b) palaxsani ag‘darish - har yili shudgorlanadigan, yaʼni madaniylashtirilgan yerlarda esa palaxsani 130°...140° gacha burib ag‘dariladi (b rasm).
v) chimqirqar bilan madaniy shudgorlash (v rasm)
g) yaruslab shudgorlash - palaxsadagi tarkibi turli xil bo‘lgan qatlamlarning joyini o‘zaro almashtirib, tuproqning unumdorligini oshirishda yoki begona o‘tlarni chuqur ko‘mib yo‘kotishda ko‘p yarusli shudgorlashdan foydalaniladi (g - rasm). Bu usulda palaxsani yaxlit ko‘rinishda emas, balki bir nechta qatlamlarga bo‘lish, agronom tayinlagan tartibda ularning joylarini almashtirib shudgorlash ishlari bajariladi.
Dehqonchilikda ishlatiladigan mashinalar ishchi qismlarining shakli yassi yoki egri sirtli ponaga o‘xshatilib yasaladi Plug lemexi, kultivator va tirma tishlari, paxta teradigan shpindel tishi, seyalka ekkichi yassi pona o‘xshatip Sferik disklar, plug korpusi, juyak olgichlar egri sirtli ponasimon tarzda yasaladi
Yassi ponaning tuproq palaxsasiga taʼsiri uning harakat yo‘nalishiga o‘rnatilish tartibiga bog‘liqdir.
pona tuproqqa a rasmdagidek ishchi AV yoni xarakat yunalishi Vga (α burchagi ostida joylashgan a qalinligidagi tuproq palaxsasiga) taʼsir etsa, uni asosiy yerdan ajratib olib yuqoriga ko‘taradi AV yoni Vga nisbatan γ burchagiga engashtirilgan pona palaxsaga taʼsir etsa (b rasm), tuprokni yon tomonga surib tashlaydi ishchi AV yoni xarakat yunalishi Vga β burchagini hosil qiladigan pona taʼsirida palaxsa bir marta buriladi, qo‘yadi.
Pligning asosiy ishchi organlari: 1. korpus 2. chimqirqar 3. pichoq Plugning yordamchi ishchi organlari: 1. rama 2. tayanch g’ildirak va uni sozlovchi mexanizm 3. osma mexanizm