Tuban o simliklar



Yüklə 114,5 Kb.
səhifə4/9
tarix03.02.2023
ölçüsü114,5 Kb.
#82690
1   2   3   4   5   6   7   8   9
opaga

Yashil suvo`tlar— Chlorophyta
Yashil suvo`tlar tipiga bir hujayrali, ko`p hujayrali va koloniya organizmlarning 5`700 ga yaqin turi kiradi. Ularning hujayra moddasi tarkibida faqat xlorofill pigmenti mavjud bo`lganligidan vakillarining barchasi sof yashil rangda bo`ladi. Yashil suvo`tlarning bir hujayrali vakillari mikroskopik organizmlardir. Koloniya va ko`p hujayrali vakillari esa ancha yirik bo`ladi. Yashil suvo`tlarning bir hujayrali vakillari dumaloq, noksimon, cho`zinchoq, ko`p hujayralari ipsimon, butasimon shoxlangan, plastinkasimon koloniyali vakillari esa sharsimon, to`rsimon kabi shakllarga ega. Yashil suvo`tlarning ba`zi vakillari ham borki, ularning kattaligi 0,5 metrdan ham ortadi, tashqi ko`rinishi esa yuksak o`simliklarni eslatadi. Ammo ularning shakli murakkab ko`rinishda bo`lsa ham bitta hujayradan tashkil topgan. Shuning uchun ularni shartli ravishda «hujayrasiz» deb ataladi. Yashil suvo`tlar vakillarining hujayrasi protoplazma, bir yoki bir necha yadro, xromatofor, vakuol kabi qismlardan iborat. Yashil suvo`tlarning bir hujayrali vakillari xivchin deb ataluvchi qilchalarga ega bo`lib, shular yordamida suvda harakatlanadi. Ba`zi koloniya vakillari ham shu xilda harakat qiladi. Qo`p hujayrali vakillari esa o`z yashayotgan joyiga (substratga) yopishib, hayot kechiradi.
Yashil suvo`tlar har xil ko`payadi. Ko`pchilik turlari vegetativ va zoosporalar hosil qilish bilan ko`payadi. Bunda hujayra mahsuloti 2—4—8—16—32—64 ta va undan ham ortiq bo`lakka bo`linadi. Har bir bo`lak bir juft xivchin (qilcha) hosil qiladi va ona hujayrani parchalab tashqariga chiqadi hamda har biri o`ziga yangi hujayra po`sti hosil qilib, mustaqil organizm sifatida yashay boshlaydi. Ko`payishning bu usuliga jinssiz ko`payish deyiladi. Jinssiz ko`payish doim sharoit qulay bo`lgan taqdirda sodir bo`ladi va yil davomida bir necha marta takrorlanadi.
Ammo Yer sharining turli nuqtalarida ham yilning barcha fasllari suvo`tlar uchun qulay bo`lavermaydi. Shuning uchun noqulay sharoit (havo haroratining pasayishi, suvda oziq moddalarining kamayib ketishi, suvning qurib qolishi va h. k.) yuzaga kelishi bilanoq ular o`z hayotini saqlab qolish uchun jinsiy ko`payishga o`tadi. Jinsiy ko`payish asosan hujayra yoki hujayralardagi mahsulotning jinssiz ko`payish protsessidagidek 2—4—8—16—32—64—128 va h. k. bo`lakka bo`linishi bilan boradi. Har bir bo`lak bir juft xivchinga va teng hujayra mahsulotiga ega bo`lgan holda ona hujayra po`stini parchalab tashqariga chiqadi. Ammo shu chiqqan tanachalar mustaqil hayot kechirmasdan, balki 2 tasi o`zaro juft-juft bo`lib qo`shilib oladi. O`zaro qo`shiluvchi bunday tanachalarga gametalar deyiladi. Gametalarning qo`shilishi natijasida hosil bo`lgan mahsulot — zigota deb yuritiladi. Ana shu zigotalar qalin po`st bilan o`ralib oladi va suv tagiga cho`kib, qulay sharoit sodir bo`lganga qadar tinim davrini o`taydi. Tinim davri tugagach, zigotalar reduktsion bo`linib, 2 yoki 4 ta yangi tanacha hosil qiladi. Bu tanachalarga zoospora deyiladi. Zoosporalar har biri bir juft xivchin hosil qilib, mustaqil organizm sifatida yashay boshlaydi.
Yashil suvo`tlar tabiatda ko`k-yashil suvo`tlardek juda keng tarqalgan. Yashil suvo`tlarning keng tarqalgan bir hujayrali vakillariga xlorokokk, xlorella, xlamidomonada, zignema, klosterium, desmidium kabilarni; ko`p hujayralilariga — ulotriks; kladofora, spirogira (baqato`n), edoganium, ulva yoki dengiz salati, xara, nitella kabilarni; koloniya holida yashovchilariga volvoks, evdorina, pandorina, suv to`ri kabilarni va, nihoyat, «hujayrasiz» vakillariga — vosheriya, kaulerpa, atsetabulariya kabilarni ko`rsatish mumkin.
Yashil suvo`tlar tipining vakillari ham tabiatda va xo`jalikda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 114,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin