Tuproq eroziyasi I. Kirish II



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#37569
1   2   3   4   5
Azamov Alimardon kurs ishi

Gidrotexnik tadbirlar

Suv eroziyasining ta’sirini zudlik bilan bartaraf etish uchun amalga oshiriladi. Ular tashkiliy- xujalik, agrotexnik va urmon meliorativ tadbirlari bilan birgalikda olib boriladi. Ularning vazifasi suv okimini boshkarish (tuxtatish yoki xavfsiz tomonga yunaltirish) hisoblanadi. Ular suv havzalari, himoya tuprok devorlari va dambalari, tutash inshootlar, suv tusgichlar kabi gidrotexnik inshootlar yordamida amalga oshiriladi. Gidrotexnik tadbirlar suv eroziyasining oldini olishda muhim bulib, ularga qirgogini yuvadigan daryo

yoqalarida qirgoqni mustahkamlovchi tadbirlar, suv qirgoqdan toshadigan hollarda qirgoqni himoya qiluvchi damba va kutarmalar; jarli yerlarda esa suv ushlagich kutarmalar; jarga suv oqimini

tushirmaydigan ariqlar; suvda tez yuviladigan yumshoq, yengil tuproqli joylarda ariq urniga temir beton nov kanallar; jarlarda va soylarda suv oqimini ushlab holuvchi tugonlar; selga qarshi kurashish uchun hovuz va suv omborlari; tog yonbagirlarining yoginlardan, jalalardan vujudga keladigan suv eroziyasiga uchramasligi uchun zinapoyasimon ariqlar tashkil etish va boshqalar kiradi.

4.Shamol eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari

Uzbekiston sharoitida eroziya turlaridan eng xavflisi shamol eroziyasidir. Uning ta’siri keng front buylab namoyon buladi va juda katta iqtisodiy zarar keltiradi. Shamol eroziyasining hosil bulishi shamol kuchi, qaytarilishi va tuproqning ustki holatiga bogliq bulib, bu turdagi eroziya sugorilmaydigan yerlarda

shamol kuchi 3-5 m/s dan ortganda namoyon bula boshlaydi. SHamol eroziyasi ta’sirida ulchami 1 mm dan kichik bulgan agregatlar tuproq massasidan ajralib chang buronlari kurinishida namoyon buladi. Bunda tuproq tarkibidagi chirindining 100 yil ichida 2,5-3 barobar kamayganligi qayd qilingan. SHamol

tezligi 4-5 m/s bulganda kuchsiz, 5-15 m/s bulganda urtacha, 15 m/s dan ortiq bulganida esa, kuchli eroziya hosil bulishi kuzatilgan.




Shamol eroziyasi mexanik tarkibi yengil tuproqlarda kuproq namoyon buladi. Shamol esganda, avvalambor, tuprokning chirindiga va oziq elementlariga boy unumdor qatlami uchib ketadi. Qishloq xujaligi ekinlarining urug’lari (shu jumladan, paxta chigiti) ham tuproq zarralariga qushilib uchib ketadi, bunda uchib ketayotgan tuproq zarralari g’o’za nihollari va boshqa ekinlarning kuchatlarini changitib, ularni shikastlaydi. Har ikki holda ham qayta ekishga tutri keladi. Ba’zi yillarda bu holat 2-3 marotaba qaytariladi, bu esa, urug’, utit, yonilrining ortiqcha sarflanishiga olib keladi. oqibatda g’o’zaning va boshqa ekinlarning yetilishi kechikadi, paxta tolasi va chigitning sifati yomonlashadi.

Qum buronlari irrigatsiya tarmoqlarini kumib tashlaydi. Qum tulgan kanalni ekskavatog’lar bilan tozalab bulmaydi, shu boisdan qul mehnatidan foydalanishga tutri keladi, bu esa olinadigan mahsulot tannarxini

ancha oshirib yuboradi. Temir yullar va avtomobil yullari, borlar va turar joy massivlarini ham qum bosadi. Inson qadim davrdayoq shamol eroziyasiga qarshi kurash yullarini topa bilgan. yerga nisbatan xususiy mulkchilik hukm surgan davrda ham sug’orish maydonlari mayda kartalarga bulinib, chor atrofiga daraxt

kuchatlari (asosan tut, jiyda va tol) ekilar, shu tarzda dalalar shamol tasiridan ma’lum darajada himoya qilinar edi. Ihota daraxtlari bulmagan joylarda quruq shox-shabbalardan ihotalar qullanilar va ular “gazza” deb yuritilardi. Bu ish quyidagicha bajarilar edi: g’o’za kuchatlari orasida sug’oriladigan kartada uzun chuqurlar qazilib, ularga quruq buta yoki shox-shabba kumib quyilar edi. Bunday tusiqlarning uzunligi qisqa va ayni bir dalaning uzida orasini juda yaqin qilib, 15-20 m da joylashtirilar edi. Shuni ta’kidlab utish kerakki, eroziyaga qarshi bunday tadbirlar juda ham mehnattalab bulib, tusiqlarning uzi ekiladigan foydali yerni egallaydi, yerga mexanizatsiyalashgan usulda ishlov berishni qiyinlashtiradi. Hozirgi vaqtda ilmiy muassasalarning ilg’or tajribalaridan foydalanib olib borgan katta ishlari natijasida, eroziyaga qarshi kurash tadbirlari tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim Qo’qon guruxi hududlari, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarining bir qancha xujaliklarida muvaffaqiyat bilan qullanilmovda. Bu tizim «tuproqni suv va shamol eroziyasidan ximoya qilish yuzasidan tavsiyalar»da batafsil bayon qilingan. Bu tizimga Quyidagilar kiradi: Ihota daraxtzorlari barpo etish. Bu shamol eroziyasiga qarshi kurashning eng samarali, ratsional vositalaridan biridir. Bular: ihota daraxtzorlari qatorlarining joylashtirilishi, shamolning esish kuchi va tuproqning mexanik tarkibiga kura tabaqalashtirilishi; shamol kuchli esadigan hududlarda va qumoq hamda qumloq tuproqlarda daraxt qatorlari oraligi kupi bilan 100-170 m, qum barxanlari uzlashtirilayotgan joylarda- 80-100 m; yengil va urtacha qumloq tuproqlarda- 200 m gacha, ogir qumloq va gilli tuproqlarda- 250-300 m ga teng bulishiga erishish;

shamolning esish kuchi urtacha hududlardagi qumli hamda qumloq tuproqlarda daraxt qatorlari oraligi

200 m gacha; yengil va urtacha qumloq tuproqli yerlarda 250-300 m, ogir qumloq va gilli tuproqli yerlarda 350-400 m bulishi; shamol kuchsiz esadigan hududlarda, tuproqning mexanik tarkibidan qatiy nazar, daraxt qatorlari oraligini 400-450 m qilib olish kerak buladi. Ihota daraxtlari qatorlari soni quyidagicha buladi: shamol kuchli esadigan hududlarda- 3-4; “urtacha” larida- 2-3; “kuchsiz” larida esa- 2.

Daraxt qatorlariga uzoq yashaydigan, qurgoqchilikka, tuproqning shurlanishiga chidamli va ximoya qilish xususiyatlari yuqori daraxt va buta turlari ekilishi kerak. Sugoriladigan yerlarda eman, bolle teragi va Qora terak, pensilvan shumtoli, yashil va mayda bargli shumtol, qayragoch, janub majnuntoli, oq tut, jiyda ekilishi tavsiya etiladi. Shamol eroziyasiga qarshi kurash yullari xilma-xildir. SHamolning kuchini susaytirish maksadida ixotazorlar barpo etish, xar xil usimliklar ekib shamol esadigan tomonga tusiqlar, ya’ni kulis xosil qilish, almashlab ekish, yerni chuqur xaydash, tuproqni ugitlab, uning tarkibini yaxshilash zarur. Shamol eroziyasiga qarshi kurashda ixotazorlar va daraxtlarning roli katta bulib, ular shamol kuchini pasaytiradi, tuproqda namni qurib ketishdan saqlaydi. 7- rasmdan kurinib turibdiki, urmon polosasi

shamol kuchini kesib, uning tezligini pasaytiradi. Ixotazorlarning shamol kuchini kesish ta’siri 450 metrgacha yetadi. SHu sababli, kuchli shamollar ruy beradigan rayonlarda har 400 m oraliqda urmon polosasini tashkil etish yaxshi natija beradi. SHuningdek, vohalarni qum bosishdan saqlashda ihotazorlarning vazifasi katta. Bunga quyi Zarafshon vohasiga Qizilqumning bostirib kirishini tuxtatish maksadida uzunligi 120 km masofada, eni 2-3 km keladigan Buxoro yashil ihotazorlari barpo etilganligi yaqqol misoldir.





Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin