O‘zbekistonda biologiya o‘qitish metodikasining dastlabki davri.
Biologiya o‘qitish metodikasi kafedrasini tashkil etilishining ahamiyati.
Mustaqillik yillarida biologiya o‘qitish metodikasini rivojlantirilishi.
Respublikamizda biologiya o‘qitish metodikasiga oid tadqiqotlar XX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. O‘zbekistonda sobiq Ittifoq markazida nashr qilingan darsliklar joriy etilgani va undagi ko‘pgina o‘quv materiallar notanish bo‘lgani sababli, o‘quvchilarning bilim darajasi past edi. Shu sababli respublika metodist olimlarining e’tibori maktab botanika, zoologiya, Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari va Biologiya (Ekologiya va evolyusiya asoslari) darslarida mahalliy materiallardan foydalanish muammosini yechishga qaratildi. (Ye.M.Belskaya, A.Ye.Suxarev, A.T.G‘ofurov). Shu bilan bir vaqtda botanik, zoologik bilimlarni maktab tajriba yer uchastkasida va tirik burchagida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan bog‘lash masalalari tadqiq qilindi (M.Jabborov, T.Isxakov, X.Shokirov).
1961 yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi ped. Universitet)da “Biologiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi tashkil qilindi. Mazkur kafedrani tashkil etilganligi bir tomondan yuqori malakali metodist olimlarni tayyorlashga, ikkinchi tomondan biologiyani o‘qitishdagi turli mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarni olib borishga imkon yaratdi.

Biologiya o‘qitish metodikasi kafedrasi uni boshqargan A.T.G‘ofurov faqat O‘zbekiston uchun emas, balki qardosh Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalari uchun ham 15 dan ortiq yuqori malakaga metodist olimlar-fan nomzodlari yetishtirib berdi. Metodist olimlardan I.A.Norbekov, A.T.G‘ofurov, M.Mahkamov botanika, zoologiya o‘quv fanidan o‘tkaziladigan ekskursiyalarning xillari, ularni o‘tkazish metodikasi, unda o‘quvchilar tomonidan olib boriladigan kuzatishlar, tajribalarni hal qildilar.