Tug‘ma yurak nuqsonlari va ularning turlari


MITRAL KLAPAN YETISHMOVCHILIGI



Yüklə 18,3 Kb.
səhifə5/5
tarix02.01.2022
ölçüsü18,3 Kb.
#41546
1   2   3   4   5
PATOLOGIYA

MITRAL KLAPAN YETISHMOVCHILIGI

Qonning sistola paytida chap qorinchadan chap bo’lmachaga oqishi bilan kechadi. Natijada chap qorincha va chap bo’lmacha dilatasiya va gipertrofiyasi rivojlanadi. Yurak chap bo’limida bosim oshishi, o’pka venalarida bosim oshishi bilan birga kechadi, bu passiv o’pka gipertenziyasi rivojlanishi bilan boradi. Keyin, kichik qon aylanish doirasida bosim kotarilishi hisobiga o’ng qorincha va bo’lmacha dilatasiyasi va gipertrofiyasi rivojlanadi. So’ngra uch tavaqali klapanning nisbatan yetishmovchiligi yuzaga keladi va keyinchalik qon aylanishi buzilishi simptomlari katta qon aylanish doirasida namoyon bo’ladi. Dimlanishli yurak yetishmovchiligi belgilari yo’q yo’ki chap qorincha yetishmovchiligi belgilari mavjud bo’lganda mitral klapan etishmovchiligining boshlangich bosqichlari kuzatiladi. Klinik manzarasi. Nuqsonning boshlangich bosqichlarida bemorlar shikoyat qilishmaydi, yurak o’lchamlari kattalashmagan. Uning yagona ko’rinishi yurak uchi sohasida mayin sistolik shovqin aniqlanishidir. Nuqson progressirlashuvi yurak chegarasining chapga va yuqoriga siljishi, sistolik shovqin intensivligi oshishi bilan birga kechadi, shovqin guvillovchi xususityaga ega bo’ladi va chap qoltiq osti sohasiga tarqaladi. Yurak yetishmovchiligi paydo bo’lishiga bilan bog’liq ob'ektiv simptomlar (sianoz, hansirash, jigar kattalashishi va boshq.) rivojlanadi. FKG da I ton amplitudasi odatda pasaygan, ko’pincha III ton qayd qilinadi. Sistolik shovqin amplitudasi nuqson og’irligiga, ya'ni mitral regurgitasiya darajasiga mos keladi. EKG da boshlang'ich bosqichida miokard gipertrofiyasi korsatkichlari yog, keyinchalik chap bo’lmacha va qorincha gipertrofiyasi belgilari paydo bo’ladi. Katta qon aylanish doirasida dekompensasiya rivojlanganda yurak o’ng bo’limlari gipertrofiyasi belgilari qayd qilinadi. Rentgenogrammada ancha kech davrda chap bo’lmacha va chap qorincha kattalashishi, yurak soyasi mitral qonfigurasiyaga ega bo’lishiga, keyin venoz dimlanish belgilari va yurakning o’ng bo’limlari kattalashishi belgilari paydo bo’ladi. Davolash. Yurak yetishmovchiligi korsatkichlari paydo bo’lganda amalga oshiriladi. Yurak glikozidlari, diuretiklar va periferik vazodilatatorlar qollaniladi. Xirurgik davolash (protezlash yo’ki anuloplastika) refrakter yurak yetishmovchiligi III-IV bosqichi (Bakulev va Damir bo’yicha) rivojlanganda qollaniladi.



MITRAL STENOZ (chap atrioventrikulyar teshik stenozi)

Chap atrioventrikulyar teshik torayishi qonning chap bo’lmachadan chap qorinchaga tushishiga tosqinlik qiladi. Bo’lmacha ichi bosimi oshadi, bu bir tomondan o’pka venalari retrograd bosim ortishiga, ya'ni venoz gipertenziyaga, boshqa tomondan - o’pkadagi arteriolalarning reflektor torayishiga olib keladi
Yüklə 18,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin