Tuproqshunoslik va agrokimyo


Sulfat ioni miqdorini aniqlash



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə13/23
tarix26.12.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#198544
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Tuproqshunoslik va agrokimyo-fayllar.org (2)

Sulfat ioni miqdorini aniqlash.
Tuproq tarkibidagi sulfat kislota asosan magniy sul’fati (MgSO4), nariy sul’fat (Na2SO4) (glauber tuzi) va kal’siy sul’fat (SaSO4) (gipis) tuzlari xolda bo’ladi. Magni sul’fat va natriy sul’fat suvda oson eridi, ular o’simlik uchun zararlidir. Kal’tsiy sul’fat esa suvda sekin eridi.
Sul’fat kislotaning miqdori xajim yoki massa metodi bilan aniqlanadi. Bulardan xajim metodi juda oson va qulay. Bu metod so’rimdagi sul’fat kislotani benzidin xlorid eritmasi bilan cho’ktirishga asoslangan.
Ishlash tartibi: Ximyaviy stakanga (sul’fat kislotaning ko’p ozligiga qo’ra ) 10-20 ml so’rim olinib, ustiga 5-10 ml benzidin xlorid eritmasi quyiladi . Hosil bo’lgan oq cho’kma stakan tagiga cho’kkanidan keyin benzidin xloriddan yana quyilib ko’riladi. Bu ish yangidan qo’shilgan benzidin xlorid ta’sirida cho’kma hosil bo’lmaguncha takrorlanadi. 30-40 minut o’tganidan keyin stakandagi tiniq eritma ustiga yana 1-2 tomchi benzidin xlorid eritmasi tomizib ko’rish bilan sulfat kislotaning to’liq cho’kkanligi aniqlanib, cho’kma kichik filtr qog’oz yordamida suzib olinadi.
Voronkadagi filtrda to’plangan cho’kma distillangan sovuq suv bilan yuviladi (voronkadan tushayotgan suv tiniq bo’lishi kerak). Voronkadan tushayotgan oxirgi tomchi ko’k lakmus qog’ozini qizartirmaydigan bo’lguncha yuvish davom ettiriladi. YUvilgan cho’kma filtr bilan birga kichik ximiyaviy stakanga solinadi.Ustiga 40-50 ml distillangan suv quyiladi, so’egra u qizdirib eritiladi.
Stakandagi eritmaga 2-3 tomchi fenolftalein tomizib shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi (chayqatiladi) va eritma och pushtirangga kirguncha o’yuvchi natriy (NaOH) ning 1/20 n eritmasi bilan titrlanadi. So’ngra hosil bo’lgan eritma qaynatiladi, bunda rangi o’chsa, titrlash o’zgarmas och pushtirang paydo bo’lguncha davom ettiriladi.
Analiz natijasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

X – sulfat ionining foyiz miqdori: a- titirlashga ketgan 1/20 n o’yuvchi natriy (ml xisobida): N- 1 ml o’yuvchi natriyning 1/20 eritmasi cho’ktirilgan sulfat kislota miqdori , g xisobida (0,0024); ye-so’rimning umumiy xajmi (ml hisobida); K- gigroskopik koeffitsent: M- analiz uchun olingan so’rim xajmi (ml hisobida): N- turoq massasi (g hisobida).


Masalan: a- 10 ml, N-0,0024 g, E-250 ml, K-1,02, M-20 ml, N-50 g bo’lsa, tuproqda 0,612 % xlor ionii bor.


Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin