Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari Reja



Yüklə 486,34 Kb.
səhifə6/8
tarix24.10.2023
ölçüsü486,34 Kb.
#161202
1   2   3   4   5   6   7   8
Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari Reja-fayllar.org

III bob Turoq oziqa rejimini boshqarish usullari

Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.


Tuproqning oziq rejimini boshqarishdagi barcha tadbirlarni quyidagi
guruhlarga bo’lish mumkin:
1.tuproqni oziq moddalar bilan boyitish;
2.tuproqdagi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan oziq elementlarini
o’zlashtiradigan holatga o’tkazish;
3.oziq moddalarni o’simliklar oson o’zlashtirishi uchun sharoit yaratish;
4.tuproqda oziq moddalar kamayishiga qarshi kurash.
Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. Tuproqdagi oziq moddalarni o’zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o’sayotgan sharoitga bog’liq.
G’o’za azot, fosfor va kaliyga nihoyatda talabchan o’simlik. Masalan: 1t paxta etishtirish uchun taxminan 56 kg azot, 23 kg fosfor va 53 kg kaliy talab qilinadi. Kungaboqar azot va fosforga qaraganda kaliyni ko’proq o’zlashtiradi. 1t kungaboqar hosili uchun tuproqdan 228 kg kaliy, 50 kg azot va 27 kg fosfor
sarflanadi. Ildizmevalilar va tugunakmevalilar ham fosfor va azotga qaraganda
kaliyga ko’proq talabchan. Odatda oziq elementlarning umumiy miqdori har gektar
yerda bir necha tonna atrofida bo’ladi. Masalan: kuzatishlarga qaraganda,
qadimdan deyarli 100 yildan ortiq sug’orilib dehqonchilik qilayotgan bir gektar
tipik bo’z tuproqli yerning 28 sm haydalma qatlamida o’rtacha 59,1 t chirindi, 4 t
azot, 8 t fosfor va undan keyingi 28-100 sm qatlamda esa yuqoridagilarga muvofiq
73,5; 4,97 va 16 t oziq elementlari bo’lar ekan.
O’simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o’g’itlarga
emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliyatiga, organik
moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini
yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo’llanishiga ham bog’liqdir.
O’simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo’linadi: avtotrof, mikrotrof va baktyeriotrof
usullar. Avtotrof oziqlanishda o’simliklar tuproqdan suvda erib oksidlangan
mineral tuzlarni o’zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o’simliklar uchun asosiy
hisoblanadi.
Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo’ladi. O’simliklarning
bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziqlanish deyiladi. Azot
tuproqdagi eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq elementlaridan biri
hisoblanadi. O’simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan
bo’lgan nitratlar, (NO2, NO3 )dan va ammoniy tuzlari (NH4)dan o’zlashtiradi.
Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish protsessi
ammonifikatsiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib, nitrat va nitrat kislotalarga
aylanish protsessinitrofikatsiya deyiladi.
O’simliklarga fosfor etishmasa, bargi va tanasida qizg’ish va qo’ng’ir tusli
dog’lar paydo bo’ladi, pastki barglari barvaqt so’liydi, to’q qo’ng’ir tusga kiradi va
tushib ketadi. Kaliy o’simliklarda fotosintez protsessini, uglevodlar hosil bo’lishini
va harakatini aktivlashtiradi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tezlashtiradi
va ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi.
Go’ng solinganda yerlarda tuproqning tabiiy xossalari yaxshilanadi, ya’ni
mexanik tarkibi og’ir tuproqlarni yumshatadi, mexanik tarkibi engil tuproqlarning
yopishqoqligi va donadorligini oshiradi.
Yerga mineral va organik o’g’itlar solish, kislotali tuproqlarni ohaklash,
ishqoriylarni gipslash, almashlab ekish, tuproqni sifatli ishlash, strukturani
yaxshilash, etarli namlikni saqlash, oziq rejimini boshqarishda asosiy tadbirlardan
hisoblanadi.
Tuproqning oziq rejimiga va tabiiy xossalariga go’ng bilan bir qatorda
oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko’kat o’g’it sifatida dukkakli don
ekinlari ekish ayniqsa yaxshi ta’sir etadi. Tuproqning oziq rejimi va unumdorligi
unda sodir bo’ladigan mikrobiologik jarayonlarga bevosita bog’liq bo’ladi. Ya’ni
ayrim mikroorganizmlarning hayot faoliyati ta’sirida tuproqda o’simliklar uchun
zarur bo’lagan oziq moddalar to’planadi.
Tuproqdagi turli mikroorganizmlar hayot faoliyati, ularni suv, havo va issiqlik rejimlariga bog’liq. Shuning uchun dehqonchilikda turli agrotexnik
tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish zarur. Bunda ayniqsa, yerlarga o’z vaqtida
ishlov berish, organik-mineral o’g’itlar solish, almashlab ekish joriy qilish va
boshqa tadbirlar katta ahamiyatga ega.
3.1 Havo orqali boshqarish

Har qanday tuproqda hamma vaqt ma’lum miqdorda havo bo’lib, undagi bo’shliqlarni to’ldirib turadi. Ma’lum vaqt ichida tuproqqa havo kirishi va uning miqdori hamda tarkibini o’zgarishi havo rejimi deyiladi.


Tuproqda atmosfyeradan kirgan havo va tuproqdagi har xil biokimyoviy
protsesslar natijasida hosil bo’lgan gazlar uchraydi. Atmosfera havosining tarkibi
tuproq havosining tarkibidan anchagina farq qiladi. Atmosfyera havosida N (azot)
78,8 % , O2 (kislorod) 20,95 %, CO2 (korbonat angidrid) 0,03 %, tuproq havosida esa N-78-80 %, O2-91-21 %, CO2 0,1-1,0 % bo’ladi.

Tuproq havosi unda yashaydigan ayrim mikroorganizmlar uchun zarur, chunki tuproqda havo etishmasa, aerob mikroorganizmlar hayot kechira olmaydi. Natijada organik qoldiqlar yaxshi chirimasdan, o’simliklar o’zlashtira oladigan oziq moddalar hosil bo’lishi uchun sharoit bo’lmaydi.



Tuproq havosi tarkibidagi kislorod tuproqdagi har xil mineral va organik moddalarni oksidlaydi. Natijada oksidlangan ba’zi elementlar eruvchan holatga o’tsa, ayrimlari aksincha, havo etarli bo’lmagan tuproqda o’simliklar hayoti uchun zararli bo’lgan har xil kimyoviy birikmalar hosil qiladi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun zarur hisoblangan azot anaerob sharoitda gaz holdagi barikmalarga o’tib, tuproqdan atmosferaga erkin holda chiqib ketadi. Demak tuproqning unгmdorligi uchun havoning ahamiyati ham muhim hisoblanadi.
O’simliklar hayotida havo boshqa omillar bilan teng ahamiyatga ega. Chunki
o’simliklar korbonat angidridni o’zlashtirganda nafas olish jarayoni sodir bo’lib,
bunda kislorodni ham singdiradi va ma’lum miqdorda issiqlik ajralib chiqadi.
O’simliklar ildizi nafas olganda ajralib chiqadigan CO2 bir qancha mineral
moddalarning eruvchanligini oshiradi. Bu o’simliklarning yaxshi oziqlanishiga
yordam beradi.
O’simliklarda nafas olishga qaraganda fotosintez jarayoni bir necha bor
faolroq o’tadi, shuning uchun ham o’simliklarda organik moddalar to’planadi.
Fotosintez jarayonida o’simliklar atmosferadan 1t uglerod o’zlashtirsa, ayni vaqtda 2 t erkin kislorod ajralib chiqadi.
Tuproq havosining tarkibi vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, tuproq havosi
tarkibidagi CO2 miqdorining ortishi bilan O2 miqdori kamayadi. Kislorod tuproq
tipiga qarab, 2-3 % gacha kamayadi, CO2 miqdori esa 10 % gacha ortadi.
Tuproq havosining tarkibi va miqdori ekinlar turiga, haroratga, namlikka va
uning aeratsiyasiga bog’liq. Atmosfera va tuproq havosining almashinishi tezligiga
