Tabiatning boqiyligi va bahori tinchlikdan.
Yer shari har lahza nafas olar tinchlikdan.
Tabiatning har shomi-yu har nahori tinchlikdan.
Ey odamzot, sen tinch-totuv yashashni istasang, uni daraxtlardan o’rgan. Tinchlik qanday bebaho kuchligini bilmoqchi bo’lsang, tog’larga boq.
O’quvchi:Tinchlik umrimizni bezab tursin desak, daryo-yu dengizlardan ibrat olaylik! Tinchlik hayotimizning mazmuniga aylansin desak, bolalarning beg’ubor qo’shig’iga jo’r bo’laylik.
O’quvchilar ijrosida G’ulom Shomurodovning „Sizniki shu yorug’ osmon“sheri aytiladi.
Bugun bayram jahonda-
Bolalarning bayrami.
Chaman, bog’, xiyobonda-
Lolalarning bayrami.
Bolalar ham gul, axir-
Xushbo’y, muattar gullar.
Ular bilan but bag’ir,
Quvnab, yashnab ko’ngillar.
Bolajonlar yayraydi,
Onajoni yonida.
Ona uchun farzandi,
Mudom dilu jonida.
Bugun bayram,
Qiy- chuvdan
Yangramoqda keng maydon.
Torlik qilmoqda osmon.
Bola bor, buvi, bobo,
Hayotdan mamnun, shodon.
Istardim har bolaning
Har kuni bayram bo’lsin.
Undan ota-onaning
Ko’ngli to’q, xurram bo’lsin.
Bolalarning bayrami-
Butun jahon bayrami.
Shu bir jahonmas, balki
Yeru osmon bayrami.
O, bolalar quvnangiz,
Yayrang, bo’ling sog’- omon.
Siznikidir shu zamin,
Sizniki shu keng osmon!
O’quvchi: Inson va tinchlik, inson va urush mavzulari ming- ming yillik tarix sahifalari uzra bahs qiladi, munozara yuritadi. Shoir aytganidek, bu ikki to’lqin hamon kurashda:
Tinchlik – jon deydi, urush esa qon.
Tinchlik- hayot deydi, urush esa qurbon.
Tinchlik – mehnat deydi, urush esa kulfat,
Tinchlik – obod deydi, urush deydi : vayron.
O’quvchi: Ona zamin har qanday katta- kichik urushlardan charchadi, benihoya toliqdi. Biror bir go’shada o’q ovozi eshitilsa, yerning bag’ri titraydi.Portlashlardan tuproqlarga titroq kiradi. Hatto bombalardan tog’u toshlar larzaga keladi. Qudratli dengizlar ham urush ovozidan cho’chiydi, daryo to’qinlari ozor chekadi.
O’quvchi: Behuda to’kilgan qonning nidosida tinchlik oh uradi.
Begunoh uzilgan jonning nidosida tinchlik oh uradi.
Urushdan kim foyda ko’rdi, ey johil banda!
Besabr soxta shonning nidosida tinchlik oh uradi.
Qizlar ijrosida „Oq kabutar“ qo’shig’iga raqs.
O’quvchi: Mamlakatimizda bo’layotgan ulkan o’zgarishlar, yuksak taraqqiyot zamirida tinchlik yotibdi. Eng qadimiy obidalarning qayta tiklanishi yoki ta’mirlanishi tinchlik tufayli amalga oshyapti.
O’quvchi:So’zlardagi haroratda tinchlik bor.
Ko’zlardagi jasoratda tinchlik bor.
Tinchlik uchun fidoiylik burchimiz,
Yuzlardagi nafosatda tinchlik bor.
Yurtboshimiz o’zining „Yuksak manaviyat- yengilmas kuch“ kitobida yozganidek:“Bejiz emaski, yurtimizdagi qaysi xonadonga kirsang, qanday yig’in yoki ma’raka bo’lmasin, fotihaga qo’l ochilganda, yoshu qari, erkagu ayol – barchamiz „Yaratgandan tinchlik va osoyishtalikni so’rab duo qilamiz“.
O’qituvchi:O’g’lim insho yozar tinchlik haqida,
Qizimning daftarida tinchlik so’zi barqaror.
Nomingdan aylanay, seni, ey, tinchlik,
Nabiram tinchlik kabutarini chizar.
Shukur Sa’dullaning „Tinchlik qushi haqida men o’qisam she’r“ she’ri aytiladi:
Erta bilan turaman,
Salqin shabada esar,
Keng yurtimni ko’raman,
Ko’nglimda quvonch kezar.
Kaptarlarimni ko’ray,-
Deb boraman ohista.
Ozroq bo’lsa ham, qo’shay-
Tinchlik ishiga hissa.
Uchiraman,
Oq kaptar-
Intiladi ilgari.
Yarqiraydi qanotlar
Oq samolyot singari.
Ko’z solaman:
Har uydan
Uchib chiqar oq kaptar,
Charx uradi osmonda,
Tinchlik—deya solib jar:
Bilsin urushqoq jallod,
Qotil, odamxo’r, battol.
Tinchlik istar yosh avlod,
Katta- kichik, er- ayol!
Urush bo’lmay jahonda
Tinchlik bo’lsin barqaror!
Erkin uchsin osmonda
Tinchlik qushi—oq kaptar!...
O’quvchi: Mangu gullab tursin – tinchlik daraxti.
Mangu meva bersin- tinchlik daraxti.
Bu daraxtni asrashdan aslo erinmaylik
Mangu boqiy bo’lsin tinchlik daraxti.
O’quvchi: Daraxt ko’rkam bog’larga aylansin, tinchlikzorga aylansin!
Biz tinchlikni yaxshi ko’ramiz va unga hamisha ta’zimdamiz. Butun dunyo xalqi sen ham tinchlikka talpin, tinchlikka ta’zim qil! Toki yer yuzini tutsin , yer yuzi bo’ylab yangrasin tinchlik ruhi, tinchlik sadosi, tinchlik ovozi!
Tadbir yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: |