Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo‘ladi.
Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo‘ladi.
O’simliklarning baktyeriyalar yordamida oziqlanishi baktyeriotrof oziqlanish deyiladi. Dukkakli ekinlar ildizidagi tugunak baktyeriyalar erkin azotni o‘simliklar o‘zlashtiradigan shaklga o‘tkazib beradi. Azot tuproqdagi eng harakatchan va o‘simliklarning muhim oziq elementlaridan biri hisoblanadi. O‘simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan bo‘lgan nitratlar, (NO2, NO3 ) va ammoniy(NH4) tuzlaridan o‘zlashtiradi.
Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish jarayoni ammonifikatsiya deb ataladi.
Ammiakning oksidlanib,nitrit va nitrat kislotalarga aylanish jarayoni nitrofikatsiya deyiladi.
O‘simliklarga fosfor yetishmasa, bargi va tanasida qizg‘ish va qo‘ng‘ir tusli dog‘lar paydo bo‘ladi, patski barglari barvaqt so‘liydi, to‘q qo‘ng‘ir tusga kiradi va tushib ketadi.
Kaliy o‘simliklarda fotosintez jarayoni, uglevodlar hosil bo‘lishini va harakatini faollashtirali. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini tezlashtiradi va ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi.