14-punktga o’tilsin.

  6. S = 2*K hisoblansin.

  7. K=2 uchun N = K, K>2 hollar uchun esa H=2*K qadam hisoblansin. Barcha K>2 lar uchun qadamning ikki marta oshirilishi dasturning ishlashini tezlashtiradi va natijaning o’zgarishiga olib kelmaydi. Chunki N qadam bilan K ga karrali murakkab sonlar o’chiriladi. 2 dan boshqa barcha tub sonlar toq bo’lganligi uchun ham, toq songa toq son qo’shilganda natija juft son bo’ladi. Barcha juft sonlar birinchi bosqichda 2 ga karrali sonlarni aniqlashda o’chirilgan bo’ladi. Ularni qaytadan o’chirish xato bo’lmadi, ammo dasturning ishlash vaqti oshadi xolos.

  8. Tekshirilsin. Agar S > N bo’lsa 12-punktga o’tilsin.

  9. M[S] = 0 bajarilsin.

  10. S ning qiymati H qadamga oshirilsin : S = S + H.

  11. 8- punktga o’tilsin.

  12. K ning qiymati 1 birlikga oshirilsin: K = K + 1.

  13. 5- punktga o’tilsin.

  14. M jadvalning 2 do N gacha bo’lgan elementlari bosib chiqarilsin, bu erda M[K] = 1.
    1. Blok-sxema



Yüklə 76,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin