Kobalt
O‘simliklarning 1kg quruq massasi tarkibida o‘rtacha 0,021 mgkobalt mavjud. Ayrim usimliklarda bu ko‘rsatkich 11,6 mg/kg ni tashkil etadi. Kobalt ko‘proq dukkakli ekinlarning tuganaklarida uchraydi. Shuningdek, o`simliklarning generativ organlari (masalan gul) ham ma’lum miqdor kobalt tutadi.
O‘simlik tarkibidagi yalpi kobaltning 50% i ion, 20% i vitamin B12 va qolgan 30% i barqaror organik birikmalar shaklidadir.
O‘simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 marta kam talab qiladi. Kobalt bakteriya va fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir kursatadi. Kobalt ta’sirida qandlavlagi hosildorligi gektariga 30—35 q, shakar miqdori 0,8% oshishi kuzatilgan.
2.1 Tuproqning oziq moddalar ta`minlanganligi bo`yicha tasniflash
Tuproq tasnifi — tuproqlarni muayyan belgilar asosida taksonomik birliklarga boʻlish. Hozirgi zamon genetik Tuproq tasnifi tuproq hosil boʻlishi, rivojlanishi, evolyuqiyasi jarayonlari va xususiyatlarini oʻzida aks ettirgan tuproq profilining tuzilishiga asoslangan. Asosiy tasniflash birligi — tuproq genetik tipidir. Hozirgi zamon tasnifida 100 dan ortiq tuproq tiplari ajratilgan boʻlib, ular oʻz navbatida tipchalar, turkum, tur va xillarga boʻlinadi. Tuproq diagnostikasi, yaʼni obʼyektiv belgilar sistemasi tasnifning eng muhim qismi boʻlib, tuproqni tasnifning barcha taksonomik darajalarida ajratishga imkon beradi. Tuproqni amaliy (agrar, ishlab chiqarish., meliorativ, oʻrmonchilik va boshqalar) jihatdan gurugʻlarga ajratish katta ahamiyatga ega. Yagona xalqaro Tuproq tasnifi ishlab chiqilmagan. FAO, YUNESKO tomonidan (1968—74) dunyo tuproq xaritasini tuzishda birinchi dunyo tuproq sistemasini yaratishga urinib koʻrildi.
Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalari tuproqlari sugʻoriladigan tuproqlar tarzida tasniflanadi. Yangi Tuproq tasnifida sugʻorish taʼsirida tuproq jarayonlari xarakterining tubdan oʻzgarganligini hisobga olib, ular alohida tuproq tipi sifatida ajratilgan. Bunda tuproqning zonal joylanish holati, sugʻorish taʼsirida oʻzgarganlik darajasi, avtomorflik va gidromorflik sharoitlari eʼtiborga olinadi. Zonal joylanish holati sugʻoriladigan tuproqning maʼlum kenglik zonasi yoki balandlik mintaqasiga mansubligini koʻrsatadi. Shunga koʻra, Oʻrta Osiyoning tekislik qismi sur tusli qoʻngʻir, qumli choʻl, taqirli va taqir, shuningdek, gidromorf sharoitda ularga yoʻldosh oʻtloqi, botqoqioʻtloqi va botqoqi tuproqlar tarqalgan cho`l zonasi sifatida qaraladi. Balandlik mintaqasi sistemasining quyi qismi — togʻ oldi va togʻ etagi tekisliklarida och tusli tipik va toʻq tusli sur tuproqlar, daryo vodiylari hamda sazlarda esa sur tuproq mintaqasining gidromorf, oʻtloqi, botqoqioʻtloqi va botqoqi tuproqdari rivojlangan. Bu zona va mintaqachar sharoitida rivojlangan sugʻoriladigan tuproqlar profilida tabiiy zonal tuproqning baʼzi belgi va xususiyatlari saklanadi. Shu asosda sugʻoriladigan tuproqlarning quyidagi tiplari ajratilgan (1974): choʻl zonasining oʻtloqi voha, botqoqi voha va taqirli voha; sur tuproqlar mintaqasining oʻtloqi voha; botqoqi voha, sur voha tuproqdari.
Voha tuproqlarining rivojlanish etapi yoki bosqichlari tipchalar bilan ifodalanadi. Tuproqlar oʻzining tabiiy tuproq belgilarini saqlagan holda, yaʼni tip darajasida sugoriladigan sur tuproqlar, sugʻoriladigan sur tusli qoʻngʻir tuproqlar va shu kabi deb, agar tuproqda yangi sharoitga xos boʻlgan belgilar paydo boʻlsa, tipcha darajasiga boʻzvoha, taqirli voha tuproqlar va shu kabi deb ataladi. Bundan ham kichik taksonomik birlikka, yaʼni turkum va xillarga shoʻrlanish, shoʻrtoblanish, tuproq hosil qiluvchi ona jins, granulometrik tarkibiga qarab ajratiladi.
Tuproqda o‘zaro chambarchas bog‘langan qattiq, suyuq va gazsimon fazalar farqlanadi.
Tuproq havosi. Tuproq mikroorganizmlari tomonidan kislorodning o‘zlashtirilishi, organik moddalarning parchalanishi va ildiz tizimining nafas olishi natijasida karbonat angidrid hosil bo‘ladi. Shu sababdan atmosfera havosida karbonat angidrid miqdori 0,03% bo‘lgani holda, tuproq havosida bir foiz atrofida, ba’zan 2—3%ga yetadi.
Tuproqdagi karbonat angidrid miqdori atmosfera va tuproqdagi havo almashinuvi (aeraqiya) jadalligiga monand o‘zgaradi. Hosil bo‘ladigan karbonat angidridning bir qismi atmosferaga tarqaladi, bir qismi esa tuproqdagi namlik ta’sirida erib, karbonat kislotaga aylanadi. Atmosferaga uchib chiqadigan
CO2 o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilib, hosil miqdorini oshirishga xizmat qilsa, karbonat kislota tuproq eritmasining nordonligini oshiradi.
Tuproqda karbonat angidrid miqdorining ko‘payishi ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yaxshi tomoni shundaki, hosil bo‘ladigan karbonat kislota tuproqdagi mineral birikmalar (fosfatlar, kalsiy karbonat va b.)ning eruvchanligini oshiradi va ularni o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan
shaklga o‘tkazadi. Ikkinchi tomondan, tuproqda namlik ko‘p, aeraqiya susg bo‘lsa, karbonat angidrid mikdorining ortishi va kislorodning yetishmasligi oqibatida
o‘simlik va mikroorganizmlarning me’yorida rivojlanishi buziladi. Kislorod tanqisligida ildizning o‘sishi va nafas olishi susayadi, o‘simlik tomonidan oziq
moddalarning o‘zlashtirilishi sekinlashadi. Tuproqda anaerob-qaytarilish jarayoni kuchayadi.
Tuproq eritmasi. Tuproqning eng harakatchan va
faol qismi bo‘lib, unda o‘simliklarning oziqlanishi uchun bevosita xizmat qiladigan turli-tuman jarayonlar sodir bo‘ladi. Tuproq eritmasida anionlar, kationlar va suvda eruvchan organik moddalar mavjud.
Unda kislorod, karbonat angidrid, ammiak kabi gazlar ham erigan bo‘ladi. Tuproq, eritmasi konsentraqiyasining ortishi asosan minerallarning nurashi va
parchalanishi, mikroorganizmlar ta’sirida organik moddalarning minerallashishi, mahalliy va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash asosida sodir bo‘ladi.
O`simliklarning oziqlanishi uchun tuproq eritmasida K+ , Ca2+, NH4+ , NO-3 , S042+, H2PO-4 kabi ionlarning bo‘lishi va doimiy ravishda to`ldirilib turilishi muhimdir. Tuproq eritmasidagi tuzlar miqdori %ning yuzdan bir ulushidan bir necha % gacha o`zgaradi.
Odatda tuproq eritmasidagi tuzlar miqdori 0,05% atrofida bo‘lib, konsentraqiyaning 2%dan oshib ketishi o‘simliklarga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Tuproq eritmasining konsentraqiyasi o‘g‘it qo‘llash, tuproq namligining kamayishi, organik moddalarning minerallashishi natijasida oshadigan bo‘lsa, o‘simliklarning oziqlanishi, oson eriydigan moddalarning tuproqni quyi
qatlamlariga yuvilishi yoki erimaydigan shaklga o`tishi natijasida kamayadi.
Tuproqning qattiq fazasi. Tuproqning qattiq fazasi o‘simliklar uchun asosiy zaxira moddalarni tutadi. Tuproq qattiq fazasining 90—99%ini mineral moddalar,
faqat bir necha %ini organik moddalar tashkil qiladi.
A. P. Vinogradov ma’lumotiga ko‘ra tuproq qattiq fazasining deyarli yarimini kislorod, uchdan bir qismini kremniy, 10% dan ko‘prog‘ini alyuminiy va temir tashkil qiladi. Atigi 7%ga yaqini boshsa elmentlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur elementlar tuproqning mineral qismida, turli mineral birikmalar tarkibida uchraydi. Uglerod, vodorod, kislorod, fosfor, oltingugurt tuproqning ham mineral va ham organik qismi tarkibida uchrasa, azot faqat organik moddalar tarkibiga kiradi.
2.2 Ozuqa konsentratsiyasining o`simlik oziqlanishiga ta`siri
Tuproq eritmasining konsentratsiyasi kichik bo‘lgan hollarda usimliklar sust rivojlanadi, ularda oziq, elementlar tanqisligi kuzatiladi. Konsentratsiyaning
juda yuqori bo‘lishi ham o`simliklar oziqlanishida salbiy oqibatlarga olib keladi.
Tuproq eritmasining maqbul konsentratsiyasi ekin turi va naviga bog‘liq ravishda o‘simliklar rivojlanishining turli davrlarida (ontogenezda) keng ko‘lamda
o`zgaradi.
O`simliklarning ildiz tizimi juda suyuq eritmalardan ham (0,01—0,05%) oziq moddalarni o‘zlashtirish xususiyatiga ega. Tabiiy sharoitlarda sho‘rlanmagan
tuproqlar eritmasining konsentratsiyasi 0,02—0,2%ni tashkil qiladi. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi bir muncha yuqori bo‘lganda ionlar o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi, suv esa ildiz tomonidan tuproqning o‘g‘it kiritilmagan qatlamlaridan yaxshi shimiladi. Bu o‘g‘itlardan foydalanishda albatta hisobga olinishi lozim.
Tuzlar konsentratsiyasining yuqori bo‘lishi eritma osmotik bosimini oshiradi va tabiiyki, o‘simliklarga suv va oziq moddalar yutilishini qiyinlashtiradi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari rivojlaiishning ilk davrlarida eritma konsentratsiyasining yuqori bo‘lishini talab qiladi.
Keltirilgan ma’lumotlardan eritma konsentratsiyasi 25,9 mmol/g bo‘lganda bodringdan yuqori hosil olinishi kuzatiladi. Konsentratsiyaning yanada oshirilishi barg chekkalarining qurishi, tomirlarining qo‘ng‘ir tus olishi va hosilning kamayishi bilan yakunlanadi.
2.3 Tuproqda makro va mikroelementlar balansi
Oziq muhitidagi elementlar nisbatini hisobga olish usimliklar mineral oziqlanishini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ekinlar rivojlaiishning turli davrlarida turli nisbatdagi oziq elementlarni talab qiladi.
Oziq elementlarning ildizga yutilishi ko‘p jixatdan gidratlangan ionlar diametriga bog‘liq bo‘lib, diametri kichik elementlar ko‘proq yutiladi. Ayrim
elementlar bundan mustasno: masalan, diametri katta bo‘lsada, K+ ioni rubidiy va seziyga, Cl- esa boshqa galogenlarga nisbatan tezroq yutiladi.
O‘simlik tanasi faoliyatining me’yorida bo`lishi bevosita tashqi muhitdagi kation va anionlarning o‘zaro
nisbatiga bog‘liq. Bundan oziq aralashmalarini tayyorlash va oziqlanish jarayonida ro‘y beradigan ionlar antagonizmini tushuntirishda foydalanish mumkin.
Oziq eritmasining fiziologik jihatdan muvozanatlashganligi o‘simliklarni rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Oziq elementlarni o`simliklar oson va samarali o‘zlashtiradigan nisbatlarda tutadigan eritmalar fiziologik jihatdan muvozanatlashtirilgan eritmalardir.
Faqat bitta tuz eritmasida o‘simliklar yaxshi rivojlanmasligini quyidagi misolda ko‘rsatish mumkin
Tajribalar asosida azot bilan yaxshi ta’minlangan o‘simliklar K, Ca, Mg, Cu, Fe, Mn va Zn kabi elementlarni yaxshi o‘zlashtirishi, fosforning ortiqcha
miqdori Cu, Fe va Mn elementlari yutilishini cheklashi aniqdangan.
Kaliy ta’sirida o‘simlik tanasiga Ca, Mg va yana bir qator elementlar kamroq yutiladi.
Oziqlanish muhitidagi bironta elementning boshqa
elementlarni yutilishiga qarshilik qilishi ionlar antagonizmi aksincha, ko‘proq yutilishiga yordam berishi ionlar sinergizmi iboralari bilan yuritiladi. Agar
tuzlar aralashmasining ta‘siri alohida olingan komponentlar ta‘siriga teng bo‘lsa, ionlar additivligi deyiladi.
Antagonizm hodisasi ko‘proq Fe va Ca; A1 va Na; Fe va Zn; Mn va Zn; Cu va Zn; Zn va Fe, Mn, Cu, Mo o‘rtasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ionlar sinergizmi esa Cu va Co, B; Mo va Cu; Cu va Mn; Ca va Co o‘rtasida kuzatiladi.
Azot fosfor va kaliy yetarli bo`lgan sharoitlarda o`simliklarning mikroelementlarga talabchanligi ortadi. Masalan, tuproqda Fe, Mn va Zn taqchil bo‘lsa, o‘simliklarga azotning yutilishi sezilarli kamayadi.
Cu, Zn, Mo kabi mikroelementlar fosforning yutilishiga ijobiy, kaliyning o‘zlashtirilishiga salbiy ta’sir qiladi.
Anionlar o‘rtasida antagonizm kuchsiz namoyon bo‘ladi (masalan, SO2-4 va Se02-4) yoki umuman kuzatilmaydi.
Galogenlarning ildiz tizimiga yutilishi antagonizm asosida sodir bo‘ladi.
O`simliklarning ildiz tizimi oziq moddalarni tanlab ma’lum miqdor va nisbatlarda yutish qobiliyatiga ega.
Ekinlarining rivojlanishi va hosilini shakllanishida oziq elementlarning reutilizatsiyasi (qayta foydalanilishi) muhim ahamiyatga ega. Reutilizatsiya —
oziq elementlarning o‘simlikdagi qari barglardan yosh
barglarga, o‘suv qismlaridan urug‘ va mevaga oqib o‘tishidir. Ca, Fe, Mn, B, Zn kabi elementlar reutilizatsiyalanmaydi, oltingugurt qisman, azot, fosfor, kaliy
va magniy ko‘p marotaba reutilizatsiyaga uchraydi.
Tashqi muhit omillari (harorat, namlik, yorug‘lik va havo) ionlar antagonizmi, sinergizmi va reutilizatsiyasiga kuchli ta’sir kursatadi. Masalan, issiqxonalarda yorug‘likning kam bo‘lishi, tuproqqa yuqori me’yorda azotli o‘g‘itlar kiritilishi sabzavot va poliz mahsulotlari tarkibida nitratlar miqdorini keskin
ortishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |