Nazorat savollari 1.Zig‘ir va kunjit o‘simliklarini xalq xo‘jaligida qanday ahamiyati bor?
2.Zig‘ir va kunjit o‘simliklarini tashqi omillarga qanday ta’siri bor?
3.Zig‘ir va kunjit o‘simliklarini qanday turlari bor?
4. Zig‘ir va kunjit o‘simliklarini moyi va urug‘idan nimalar olinadi?
6.5. YER YONG‘OQ YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI
Ye r yong‘oq xitoy yong‘oq (Arachis) - dukkakdoshlar (dukkakgullilar oilasi) ga mansub bir yillik o‘simlik. Poyasi (25-75 sm) shoxlanuvchan, yon shoxlari yer bag‘irlab usadi. Bargi juft patsimon. Guli mayda, sariq yoki zarg‘aldoq Ochiq va yopiq (tuproq ichida) gullaydigan turlari bor. Guli changlangandan keyin tuproqga kirib, meva - dukkakka aylanadi (23-Rasm). Mevasi (dukkagi) pilla shaklida, 1-7 tagacha ypyg‘i bo‘ladi. Urug‘i yirik, oq, pushti yoki och qizil. Yer yong‘oq Janubiy Amerika, Osiyo va oddiy kenja turlarga buliiadi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan tumanlarida oddiy kenja turi eqiladi. Yer yong‘oq 16- asrda Janubiy Amerikadan Osiyoga, so‘ng Yevropaga (Xitoydan), 18-asrda esa Rossiyaga keltirilgan. Yer yong‘oq urug‘ida qotmaydigan yog‘ (42%), oqsil (22% gacha), uglevodlar (13% cha) bor, yog‘i konserva, margarin hamda sovun tayyorlashda, urug‘i va kunjarasi qandalotchilikda ishlatiladi. Palagi chorvachilikda to‘yimli ozuqa hisoblanadi. O‘zbekistonda Yer yong‘oqning Perzuvan 46/2, Toshkent-112, Toshkent-32, Krasnodar-1708 navlari eqiladi.
Agrotexnikasi chopiq qilinadigai ekinlarnikiga uxshash. Fosforli va azotli o‘g‘itlarga talabchan. Urug‘i yoki dukkagi kvadrat-uyalab (70X70 sm) yoki qatorlab har uyaga 7-8, yoki 4-5 tadan 6-10 sm chuqurlikka eqiladi. Gektariga urug‘idan 50-90 kg, dukkagidan 65-115 kg sarflanadi.
Usish davrida qator oralari kultivasiya qilinadi, chopiladi, 8 martagacha sug‘oriladi. Maysasi unib chiqishdai oldin begona o‘tlarga qarshi gerbisid (atrazin, monuron, 2,4-D, prometrin) sepiladi. Urug‘ granozan yoki gamma-izomerli TMTD bilan, maysasi oltingugurt bilan (o‘rgimchakkanaga qarshi) dorilanadi. Sug‘oriladigan yerlarda gektariga 40 s gacha, sug‘orilmay-digan yerlarda 10-16 s hsil beradi.