Nazorat savollari 1.Yer yong‘oq o‘simligini xalq xo‘jaligida qanday ahamiyati bor?
2.Yer yong‘oq o‘simligini tashqi omillarga qanday ta’siri bor?
3.Yer yong‘oq o‘simligini qanday navlari bor?
3. Mavzu: Tolali o’simliklarni ularning tolasi va urug’iga qarab aniqlash. Kanop va tolali zig’ir morfologiyasi hamda sistematikasi.
Amaliy mashg‘ulot maqsadi: Kanop va tolali zig‘ir o‘simligining morfologiyasi va sistematikasini o‘rganish Kanop ekini Reja: 1.Kanopni xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, kelib chiqishi va tarqalishi,hosildorligi.
2.Sistematikasi, biologik xususiyati va navlari
3.Kanopni urug‘ va tola uchun etishtirish texnologiyasi.
1. Kanop qimmatli lub tolali o‘simliklar guruhiga kiradi. Kanop to‘qimachilik sanoatida keng ishlatiladi, uning poyasini qayta ishlab olinadi. Kanopning poyasida 24% tola bor. Uning tolasidan brezent, qop-qanor, ayrim buyumlari, linoliumning tag asosi, mebellar uchun qoplama sifatida ishlatiladigan gazlama tayyorlanadi. SHuningdek, arqon, kanop va boshqa turdagi mahsulotlar ham ishlab chiqariladi.
Tolasi etarli darajada mustahkam, egiluvchan, yuksak gigroskopik xususiyatiga ega. O‘zagi va poyasining qoldigidan karton, qurilish plitasi tayyorlash uchun foydalaniladi. Urug‘i tarkibida 18-20%gacha yog‘ mavjud. Kanop yog‘idan texnik maqsadlarda teri oshlashda, sovun tayyorlashda va lak ishlab chiqarishda foydalaniladi. Kunjarasi esa charvo mollari uchun ozuqa va oraliq o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Kanop poyasini o‘zagini kimyoviy qayta ishlaganda 1 tonnasidan 80 kg furfurol va 90 kg quruq ozuqa xamirturushi ishlab chiqariladi.
Kanopni yovvoyi holdagi turlari Janubiy Afrika va Markaziy Hindistonda uchraydi. Kanop o‘simligi birinchi marta Hindistonda, 1X asrdan keyin esa Hindi-Xitoy, Xitoy, Eron, Janubiy Afrika, Meksika, Amerika qo‘shma SHtatlari, Janubiy Evropa mamlakatlariga tarqalgan. Kanop o‘simligini tolasidan eng ko‘p Hindistonda foydalaniladi.
Kanop asosan Braziliya, V’etnam, Italiya va Amerika qo‘shma SHtatlarida ekiladi. 19 asrdan keyin kanop o‘simligi hozirgi mustaqil hamdo‘stlik mamlakatlarida, Kavkaz ortida, Krasnodar o‘lkasida, respublikamizni Toshkent viloyatida ekiladi. Farg‘ona viloyatida ham ilgari ekilgan.. Kanop Respublikamizni asosan Toshkent viloyatini yuqori, O‘rta va quyi CHirchiq, YAngiyo‘l va Bo‘stonliq tumanida 10 mig/ga erga ekilmoqda.
Kanopni har gektar erdan olinadigan quruq poya hosili 40-60 s/ga dan 100 s/ga cha beradi. Kanopni urug‘idan 3-4 s/ga, ayrim xo‘jaliklarda 10 s/ga cha hosil olish mumkin. Tola hisobida esa hosildorlik har gektar erga 5-10 s/ga to‘g‘ri keladi. Respublikamizda gektaridan o‘rta hisobda 180 sentnerdan ko‘k poya olinadi. Ilg‘or xo‘jaliklarda ko‘k poya hosildorligi 200-250 sentnerga etadi. Poyasi va tolasi xo‘jaliklarda dastlab qayta ishlanadi. Kanopdan 1927 yili 30 s/ga, 1953 yili 20,8 s/ga, 1967 yili 158 s/ga, 1980 yili 188,5 s/ga ko‘k massa hosili olingan.
2. Kanopni biologiyasi va navlari. Kanop issiqsevar o‘simlik, urug‘i 10-12°S una boshlaydi. 20-22°S da maysa hosil qiladi, 25°S yaxshi o‘sadi. 1-1,5°S sovuqda o‘simlik nobud bo‘ladi. Tuproq namligi to‘la nam sig‘imiga nisbatan 70-80% bo‘lishi lozim. O‘tloqi tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Kanop qisqa kunlik o‘simlik. O‘suv davri 120-160 kun. Navlar: Uzbekskiy-1972, Uzbekskiy-2142.
4 Kanop g‘o‘zadan, don-dukkakli, em-xashak, donli ekinlardan bo‘shagan erlarga ekiladi. Kanop o‘simligida ko‘zlagan hosilni olish uchun gektariga 160-200 kg azot, 150-170 kg fosfor va 90-100 kg kaliy o‘g‘iti solinadi. Kuzda kanop ekinlarini maydonlari 28-30 sm. chuqurlikda shudgor qilinadi. SHudgor oldidan gektariga 20-25 t. mahalliy o‘g‘it solish tavsiya etiladi.
Erta bahorda borona va mola bosiladi. Kanop qator oralari 60 sm. qilib ekiladi. Bir gektar erga 30-40 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘lik uchun gektariga 18-20 kg urug‘ sarflanadi. Kanop urug‘lari aprel oyining birinchi o‘n kunlarida ekiladi. Urug‘ni ekish chuqurligi 3-4 sm.
Urug‘ni unib chikishiga qadar tuproq qatqalogiga qarshi borona qilinadi. O‘suv davri davomida ekin 5-6 marta kultivatsiya qilinadi va 5-6 marta sug‘oriladi.
Tola uchun ekilgan kanopni 50% gullaganda o‘riladi. Lub tola ajratuvchi LS-1 rusumli mashinada kanopni poyasini ko‘k po‘stlog‘idan ajratib olinadi. Tolasi dalaning o‘zida quritiladi va 10-12 kg.dan qilib boglab lub zavodlariga jo‘natiladi.
Urug‘lik kanop 50% o‘simlik sarg‘ayganda 1-10 sentyabrgacha o‘riladi. O‘rilgan poyalar 1-4 kun davomida so‘litiladi, keyin bog‘lab, taxlab qo‘yiladi. qurigan poyalar maxsus o‘ziyurar kombaynlarda yanchib olinadi.