Tuproqshunoslik va agrokimyo


Tuproqdagi oson eruvchan tuzlar ionlarini sifat analizi



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə11/23
tarix26.12.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#198544
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Tuproqshunoslik va agrokimyo-fayllar.org (2)

Tuproqdagi oson eruvchan tuzlar ionlarini sifat analizi.
Xlor-ionini aniqlash. Probirkaga5 ml suvli so’rim quyiladi va uning ustiga H2SO4 ning 10 % li eritmasidan iki tomchi tomizilib nordonlashtiriladi.So’ngra probirkadagi filtrat ustiga AgNO3 ning 5 % li eritmasidan 5-8 tomchi tomiziladi va yaxshilab aralashtiriladi .Shunda quyidagi tenglama bo’yicha AgCI ning cho’kmasi (yoki quyqasi) xosil bo’ladi.
NaCI + AgNO3 = AgCI + NaNO3
Eritmaga tushadigan cho’kmaning miqdoriga qarab xlorning kamligi, ko’pligi yoki juda ko’pligi belgilab quyiladi.
Sulfat-ionini aniqlash.Suvli so’rimda SO4 ionining borligini unga bariy xlorid ta’sir ettirib aniqlash mumkin.Agar suvli so’rimda ma’lum miqdorda sulfatlar bo’lsa, ular BaCI 2bilan o’zaro ta’sirlashib suvda erimaydigan BaSO4tuzini xosil kiladi.Bureaktsiyaquyidagichakechadi:
NaSO4 + BaCI2 =BaSO4 + 2 NaCI
Probirkagataxminan 10 mlsuvliso’rimolinadi.So’ngraustigaBaCl2
Ning 10 % li eritmasidan 10 ml quyiladi va bu eritma 1 min. Davomida qaynatiladi.
Agar suvli so’rimda sulfatlar bor bo’lsa, u xolda idish tubiga bariy sulfatning oq cho’kmasi tushadi. CHo’kmaning miqdoriga qarab sulfatlarning kamligi, ko’pligi yoki juda ko’pligi yozib quyiladi.
Kaltsiy-ionini aniqlash. Suvliso’rimda kaltsiy mavjudligi ammoniy oksalat eritmasi yordamida aniqlanadi.Agar kaltsiy mavjud bo’lsa,u ammoniy oksolat bilan o’zaro ta’sirlashib kaltsiy oksalatning eritmadagi tuzi yuzaga keladi.
Probirkaga 5 ml suvli so’rim olib, uning ustiga 5 ml ammoniy oksalat (4 % li eritmasi) quyiladi va sirka kislotasining 10 % li eritmasidan bir necha tomchi tomizilib nordonlashtiriladi. Probirka ichidagi eritma qaynaguncha qizdiriladi.
Kaltsiy oksalat cho’kmasining miqdoriga qarab kaltsiyning kamligi,ko’pligi yoki juda ko’pligi yozib qo’yiladi.



Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin