Tuproq eritmasi va tuproqdagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlari


Oksidlanish-qaytarilish potensiali



Yüklə 63,81 Kb.
səhifə6/7
tarix31.12.2021
ölçüsü63,81 Kb.
#49727
1   2   3   4   5   6   7
dokument microsoft word 35

Oksidlanish-qaytarilish potensiali.


Tuproqning oksidlanish-qaytarilish holatini miqdor jihatdan ifodalashda oksidlanish-qaytarilish potensialidan foydalaniladi. Eritmada yuzaga keladigan oksidlovchi va qaytariluvchilarning o‘zaro nisbati oksidlanish-qaytarilish potensiali (OQP) ni xarakterlaydi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari elektronlarni o‘zidan berish yoki uni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli

pH ni aniqlashdagi singari uni potensiometriya usulidan foydalanib hisobga olish mumkin. Ko‘pgina oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari vodorod ishtirokida bo‘lganligi sababli, Eh ko‘rsatkichi pH ga bog‘liq. pH ko‘rsatkichining bir ulushiga o‘zgarishi, Eh ning 57-69 mv ga o‘zgarishiga olib keladi. Tuproq yoki tuproq gorizontlaridagi oksidlanish-qaytarilish potensialining rn ko‘rsatkichiga ko‘ra o‘zgarishini taqqoslash uchun Klark tavsiya etgan pH2 ning shartli ko‘rsatkichi (molekulyar vodorod bosimining manfiy logarifmasi) dan foydalaniladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:

r H2 = Eh/30 + 2 rn Demak, tuproqning oksidlanish-qaytarilish holatini miqdor jihatdan xarakterlash uchun Eh (mv hisobida) va rH2 ning shartli ko‘rsatkichidan foydalanish mumkin. Agar tuproqning oksidlanish-kaytarilish potensiali (Eh), 200 mv dan past yoki r H2 ko‘rsatkichi 27 dan kam bo‘lsa, qaytarilish jarayonlarini rivojlanganligini, agar undan kup bulsa, oksidlanish jarayonlari yukori ekanligini ko‘rsatadi. Yaxshi aerasiyalanadigan tuproqlarda rH2 28 dan 39 gacha qaytarilish jarayonlari bo‘lganda, bu ko‘rsatkich 22-25 gacha kamayadi, gley (berch) tuproqlarda 20 dan past.


Yüklə 63,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin