Tuproqshunoslik va agrokimyo


Kaltsiyni trilonli usul bilan aniqlash



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə14/23
tarix26.12.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#198544
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Tuproqshunoslik va agrokimyo-fayllar.org (2)

Kaltsiyni trilonli usul bilan aniqlash.
Kaltsiyni trilonli metod bilan aniqlash. Trilon B (etilendiamintetrasirka kislotaning natriyli tuzi) ko’pincha ikki va uch valentli kationlar bilan suvda eriydigan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bu metod bilan aniqlashda qaltsiy ionii bilan qo’shilganda rang beruvchi Mureksid indikatori ishlatiladi.
Ishlash tartibi. Kaltsiyningko’p-ozligiga qarab suvli so’rimdan (pipetka bilan) 25-50 ml olib, 250 ml li konussimon kolbaga solinadi.Kolbadagi suyuqlikning ustiga distillangan suv quyib, hajmi 100 ml ga yetkaziladi. Kolbadagi suyuqlik ustiga bir bo’lak kongo Kog’oz tashlab,ko’k binafsha tusga kirguncha 1:1 nisbatli xlorid kislotadan (HCl) tomiziladi.
Kolbadagi muhit kislotali bo’lgandan so’ng ustiga o’yuvchi natriy (NaOH) ning 2 n eritmasidan 5 ml quyiladi.Kolbadagi suyuqlikni biroz chayqatib, ustiga 3-5 tomchi Mureksid indikatoridan tomiziladi (Mureksid kristall xolda bo’lsa, juda ozgina qo’shiladi). So’ngra tezda trilon B eritmasi (kaltsiy ko’p bo’lsa, 0,05 n trilon B, oz bo’lsa, 0,01 n trilon B) bilan suyuqlik qizg’ish rangdan binafsha tusga o’tgunga qadar titrlanadi.
Kaltsiyning foiz miqdori trilon B ning ketgan miqdoriga qarab quyidagi formula bilan aniqlanadi.

X - kaltsiyning foiz miqdori; a – titrlashga ketgan (0,05 yoki 0,01 n) trilon B, ml hisobida; N – 1 ml 0,05 n trilon B, 0,001 g. Kaltsiyni yoki 0,01 n trilon B 0,0002 g. Kaltsiy cho’ktirilganini bildiradi; ye – suvli so’rimning umumiy xajmi, ml xisobida; K – gigroskopik koeffitsent; M – analiz uchun olingan so’rimning xajmi, ml hisobida; N – tuproq massasi, g hisobida.


Masalan: a – 4 ml, N -0,001(0,0002) g, ye – 250 ml, K – 1,02 M – 20 ml,
N – 50 g bo’lsa, tuproqdagi kaltsiyning miqdori 0,102 % ga teng bo’ladi.

Magniyni trilonli usul bilan aniqlash.
Magniy hamma tuproq tarkibida uchraydi. Magniy o’simlik hayoti uchun zarur elementlardan xisoblanadi. Lekin magniyning sho’rlangan tuproqlar tarkibida uchraydigan magniy karbonat (Mg CO3), magniy bikorbonat (Mg (HCO3)2 ), magniy sulfat (MgSO4) va magniy xlorid (MgCl2) singari suvda oson eriydigan tuzlari o’simlik hayoti uchun zararlidir.

Magniyni trilonli metod bilan aniqlashda indiktor sifatida qora xromogen FM – 00 ishlatiladi.



Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin