Tuproqning ekologik holati, uning ifloslanishining inson organizmiga ta’siri
REJA:
Tuproqning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati Insonning tuproqqa ta'siri ijobiy va salbiy ta’siri Tuproq resurslarining ifloslanishi Tuproq resurslarini muhofaza qilish Unumdorlik xususiyatiga ega bo’lgan yer yuzasining ustki g'ovak qatlami tuproq deyiladi. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g'oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi, moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim rol o'ynaydi.
Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko’ra tuproqda 3 asosiy qatlam ajratiladi:
A-eng ustki gumus (chirindi)li qatlam
B-yuqori qatlamdan mineral va organik birikmalar to'planadigan qatlam
C-tuproq vujudga keladigan ona jins qatlami
Yer yuzi turli qobiqlari o'rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi. Biosferada bajaradigan faoliyatiga qarab tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim halqasi, deb yuritsa bo"ladi
Tuproqda u yoki bu mikroelementlar etishmasligi yoki optiqchaligi organizmlarning rivojlanishi va insonning sog'lig'iga bevosita ta'sir ko’rsatadi; Tuproq kasallik tarqatadigan ko’plab mikroorganizmlar uchun zarur hayot muhiti hisoblanadi.
Tuproqda sil, vabo, o'lat, ichterlama, burutsellioz va boshqa kasalliklarning qo'zgatuvchilari bo'lishi mumkin
Biosferada tuproqning eng muhim roli shundaki, barcha organizmlarning qoldiqlari tuproqda parchalanadi va yana mineral birikmalarga aylanadi, Tuproq qatlamisiz yer yuzida hayotni tasavvur ham qilib bo'lmaydi.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi ahamiyati keskin oshib ketgan. Inson o'zi uchun zarur bo’lgan barcha oziq mahsulotlari va ko’plab boshqa vositalarni bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi.
Yer yuzidagi hozirgi mavjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o'zgargan.