«tuproqshunoslik»


Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə50/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
1.X.Atabaeva, O.Qodirxo‘jaev -O‘simlikshunoslik, T. Yangi asr avlodi, 2006,
298 b
2. X.Atabaeva va boshq-O‘simlikshunoslik - T.Mexnat, 2000.
3. P.P. Vavilov.-Rastenievodstvo-M.Kolos,1986
4. O.Mirzaev,T.Xudoyberganov-Em-xashak etishtirish-Andijon, 2003
5. N.G.Andreev-Lugovoe i polevoe kormoproizvodstvo, M.Kolos, 1985


Qo‘shimcha adabiyotlar
1. B.I.Vinogradov, X.Atabaeva, A.Dementeva-Rastenivodstvo (praktikum).T. Mexnat, 1987.
2. Atabaeva Z.N.,Umarov Z.-O‘simlikshunoslik-praktikum, T.ToshDAU, 2004
3.Elektron darslik, ilmiy monografiya, maqolalar, doktorlik, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari, ilmiy - amaliy anjumanlar, ma’ruzalar to‘plamlari, gazeta va jurnallar, statistik ma’lumotlar to‘plamlari, ma’ruza matnlarining elektron versiyasi.
Internet saytlari:
1. http://www.icac.org/
2. http://www.referat.
3. www. referat.ru ;
4. www.plantprotection.com.

  1. Mavzu: Yem-xashak o‘tlar. Beda, sebarga - umumiy morfologik belgilari

Amaliy mashgulot maqsadi: Beda, sebarga - umumiy morfologik belgilarini o’rganish
Beda O‘zbekistonning va Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan yerlarida ko‘p ekiladigan ko‘p yillik serhosil dukkakli yem-xashak o‘simliklardan biridir. Bedadan xilma-xil oziqlar tayyorlash mumkin. Bu oziqlar to‘yimliligi bilan ajralib turadi. Masalan, V.Dalakyan va Sh.Raxmanovalarning ma’lumoti bo‘yicha (1986), bedaning shonalash davrida bir kilogramm ko‘kati tarkibida 0,20 oziq birligi va 30 g xazm bo‘ladigan oqsil, 1 kg pichanida 0,47 oziq birligi va 90 g oqsil mavjud. Bedaning tarkibida kal‘tsiy, fosfor, oson xazm bo‘ladigan oqsil, xayvonlar xayoti uchun zarur bo‘lgan vitaminlar mavjud. Bedaning ko‘kati sersuv mollar tez o‘sadi, suyagi baquvvat bo‘ladi.
Ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik, poyasi tik va yotiq xolda o‘sadi, balandligi 40 sm dan 170 sm gacha bo‘ladi. Poyani ichi o‘zak bilan to‘la, usti tuklangan. Bargi murakab, uch bo‘lakli, mayda lantsetsimon, tukli. Gulto‘plami ko‘p gulli shingil, guli sariq rangli. Mevasi dukkak, o‘roqsimoin shaklda, ko‘p urug‘li, sariq qo‘ng‘ir rangli, mayda buyraksimon. Urug‘ining to‘la og‘irligi1-1,6 g. Ildizi yaxshi rivojlangan, ildiz orqali ko‘payadigan turlari ham bor. U qurg‘oqchilik va sovuqqa chidamli, tuproq tanlamaydi, yengil qumloq va sho‘rxok tuproqlarda o‘saveradi.
1. 2.

  1. Yoyilib o‘sadigan bedaning tupi. 2. Tik o‘sadigan bedaning tupi,

Beda, g‘o‘za, kanop, sholi, makkajo‘xori, boshqli don, poliz, sabzovot ekinlardan bo‘shagan erlarga ekiladi. Ildizi beda bilan bir xil rivojlangan o‘simliklardan keyin ekilmagani mahqul. Bir yerda beda 8-10 yilgacha o‘sishi mumkin, ekilgan erga beda 5-6 yildan keyin qayta ekilishi mumkin.


Beda ekish uchun yer kuzda haydaladi. Kuzgi shudgorlash ishlari esa o‘tmishdosh ekin turiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq namligini hisobga olib o‘tmishdosh ekinni hosil yig‘ishtirilgandan keyin sug‘orish ham mumkin, bundan keyin yerni ishlash oson bo‘ladi. Toza yerlarda sug‘orishdan keyin yer 25-27 sm chuqurlikda haydaladi. Begona o‘tlar bilan zararlangan tuproqlarda sug‘orishdan keyin yer maxsus ag‘dargichli lushchilg‘nik yoki otvalsiz plugda 6-8 sm chuqurlikda yumshatiladi. Bu tadbir tuproqning ustki qismidagi namni saqlaydi, dalani begona o‘t va zararkunandalardan ancha tozalaydi, o‘tning urug‘i ko‘karib chiqadi, so‘ngra shudgorlanganda yo‘qotiladi.




Dukkaklik o‘tlardan
1-qizil sebarga, 2-ekma beda, 3-vika


Ko‘k bedaning ildiz sistemasi





Qizil sebarga

Sebargadan yuqori to‘yimli ko‘kat, pichan, silos, pichan uni tayoyrlash mumkin. Bu oziqdarni hayvonlar xush ko‘rib eydi. Uning quruq moddasida 15,2% oqsil, 3,1% yog‘, 43,9% karbon suvlari, 1% mineral moddalar (asosan kaliy) bor. qizil sebarganing 100 kg ko‘katida 20 oziq birligi, 2,7 kg oqsil, 380 g kal‘tsiy, 70 g fosfor, 400 mg karotin, 100 kg pichanida esa 52,2 o.b., 7,9 kg oqsil, 1200 g kalg‘tsiy, 340 g fosfor , 2500 mg karotin mavjud.



Sebargadan yuqori to‘yimli ko‘kat, pichan, silos, pichan uni tayoyrlash mumkin. Bu oziqdarni hayvonlar xush ko‘rib eydi. Uning quruq moddasida 15,2% oqsil, 3,1% yog‘, 43,9% karbon suvlari, 1% mineral moddalar (asosan kaliy) bor. qizil sebarganing 100 kg ko‘katida 20 oziq birligi, 2,7 kg oqsil, 380 g kal‘tsiy, 70 g fosfor, 400 mg karotin, 100 kg pichanida esa 52,2 o.b., 7,9 kg oqsil, 1200 g kalg‘tsiy, 340 g fosfor , 2500 mg karotin mavjud.


Sebarga o‘tloqi, o‘tloqi-botqoq tuproqlarga sholi bilan almashlab ekishda qo‘llaniladi. Sebarga qoplovchi o‘simliklar bilan ham birga ekiladi. Almashlab ekishda sebargadan 2-3 yil davomida foydalaniladi.


Yerni ishlash kuzgi shudgorlashdan boshlanadi. Bahorda borona qilinadi, ekishdan oldan diskalash yoki kulg‘tivatsiya bilan ketma-ket boronalanadi.
Kuzgi shudgorlashdan oldin o‘g‘it solinadi. Organik o‘g‘itlardan 10-20 t\ga go‘ng va 100 kg fosfor, 50 kg kaliy sof modda hisobida bir gektarga solish tavsiya qilinadi.
Ekishdan oldan urug‘ni molibden bilan ishlash yaxshi natija beradi. Bir litr suvga 100-200 g molibdenli ammoniy solinib urug‘ dorilanadi va so‘ngra ekiladi. Molibden tahsirida xosil va uning sifati oshadi.
Sebarga erta bahorda oddiy don yoki don-o‘t ekadigan seyalkida ekiladi. Sof xolda gektariga 12-16 kg, urug‘ olish uchun keng qatorlab ekilsa 6-8 kg ekiladi. Boshqa o‘tlar bilan qo‘shib ekilsa gektariga 6-10 kg urug‘ sepiladi. qizil sebarga bedaga o‘xshab qoplovchi o‘ismliklar bilan ham ekiladi, Urug‘i mayda bo‘lganligi uchun ekish chuqurligi 2-3 sm bo‘ladi.



Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin