Tug‘ma yurak nuqsonlari sabablari
Yurak nuqsonlaririning kelib chiqish sabablari xromosoma buzilishlari (5 %), gen mutatsiyasi (2-3%), tashqi muhit ta’siri (1-2 %), poligen faktorlarga moyillik (90%) bo‘lishi mumkin. Tug‘ma yurak nuqsonalari bir dona genning o‘zgarishi bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Bu holatlarda tug‘ma yurak nuqsonlari autosoma dominant holatda yuzaga keladi (Marfan sindromi, Xolta-Orama, Kruzona, Nunana va boshqa sindromlar). Autosoma retsessiv holatda esa Karatagenera, Karpenter, Robert, Gurler va sindromlar bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, tashqi muhit ta’sirlariga homiladorlik paytdagi virus kasalliklari, radiatsiya, dori vositalari, zararli odatlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Homila rivojlanishining birinchi uch oyligida yurak tug‘ma nuqsonlarining hosil bo‘lishi ehtimoli yuqoridir. Ona qornida qizilcha virusi bilan zararlanish, uchta kasallik glaukoma yoki katarakta, karlik, tug‘ma yurak nuqsonlari (Fallo tetradasi, magistral tomirlar transpozitsiyasi, klapan yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasi stenozi va b.) olib kelishi mumkin. Yana bosh mikrotsefaliyasini, o‘sish va rivojlanishdan ortda qolish belgilari ham rivojlanishi mumkin. Qizilchadan tashqari tug‘ma yurak nuqsonlarini oddiy gerpes, adenovirus, gepatit, sitomegaliya, mikoplazmoz, toksoplazmoz, listerioz, sifilis, tuberkulyoz kabi infeksiyalar keltirib chiqarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |