Tuman (shahar) adliya bo'limlaridagi bo‘sh (vakant) lavozimlar uchun



Yüklə 26,33 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü26,33 Kb.
#200542
5 Mutaxassislikka oid savollar Tuman shahar adliya bo\'limlari



Tuman (shahar) adliya bo'limlaridagi bo‘sh (vakant) lavozimlar uchun 
o‘tkaziladigan (ichki va tashqi) tanlovning suhbat bosqichi uchun 
mutaxassislikka oid tahminiy
SAVOLLAR RO‘YXATI 
 
Yo‘nalishi: 
boshqaruv xodimlari uchun 
1. Da’vo muddati tushunchasi, muddatning o‘tishi va to‘xtatilishi hamda uni 
qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni tushuntirib bering. 
2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastlarini xususiylashtirish 
qanday tartibda amalga oshiriladi? 
3. O‘zboshimchalik bilan imorat qurish va uning oqibatlarini tushuntirib 
bering. 
4. Yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan mulk 
huquqi bir vaqtning o‘zida xususiylashtirish ob’ekti bo‘lishi mumkinmi? Ushbu 
hollarda davlat orderi qanday rasmiylashtiriladi? 
5. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida ishsiz 
shaxslarga stipendiya to‘lash va uning muddatlarini tushuntirib bering? 
6. Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qaysi turdagi mulklarga 
nisbatan urdiruv qaratilmaydi? 
7. Ishsiz deb e’tirof etish va uning tartibini tushuntirib bering? 
8. Aholining qaysi toifalari uchun ishga joylashishda qo‘shimcha kafolatlar 
belgilangan? 
9. Qanday hollarda ishga qabul qilishda dastlabki sinov belgilanadi va kimlar 
dastlabki sinov bilan ishga qabul qilinmasligi lozim? 
10. Nogironlik pensiyasi va nogironlik nafaqasining bir-biridan farqi nimada? 
11. Pensiyani hisoblash chiqarishda o‘rtacha oylik ish haqi qanday hisoblab 
chiqariladi? 
12. Murojaatlarni berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi qanday? 
13. Chet elda yollanib ishlagan fuqarolarning pensiya tayinlash uchun ish haqi 
qanday hisoblab chiqiladi? 
14. Pensiya tayinlash masalasi qancha muddatda ko‘rib chiqiladi? 
15. Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan 
joylar mulkdorlarining umumiy va xususiy mol-mulki, ko‘p kvartirali uylarni 
boshqarish tartibi haqida ma’lumot bering. 
16. Umumiy mulk tushunchasi, uning vujudga kelish asoslari va umumiy 
mulkni bo‘lish haqida nimalarni bilasiz? 
17. Pensiya miqdori qanday hollarda qayta hisoblab chiqiladi? 
18. Qanday hollarda murojaatlar ko‘rmasdan qoldiriladi? 
19. Ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish deb hisoblanadigan 
holatlar haqida tushuntirib bering. 
20. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish va 
ogohlantirish muddatlari haqida nimalarni bilasiz? 
21. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va uning tayinlanishi haqida 
nimalarni bilasiz? 


22. Murojaatlarni ko‘rib chiqishni tugatish asoslari nimalardan iborat? 
23. Mehnat shartnomasi taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar 
bo‘yicha bekor qilinishini tushuntirib bering. 
24. Voyaga yetmagan shaxslar davlat organlari va tashkilotlariga qanday 
tartibda murojaat qiladilar? 
25. Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani to‘lash 
va dafn etish uchun nafaqa to‘lash qanday amalga oshiriladi? 
26. Qanday hollarda pensiyadan chegirib qolinadi? 
27. Qaysi turdagi ishlar ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi? 
28. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular 
mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) 
bilan sudga murojaat etish muddatlari haqida ma’lumot bering? 
29. Fuqarolar va yuridik shaxslar qaysi masalalarda Konstitutsiyaviy sudga 
murojaat qilishi mumkin? 
30. Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar 
deganda kimlar tushuniladi va ular uchun minimal qancha joy ajratilishi kerak? 
31. Yoshga doir pensiya muddatidan oldin qanday hollarda tayinlanadi? 
32. Ma’naviy zararni qoplash tartibi qanday? 
33. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan qaysi masalalardagi ishlar 
ko‘rib chiqiladi? 
34. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishdan bo‘shatilishi qanday amalga 
oshiriladi? 
35. Huquqiy axborotni taqdim etish to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslar 
tomonidan berilgan so‘rovlar qancha muddatda ko‘rib chiqiladi? 
36. Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar haqida tushuntirish bering. 
37. Mehnat shartlari deganda nima tushuniladi, qaysi hollarda ish beruvchi 
mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirishga haqli? 
38. Qaysi hollarda mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan 
bekor qilinganida kasaba uyushmalarining roziligi olinmaydi? 
39. Ma’muriy hujjatni bekor qilish, o‘zgartirish yoki haqiqiy emas deb topish 
tartibini tushuntirib bering. 
40. Qanday hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan 
ushlab qolishga yo‘l qo‘yiladi? 
41. Intizomiy jazo choralarining turlari va intizomiy jazoning qo‘llanish va 
amal qilish muddati. 
42. Yer uchastkasi ajratish tartibini yoritib bering. 
43. Nikoh davomida orttirilgan mol-mulk qanday tartibda bo‘linadi? 
44. Transport vositalarini ushlab turish asoslari bo‘yicha tushuntirish bering. 
45. Ma’muriy yoki protsessual hujjat yuzasidan shikoyat qilish tartibini 
tushuntirib bering. 
46. Autstaffing xizmatlari va ularni tashkil etish tartibi bo‘yicha ma’lumot 
bering. 
47. Kimlar ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida 
ro‘yxatga olinishi mumkin? 
48. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga qanday imtiyozlar beriladi? 


49. Gender tenglik deganda nima tushunasiz. Ushbu sohani tartibga soluvchi 
qanday normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishsiz? Qisqacha ma’lumot bering. 
50. Maxsus iqtisodiy zonalarning turlarini sanab bering? 
51. “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila 
sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan 
ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tushuntiring. 
52. Tadbirkorlik sub’ektiga mansub ko‘chmas mulkni buzib tashlash tartibini 
buzganlik uchun qonunchilikda qanday javobgarlik belgilangan?
53. Operativ boshqarish huquqi deganda nimani tushunasiz?
54. Xususiy bandlik agentligi qanday tashkilot, tuzilish shakli qanday va 
uning huquqiy maqomini tushuntiring?
55. Royalti nima? 
56. Fermer xo‘jaliklari uchun yer uchastkalari qancha muddatga ijaraga 
beriladi? 
57. Qaysi vakolatli organlar qanday hollarda bank sirini talab qilishga haqli? 
58. Tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan qaysi huquqiy ta’sir choralari faqat 
sud tartibida qo‘llaniladi? 
59. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar yoki tuman (shahar) hokimliklarining olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida 
joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori qaysi holatda 
qabul qilinadi? 
60. Fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlarini tushuntiring. 
61. Davlat-xususiy sheriklik tushunchasiga ta’rif bering? 
62. Rekvizitsiya nima? 
63. Uy-joy fondi tushunchasiga ta’rif bering, uning tarkibi va turlarini 
yoriting? 
64. Soliq davrini tushuntiring? 
65. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi 
tadbirkorlik faoliyatini tushuntiring? 
66. Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida necha 
turdagi soliqlar belgilangan va ular qaysilar? 
67. Kimlar kichik tadbirkorlik sub’ektlari bo‘la oladi?
68. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) 
huquqini mazmunini tushuntirib bering. 
69. Insofsiz raqobat tushunchasini yoritib bering. 
70. Oilaviy tadbirkorlik va oilaviy korxona tushunchalarini yoritib bering. 
Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun 3-
71. Soliq solish ob’ektini tushuntiring? 
72. Qonunchilikka ko‘ra dotatsiya nima? 
73. Yuridik shaxsning huquq layoqati qachon vujudga keladi? 
74. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi? 
75. Soliq nazoratining shakllarini tushuntiring? 

Yüklə 26,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin