Tuban o simliklar



Yüklə 114,5 Kb.
səhifə7/9
tarix03.02.2023
ölçüsü114,5 Kb.
#82690
1   2   3   4   5   6   7   8   9
opaga

Suvo`tlarning ahamiyati
Suvo`tlar suvda yashovchi hayvonlarga ularning nafas olishi uchun zarur bo`lgan kislorod gazini yetkazib beradi hamda shu hayvonlar uchun ozuqa bo`ladi. Ularning qoldiqlari esa turli xil mineral elementlarga boy bo`lganligi uchun xo`jalikning turli sohalarida foydalaniladi.
Suvo`tlar o`txo`r baliqlar uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi, suv transporti va gidrotexnikada esa dengiz chuqurligini belgilash va boshqa masalalarda ahamiyatlidir. Oziq-ovqat sanoatida yashil suvo`tlarning «dengiz salati» nomi bilan ma`lum bo`lgan ulva va qo`ng`ir suvo`tlarning «dengiz karami» nomi bilan ma`lum bo`lgan laminariya kabi turlari juda muhim rol o`ynaydi.
Meditsinada davolovchi balchiqlar tarkibidagi suvo`tlarning qoldiqlari turli kasalliklarni davolashda, yod olishda, vitamin A, B, B1, B2, C, D olishda, shuningdek qo`ng`ir va qizil suvo`tlarning vakillari gijja tushiruvchi dori sifatida muhim rol o`ynaydi.
Bakteriyalar va uvoqlilar — Bacteria ва Schizophyta
Bakteriyalar tipiga mikroskopik jonivorlar, aksariyat ko`pchiligi bir hujayrali, ba`zilari ipsimon shoxlangan koloniyali rangsiz organizmlar kiradi. Ularning juda keng tarqalgan 3–6 ming turi ma`lum.
Bakteriyalar har qanday sharoitga ham tez moslashib yashay olish xususiyatiga ega bo`lganligi uchun ular Yer sharining hamma qismida yashaydi. Ular havoning 10 km gacha bo`lgan qavatida, tuproqda, chuchuk va dengiz suvlarida, oziq-ovqat mahsulotlarida, o`simlik — hayvon — odam tanasining sirtida va ichida ularning chirindi qoldiqlarida, tog` va muzlarda va biosferada juda ko`p miqdorda uchraydi. Masalan, ba`zi hisoblashlarga ko`ra 1 g tuproqda 100 millionlab, oqar suvlarning 1 sm3 hajmida bir necha yuzlab, oqmaydigan iflos va yuvindi suvlarning shu hajmida esa yuz milliongacha, qishda katta shahar parklari atrofidagi 1 m3 havoning tarkibida 4`500 gacha, yozda esa 10`000 gacha, havosi tozalab turilmaydigan yopiq binolar ichidagi 1 m3 havoda 300`000 gacha, hatto 1 sm3 hajmdagi yaxshi sifatli sutda 500 minggacha bakteriya uchrashi mumkii ekan.
Bakteriyalarning shakli sharsimon tayoqchasimon, vergulsimon, paketsimon, marjonsimon va h. k. ko`rinishda bo`ladi.
Bakteriyalar juda oddiy tuzilishga ega bo`lib, ularning tanasi hujayra po`sti bilan o`ralgan. Hujayra ichida esa 20–80% gacha nukleoprotein deb ataluvchi modda va shuningdek, boshqa protoplazma mahsulotlari joylashgan. Shunday qilib, bakteriyalar hujayrasi oddiygina tuzilishga ega bo`lganligi sababli ular eng dastlab paydo bo`lgan qadimgi organizmlardan bo`lib hisoblanadi.
Ular hujayraning bo`linishi bilan ko`payadi. Sharoit noqulay bo`lgan taqdirda ular o`z hujayrasi tarkibidagi suvning bir qismini chiqarib yuboradi.
Hujayradagi zapas oziq moddalar to`planib, qalin po`stga o`raladi hamda harakatsiz spora holatiga o`tib tinim davrini kechiradi. Qulay sharoit paydo bo`lishi bilan ba`zilari bir, ikki va ko`p miqdorda xivchin hosil qilibshu xivchinlar yordamida, qolganlari esa tanasining bukilishi yordamida harakat qiladi.
Bakteriyalar kislorodli (aerob) va kislorodsiz (anaerob) muhitda yashashiga ko`ra 2 gruppaga bo`linadi.
Bakteriyalar tabiatda va odamlar hayotida juda zarur va muhim rol o`ynaydi. Ularning ko`pchiligi rangsiz (xlorofilsiz) bo`lganligidan tayyor ovqat hisobiga (geterotrof) yashaydi. Bakteriyalar bo`lmaganda edi, Yer yuzida mavjud bo`lgan tirik organizmlarning o`lik qismlari butun Yer yuzini, suv va havo bo`shlig`ini to`ldirib yuborgan bo`lar edi.
Bakteriyalar faoliyatining eng afzal tomoni shundaki, ular organik moddalarning (barcha o`simlik, hayvon va kishilarning o`lik qoldiqlarini) tezda parchalab yuborish xususiyatiga ega. Bakteriyalarning ba`zi turlari tomonidan azotsiz organik moddalar (karbon suvlar) achish protsessi oqibatida parchalanadi. Ikkinchi xil bakteriyalar esa azotli organik moddalarni parchalab, chirish protsessini bajaradi. Ikkala xil protsessda ham bakteriyalarning faol ishtiroki natijasida organik moddalar mineral moddalar darajasiga kelib parchalanadi.
Bakteriyalarning ba`zilari o`simlik va hayvonlarda yashab ularda turli xil kasalliklarni vujudga keltiradi. Bunday bakteriyalar patogen bakteriyalar deb ataladi.

Yüklə 114,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin