Tuproqshunoslik va agrokimyo



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə19/23
tarix26.12.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#198544
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Tuproqshunoslik va agrokimyo-fayllar.org (2)

9– laboratoriya ishi.
Tuproqning morfologik belgilarini o’rganish
Maqsad: Tuproq namunasini olish usullarini o’rganish.Tuproqning tashqi ko’rinishini va genetik qatlamlarini ta’riflashni o’rganadi.

Tuproq namunalari va monolitlar olish texnikasi.

Turli laboratoriya analizlarini o’tkazish va tuproqlarning tuzilishini o’rganish maqsadida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar uchun odatda dala sharoitida tuproq namunalari va monolitlari olinadi. Bu maqsadda tuproq chuqurlari (razrezlari) deb ataluvchi maxsus chuqurlar kavlanadi. Chuqurlar uch xil bo’ladi: to’liq (asosiy) chuqurlar, yarim chuqurlar va chuqurchalar. Chuqur uchun to’g’ri joy tanlash tuproqlarni tekshirishdagi muhim shartlardan biri hisoblanadi. Chuqur o’sha tekshirilayotgan joy uchun yeng xarakterli bo’lgan uchastkada kavlanishi kerak. Chuqurlar uchun joy tanlash kavlab tashlangan yerlardan, kanallar yoki yo’llar yaqinidan, dalalarning mashinalar buriladigan burchaklaridan mumkin emas. Chuqur uchun joy tanlashda avvalo joyning relefi hisobga olinadi. Agar joy tekis bo’lsa, chuqur uning o’rtasidan kavlanadi. qiyalik maydonlarda chuqurlar odatda joyning yuqori, pastki va o’rta qismidan kavlanadi.


Dastlab chuqur uchun joy tanlangan maydonchada uning shakli belgilab olinadi. Buning uchun tuproq betida uzunligi 150-200 sm, eni taxminan 80 sm li to’g’ri burchak chiziladi. Tuproq chuquri faqatgina tuproqning qatlamlarini emas, balki ona jinsning yuqori qismini ham ochib tasvirlash imkonini berishi kerak, shuning uchun uning chuqurligi 125-200 sm, ba’zan undan ham ko’proq bo’lishi lozim. Sizot suvlar va shag’alli qatlam yer betiga yaqin joylashgan yerlarda chuqurlar ancha yuza olinadi.
Tuproq chuqurining tekshiriladigan old devori tik tushgan bo’lishi va ta’riflash chog’ida bu devor mumkin qadar yaxshi yoritilib turilgan bulishi zarur. Chuqurda ishlash qulay bulishi uchun tik devorga qarama-qarshi tomonda zinapoyalar qilinadi (1-rasm). Chuqurdan kavlab olinayotgan tuproq faqat yon tomonlariga chiqarib tashlanadi. Yon tomonlardan biriga chirindili yuqori qatlam, boshqasiga esa chuqurroq qatlamlardan olingan tuproq tashlanadi. Chuqur, tuproqni avvalgi joyi va holatiga ko’ra to’kilib qayta ko’miladi. Tuproq chuquri maxsus forma bo’yicha ta’riflanadi (1-ilovaga qarang).
Tuproq chuqurini ta’riflash uning qayerda joylashgani (viloyat, tuman, aholi punkti, shirkat, fermer xo’jalik, bo’lim, brigada, dala) ni ko’rsatishdan boshlanadi. Shundan so’ng relefga ta’rif berishga o’tiladi (makrorelef, mezorelef, mikrorelef). Chuqur kavlangan joyning mikrorelefi yelementlarini ta’riflashga alohida ahamiyat berish zarur. Mikrorelefning asosiy formalari quyidagilardan iborat: mayda tepachalar yoki mayda do’ngliklar, uyumlar ko’rinishidagi nisbatan ko’tarilgan joy formalari (ularning paydo bo’lishi ko’pincha yer kavlovchi umurtqali hayvonlar faoliyati bilan bog’liq bo’ladi); past-balandliklar, botqoqlangan o’tloqlarga xosdir; likobchasimon pasaygan joylar-uncha chuqur bo’lmagan oqovasiz tekis joylar; mikropotyajjinalar – qiyofasi noaniq, uncha chuqur bo’lmagan, egri-bugri kambar pasaygan joylar.

1-rasm.Tuproq kesmasi.


Chuqur o’rganilayotgan o’simliklar tavsifiga alohida ye’tibor berish lozim.Agar chuqur ekinzorda kavlangan bo’lsa, u holda ekinlarning holati baholanadi, ekinning nomi, gullash fazasi, rivojlanishi, ekinlarning qalinligi, bir tekisligi, zararkunandalar bilan zararlanganlik darajasi kabilar yozib qo’yiladi. Shuningdek begona o’tlar bilan ifloslanganlik darajasi va ko’proq uchraydigan begona o’tlarning turlari ham ko’rsatilishi zarur. O’tloq va yaylovlarda o’simlik turlarining tarkibi, o’tlarning qalinligi va balandligi, ularning oziqa sifatidagi afzalliklari, joyning butazorlashgani, botqoqlik darajasi va shu kabilar ko’rsatiladi. Bu o’rinda o’simliklar tuproq unumdorligini yaxshi aks yettiruvchi va ko’p hollarda uning u yoki bu xossalarini tasvirlovchi indikator hisoblanishini yesdan chiqarmaslik kerak.

O’simliklardan so’ng tuproq sirtining ta’rifi beriladi. Bunda tuproq yuzasida o’simlik qoldiqlari qoplamining bor-yo’qligiga, ularning tarqalish xarakteriga (o’rmon to’shamasi, chim, o’simlik qoldiqlari namati) tuzlar va ohak bo’lishi, ildizlar tarqalishi, yoriqlarning bo’lishi, toshloqligi, suv bosish alomatlari borligi kabilarga ye’tibor beriladi.


Bu kuzatuvlarning barchasi maxsus daftarga yozib qo’yiladi. Mazkur ma’lumotlar keyinchalik tuproqning kelib chiqishi va agronomik jihatdan baholash haqida to’g’ri tasavvur berish imkonini beradi.
Chuqur atrofidagi territoriyani ta’riflab bo’lingandan keyin tuproqning o’ziga xos morfologik belgilarini o’rganishga, ya’ni chuqurni tashqi morfologik alomatlari bo’yicha ta’riflashga o’tiladi.
Tuproq chuquri ta’rifining oxirida tuproqning nomi aniqlanadi, ya’ni tuproqshunoslikka oid darsliklarda bayon yetilgan va ilmiy jihatdan qabul qilingan klassifikasiyaga muvofiq tuproqning qaysi tipga, tipchaga, turga va xilga taaluqliligi aniqlanadi. Chuqurga ta’rif berib bo’lingandan so’ng kimiyoviy analiz uchun undan namunalar olinadi. Tuproq namunalari ikki turda: tabiiy tuzilishi buzilgan (to’kma-sochilma yoki qutiga solingan) tuproqlar va profilining yaxlitligi buzilmagan bloklar shaklidagi – monolitlar shaklida bo’ladi (2-rasm). To’kma tuproq namunalari turli laboratoriya tajribalari o’tkazish uchun foydalaniladi. Qutiga solingan va monolit namunalar esa tuproqning suv fizik xossalarini aniqlash, morfologik xossalarini o’rganish, amaliy mashg’ulotlar o’tkazish va laboratoriyadagi tuproqlar eksponatlarini to’ldirish uchun ishlatiladi.

Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin