mineral qismi uning massasiga nisbatan 80-90 foiz, organogen qismi esa 1-20 foiz
atrofida.
Agar insoniyat o‘zi uchun zarur oziq ovqat mahsulotlarning
88%
ini yerdan
olinsa, uning ahamiyati yaqqol ko‘rinadi. O‘tloqlar va yaylovlar hisobidan olinadigan
chorvachilik mahsulotlarini ham shu hisobga kiritsak, bu raqam
98%
dan oshadi.
“Tuproq degradatsiyasi
- tabiiy va antropogen jarayonlar yig‘indisi bo‘lib,
tuproqning turli xil (fizik) funksiyasining yomonlashishi, yerlarning tabiiy ishlab
chiqarish axamiyati pasayishiga olib keladi. Tuproq unumdorligini tiklash ekinlar
xosildorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni axamiyati juda katta.
Tuproq degradatsiyasi moxiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi;
1.Fizik va mexanik degradatsiya
. Tuproq granulometrik tarkibining o‘zgarishi
bilan tuproqning yomonlashish
jarayoni kuzatilishi, tuproq qatlamlari nazoratsiz
qolishi, ularning zichlashishi, xavo va suv rejimlarining buzilishidir.
2.Kimyoviy degradatsiya
– bu tuproq singdirish sig‘imidagi jarayonlar,
jumladan kislotalik,
ishqoriylik xossalarini, oksidlanish va qaytarilish potensialini,
makro va mikroelementlarni xamda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan xayot
elementlarining salbiy tomonga o‘zgarishidir.
3. Biologik va biokimyoviy degradatsiya
-
bu tuproq organik qismining
o‘zgarishi va sifatining yomonlashishi, tuproq organizmlarining sifat va miqdor
tarkibining salbiy tomonga o‘zgarishidir.
Tuproq degradatsiyasining o‘ziga xos turlaridan biri – tuproqning zaxarli
kimyoviy
va organik birikmalar, og‘ir metallar neft va neft maxsulotlari xamda
radioaktiv elementlar bilan ifloslanishidir.
Tuproq degradatsiyasining asosiy turlariga; tuproqning fizikaviy, fizik kimyoviy
, biologik xossalariga , xavo, suv va issiqlik rejimi salbiy ta’sir etuvchi, eroziya,
degumifikatsiya jarayonlari,
qatlamlarining zichlanishi,
kislotalikning ortishi,
ikkilamchi sho‘rlanish, botqoqlanish kabilar qiradi
“Tuproq degradatsiyasi” - bu inson faoliyati ta’siridagi jarayonlar yig‘indisi va
tuproqning insonlar xayotini qo‘llab-quvvatlaydigan qobilyatining kamaytirishdir
Yer quruqlik qismining nihoyatda yupqa qatlami hisoblangan tuproq qoplami
orqali yer po‘sti, atmosfera, gidrosfera va tuproqda yashovchi ko‘p sonli organizmlar
orasidagi murakkab modda va energiya almashinish jarayoni boradi.
Taniqli ekolog olimlardan biri J.Dorst (1968) ta’kidlaganidek, «Tuproq –
bizning eng qimmatli kapitalimiz (boyligimiz).
Hayot va yer yuzisidagi barcha tabiiy va sun’iy biogeotsenoz kompleksining
bexatarligi oxir oqibatda yerning eng
yuza qismini tashkil etuvchi, nihoyatda yupqa
qatlamiga bog‘liq».
Tuproqning turli xossa va rejimlariga salbiy ta’sir etuvchi, degumifikatsiya
jarayonlari, eroziya, qatlam zichlanishi, kislotalikning ortishi, ikkilamchi sho‘rlanish,
botqoqlanish kabilar qiradi.
Tuproq degradatsiyasi quyidagi (ko‘rinishlarga) tiplarga bo‘linadi;
•
Texnologik (yerdan uzoq muddat foydalanish)
•
Tuproq eroziyasi
•
Sho‘rlanish
•
Botqoqlanish
•
Tuproqning ifloslanishi
•
Cho‘llanish(qurg‘oqchilik
Dostları ilə paylaş: