Biologik xususiyati Kartoshka past haroratlio‘simlikdir. SHuning uchun tuganaklarning ko‘karishi va o‘simlikning o‘sish uchun ko‘pchilik navlarda 6-7° dastlabki harorat deb hisoblanadi. Tuganaklarni yaxshi o‘sishi uchun esa o‘rtacha harorat 19-23°. Tuganak o‘starilayotgan vaqtida harorat 3-5° va ZG dan yuqori bo‘lsa, u ko‘karishdan to‘xtaydi.
Tuganaklar bir necha kun maboynida — 1 va + 35° harorat ta’si-rida bo‘lsa ular zararlanadi va o‘simtalar hosil qilmaydi. Ularga 5-7° va 43-45° da qisqa muddatda ishlov berilsa zararlanmaydi.
Kartoshka ildizidagi tuproq harorati 7° dan yuqori bo‘lsa hosil yaxshi rivojlanadi. Uning poyasi esa 5-6° da o‘sa boshlaydi, jadal
o‘sish esa 17-22° da yuzaga keladi, harorat 40° dan oshganda esa u o‘sishdan to‘xtaydi. harorat —1-1,5 ° da kartoshkaning er ostki qismi nobud bo‘ladi. Tuganaklar -1-2° sovuqda muzlaydi, lekin salqin sharoitda uzoq saqlanadi -3-4° sovuqqa bardosh berishi mumkin.
Harorat 18-2So bo‘lganida kartoshkaning gullashi tez o‘tadi, tuganaklarni jadal hosil bo‘lishi uchun eng qulay harorat 16-19° dan yuqori bo‘lsa tuganaklarning kattalashishi sekinlashadi va tuproq harorati 28-29° etganda tuganaklar umuman semirmaydi. Assimilyasiya jarayoni uchun eng qulay harorat bundan oshib ketsa, fotosintez jarayoni sekinlashadi, harorat 40° ga etganda esa fotosintez assimilyasiya jarayoni to‘xtaydi:
Yuqori harorat ta’sirida fotosintezning uzoq vaqt to‘xtab qolishi natijasida kartoshka tuganaklari keyingi o‘sish qobiliyatini yo‘qotadi. YUqori harorat kartoshkaning irsiyatiga va sifatiga ham yomon ta’sir ko‘rsatadi, uning ko‘pincha aynishiga, hosildorligining surunkasiga kamayishiga va tovarlik sifatining pasayishiga olib keladi. Kechki muddatda — yozda ekiladigan urug‘lik kartoshka saqlash vaqtida yuqori harorat ta’sirida ko‘plab nobud bo‘ladi. Ekilganda erda chirib ketadi. Natijada ekin ko‘pincha siyrak chiqadi va hosili keskin kamayadi.
Kartoshkaning to‘liq o‘sib rivojlanishi va hosil to‘plashi uchun (10°S dan yuqori) ertapishar navlari uchun 1000-1400, kechpisharlar uchun esa 1400-1600 miqdorda harorat talab etadi. Kartoshka yorug‘sevar o‘simlik. Tuganaklari undirilayotgan vaqtda yorug‘lik etarli bo‘lsa rangi oq, mo‘rt va tezda sinib ketadigan o‘simta hosil qiladi. Kartoshka stoloni yorug‘ sharoitda hosil bo‘lmaydi. Yorug‘lik etarli bo‘lsa poyalarning o‘sishi, gullashi va tuganak hosil bo‘lishi susayib, natijada hosildorligi pasayadi. Kartoshka o‘simligi neytral fotoperisk dizm uzun va qisqa kunda ham yaxshi rivojlanishi mumkin.
Kartoshka vatani hisoblangan Chilining dengaz bo‘yi hududlari iqlimi yumshoq, salqin, sernam, tuprog‘i kaliyga boy. Tuganaklarning hosil bo‘lishi seryog‘in (300 mm dan ortiq) havoning nisbiy namligi yuqori (75 % va undan ziyod) bo‘lgan sharoitda o‘tadi. Shuning uchun kartoshka o‘simligi tuproq namligiga talabchandir, ammo uning tuproq namligiga bo‘lgan talabi o‘sish va rivojlanish davrlarida turlicha bo‘ladi.