ekinlarni parvarish qilish agrotexnikasi ta’sir etadi. Yerlarni o’z vaqtida haydash,
sug’orish, ekin qator oralarini ishlash tuproqda havo almashinishini tezlashtiradi.
O’simlik ildizining nafas olishida va aerob mikroorganizmlar faoliyatida tuproq
havosidagi kislorod nihoyatda zarur.
Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, tuproq umumiy g’ovakligini 25-40 % i havo va 75-60 % i suv bilan band bo’lganda, madaniy o’simliklar yaxshi o’sadi.
O’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishiga tuproq havosining tarkibi ham ta’sir etadi. Masalan, tuproq havosida kislorod etishmay, korbonat angidrid miqdori ortiqroq bo’lsa, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi sustlashadi, ayrim vaqtda esa quriydi.
Tajriba ma’lumotlariga qaraganda, tuproqqa kislorod bemalol kirib turgandagina
nitrofikatsiya jarayoni aktiv kechadi va azotobakteriyalarning tuproqda azot to’plashi uchun sharoit vujudga keladi. Kislorod mikroorganizmlar uchun juda zarur.
Tuproqning havo o’tkazuvchanligi uning mexanik tarkibiga, donadorligiga va tuzilishiga bog’liq. Donador g’ovaksimon va yumshoq tuzilishga ega bo’lgan
tuproqlar havoni yaxshi o’tkazadi. Strukturasiz, zich tuproqlar havoni yomon
o’tkazadi. Tuproqning o’zida ma’lum miqdorda havo ushlab turish qobiliyati uning
havo sig’imi deyiladi. U asosan tuproqning g’ovakligiga va namlanish darajasiga
bog’liq bo’ladi.
Tuproq bilan atmosfyera o’rtasidagi havo almashinuviga quyidagi tabiiy
hodisalar ta’sir etadi:
1.Doimiy o’zgarib turuvchi atmosfyera bosimi.
2.Doimiy bo’lib turuvchi duffuziya hodisasi.
3.Tuproq haroratsiningo’zgarib turuvchanligi.
4.Yog’in-sochinlar ta’sirida tuproqdan havo siqib chiqariladi va havo
almashinuvi bo’ladi.
Ekinlardan yuqori hosil olishda tuproqda qulay havo rejimini yaratish zarur
tadbirlardan biri hisoblanadi. Buning uchun yerni chuqur va sifatli shudgorlash,
chizellash, boronalash va kultivatsiyalash kabi agrotexnik tadbirlardan keng
foydalanish, tuproqdagi namlikni me’yoridan oshiq bo’lib ketishiga yo’l qo’ymaslik zarur.
Yerni chuqur va sifatli shudgorlash tuproqning haydalma qatlami tuzilishini
tubdan o’zgartiradi, umumiy va nokapillyar kovaklikni oshirib, kapillyar kovaklikni kamaytiradi. Yerning haydalma qatlami qancha qalin va madaniylashgan bo’lsa, tuproqning havo rejimi shuncha qulay bo’ladi.
Tuproq havo rejimining bir me’yorda bo’lishida ekinzorlarda ko’chatlar normal qalinlikda bo’lishining ham ahamiyati bor. O’simlik qoplami tuproq
temperaturasi o’zgarib turishiga va gaz almashinishiga ta’sir qiladi.

Masalan, har xil qalinlikda joylashtirilgan g’o’za, fotositez uchun CO2 dan turli miqdorda foydalanadi. I.N. Antipov, Karataev va L.P. Belyakova ma’lumotiga ko’ra, organik va ko’kat o’g’itlar tuproq havosidagi CO2 kontsentratsiyasini 2 g l gacha oshiradi. Bu ekinlarning assimlatsion mahsuldorligini oshirishga yordam beradi. Organik moddalar bilan tuproqni boyitish, vaqti-vaqti bilan dalalargi ko’p yillik dukkakli o’tlar o’stirish va ularni ko’kat o’g’it (sidyeratlar) sifatida haydab yuborish tuproqdagi havo rejimini yaxshilashdani asosiy omillardan hisoblanadi. Asoslar bilan to’yinmagan kislotali tuproqlarni ohaklashda kalloid kompleksidagi singdirilgan vodorod kal’tsiy bilan almashinadi, natijada tuproqning mikroagregat tuzilishi va rejimi yaxshilanadi.


Sho’rtob tuproqlarni gipslash (bunda gips kal’tsiy kolloid kopleksida bir valentli
natriy o’rnini bosadi) tuproqning mayda kesakchali stukturasi hosil bo’lish sharoiti va aeratsiyasini yaxshilaydi.
Yerni chimqirli plug bilan chuqur (40-50 sm) haydash tuproqning umumiy
kovakligini oshiradi, uning asosiy qismi havo bilan to’ladi.
Egat olib va yomg’irlatib sug’orish yoppasiga va bostirib sug’orishga qaraganda
tuproqning havo rejimini kamroq buzadi.
3.2 Namlik orqali boshqarish

Tuproqda va o’simlikda bo’ladigan kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. O’simlik suv bilan etarli ta’minlangandagina unda o’sish, rivojlanishi va barcha fizologik jarayonlar normal o’tadi. Har qanday madaniy o’simlik urug’i unib chiqishidan oldin ma’lum miqdorda suv shimadi. O’simliklar tarkibida 80-90 % gacha suv bo’ladi. O’suv davrida o’simliklar bu suvning asosiy qismini bug’lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o’simliklar butun vegetatsiya davomida o’zlashtirgan suvning atigi 0,01-0,03 %ni o’z organizmini


shakllanishi uchun sarflaydi.

Suv o’simlikda fotosintez hodisasini o’tishida aktiv ishtirok etadi. Suv o’simlik tanasida ozuqa moddalarni tashib etkazib berish vazifasini bajaradi. Suv o’simlik tanasidagi harorat holatini tartibga solib turadi. Tashqarida haroratning o’zgarishiga qaramay, o’simlik tanasidagi harorat o’zgarmaydi. O’simliklar o’zlarining ko’p yillik evolyutsion davrlarini o’tash bilan suvga bo’lgan talabini aniqlaganlar, ya’ni qurg’oqchilikka chidamli va nam sevuvchi o’simliklarga bo’linganlar.


M: donli o’simliklar boshqa o’simliklarga nisbatan ancha qirg’oqchilikka chidamli, igna bargli daraxtlar, katta bargli daraxtlarga nisbatan ancha qirg’oqchilikka chidamli.
O’simliklarning suvga bo’lgan talabi ularning rivojlanish fazalariga qarab
turlicha bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy nay chiqarish va boshoqlash davrida,
makkajo’xori gullash va doni sut pishiqligi fazasida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g’o’za gullash va meva tugish davrida suvni ko’p talab qiladi, qo’p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan bo’ladi.
O’simliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni o’zlashtirib, uni organizmi orqali atmosferaga bug’latib turishi transpiratsiya, 1 gramm quruq modda hosil qilishi uchun sarflagan suv miqdori esa transpiratsiya koeffitsienti deyiladi.
Tuproqning suv rejimini o’rganish va boshqarish yo’llarini bilish ekinlaridan
yuqori va sifatli hosil olishda katta ahamiyatga ega.
Tuproqqa keladigan suv manbalari:

Yüklə 486,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin