O’rta Osiyo Ahamoniylar davlati tarkibida



Yüklə 7,28 Kb.
tarix03.12.2023
ölçüsü7,28 Kb.
#171903
O’rta Osiyo Ahamoniylar davlati tarkibida-genderi.org


O’rta Osiyo Ahamoniylar davlati tarkibida

O’rta Osiyo Ahamoniylar davlati tarkibida( mil.avv Vl-lV asrlar)


  • Reja:

  • 1.Siyosiy tarix

  • 2.Iqtisodiy va ijtimoiy tuzum

  • 3.Din

  • 1.Avvalo Ahamoniylar davlati tarixiga nazar soladigan bo’lsak mil.avv VI asr ikkinchi yarmi yani mil.avv 558-yilda Kir ll tomonidan asos solingan.Bazi bir manbalarda keltirlishicha,mil.avv 545-540 yillarda Kir ll O’rta Osiyoning janubiy hududlariga yurish qilganligini yozishadi.Lekin Gerodot ,Ktesiy,Ksenofont ,Yustin kabi tarixchilarning fikricha 545-539-yillarda Kir ll Sharqiy Eron va O’rta Osiyoga yurishlarni amalga oshirgan.Yani Kichik Osiyoga bo’lgan yurishlarini sarkardasi Garpagga topshirib o’zi O’rta Osiyoga yurishni amalga oshiradi.Kir ll massagetlar bilan bo’lgan jangga qadar Baqtriya ,Parfiya,Soģdiyona,Marģiyona kabi hududlarni bosib oladi.

  • Mil.avv 530-yil Kir ll massagetlar ustiga yurish qiladi.Bu haqida ba’zi manbalarda keltilishicha,Kir ll dastlab massagetlar malikasi Tómarisga turmush qurish taklifini beradi,ammo uning asl niyatini bilgan Tòmaris rad javobini beradi.Keyinchalik Amudaryoni kechib òtadi va hiyla ishlatib Sparangisni (To’marisning òģli)asirga oladi va òldiradi(bu haqida Gerodot takidlab òtgan).Hal qiluvchi jang massagetlar ģalabasi bilan tugaganligini takidlab òtgan Gerodot.

  • Òrta Osiyoda Doro l bir davrida (mil.avv522-486)qòzģolonlar bòladi.Doro l hukmronligining birinchi yilida qòzģolon kòtariladi.Bu qòzģolonga Frada ismli kishi boshchilik qiladi.Doro l Baqtriya hukmdori Dadarshishni qòzģolonni bostirishga jònatadi.Qòzģolonni bostirishda 55ming nafar inson òldiriladi va 7ming nafari qòlga olinadi.Bu haqida Behistun qoyatoshlarida yozib ketilgan.Marģiyonadagi asosiy voqealar quyi Murģob hududida bòlib òtgan.Mil.avv 519- yilda Doro l saklar ustiga yurish qilganligi haqida Behistun bitiklarida yozib òtgan.Yani saklar ustiga yurish qilgani ,ularni maģlub etgani va ularning boshliģi Skunxani òrniga boshqa odam tayinlaganini takidalgan.Lekin mil.avv ll asrda yashagan Poliyen Shiroq ismli sak chòponining fors askarlarinj aldab sahroga olib borgani va ularni yurishini muvaffaqiyatsiz tugaganini takidalagan.Doro l mamlakatni satrapliklarga ajratadi va Òrta Osiyo hududini 3ta satrapliklarga bòladi.Yani Gerodotning malumotlarga tayansak ,Baqtriya- 12,Saklar-15 ,Parfiya ,Soģd,Xorazm-16 bòlib keltirilgan .Lekin Behistun Baqtriya -16 Soģdiyona-17 tarzda yozilgan.Bu hududlarga òlpon solinib ular òlponni talant(30kg kumush )shuningdek chorva mollari,teri,sopol idishlar,zeb-u ziynat mollari bilan ham tòlashgan.Kserks davrida esa Òrta O siyo aholisini yunon-fors urushlarida qatnashtiradi.Sak,baqtriyalik.soģdiy va xorazmlik jangchilarning fors qòshinlari tarkibiga kiritilgani haqida takidlab òtiladi. Gerodotning takidalashicha yunon- fors urushlarida baqriyalik va sak askarlarijangning old qatorlarida qatnashganligi takidlab òtilgan.

  • 2.Òrta Osiyoning mil.avv Vl-IV- asrlardagi yani Ahamoniylar davridagi moddiy yodgorliklar anchagina hisoblanadi. Bular jumlasiga Marģiyonadagi Yoztepa,Yerqa’la Shimoliy Baqtriyadagi Kuchuktepa,Qiziltepa Qalaimir,Boytudasht Xorazm, Soģd , Farģona vohalaridagi Kòzaliqir,Yerqòrģon ,Uzunqir,Dingilja,Daratepa ,Afrosiyob kabi yodgorliklar misol bòla oladi.Bu davrga kelib òtroq dehqonchilik juda ham rivoj topgan.Buni Xorazmdagi mil.avv V-IV asrlarga tegishli suv inshootlari Marģiyona,Soģdiyona va Baqtriya hududidan topilgan suģorish kanallari qoldiqlari ham isbotlaydi.Bu davrga kelib hunarmandchilik ham rivojlanadi. Xorazm,Soģdiyona,Baqtriya hududlaridan topilgan ustaxonalar qoldiqlari ham buni isbotlaydi.Chorvachilik sohasida ham Òrta Osiyo hududi ancha rivoj topgan.Baqtriya ,Sòģdiyona,Xorazm hududlari òlponlarni ot va tuyalar bilan tòlagan.Bu hududlardan Ahamoniylar davlatiga juda kòp tabiiy boyliklar olib ketilgan.Bunga isbot sifatida esa DoUro l ning Suzadan topilgan yozuvlarida aytilishicha Suzadagi saroy qurilishidagi narsalar nig bazilari chet hududlardan olib kelingan.Misol uchun Uaka yoģochi-Ganxradan,oltin –Sard va Baqtriyadan ,lojuvard va yaltiroq toshlar –Soģdiyonadan,firuza-Xorazmdan keltirilgan.órta Osiyo satrapliklarga bòlingandan sòng ularni satrap boshqara boshlaydi. Uning asosiy vazifasi bu soliqlarni yiģish va satraplikni Idora ishlari bòyicha boshqarish bòlgan.Shuningdek qòshin yiģib berish va satraplikni tartibda saqlash ham uni bòynida bòlgan.U satraplikni tuman hokimlari yoki bòlmasa qishloq oqsoqollariga tayanib boshqargan. SatrapliklarNi nazorat qilish hukmdorni vaziflarini vaqtida yetkazish uchun ham aloqa xizmatlari tashkil etilgan.Shunigdek savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida turli savdo yòllari ham bunyod etilgan Ulardan biri bu “ Shoh yòli”hisoblanadi.Bu yòl Òrta yer dengizidan to Suzagacha (bazi manbalarda Persepol)borgan.Bu yòlning sharqiy tarmoģi Baqtriya va Soģdiyonadan òtgan.Bu esa savdo sotiq rivojlanishini taminlaydi.

  • 3.Bu davrga kelib Òrta Osiyoda turli din mavjud edi.Misol uchun kòchmanchilar olov va quyoshga siģinishgan.Ular olov ochiq joylarda qurbonliklar òtkazishgan.Ular uchun hayot manbayi olov hisoblangan,oluv xudosi Atar marhamatli xudo hisoblangan.Xorazm,Surxandaryo,Qashqadaryo hududlarida otashkadalar topib òrganilgan.Ahamoniylar davrida Ahuramazda yagona xudo deb tan olinadi.Ayniqsa Marģiyona Sòģd Xorazm Baqtriyada zardushtiylik marosimlari keng tarqaladi.Mil.avv Vl-lV asrlarda Navròz bayrami òtkazilib kelinadi dehqonlar orasidBu aslida tabiatning uyģonishi haqidagi marosim hisoblangan keyinchalik Marģiyona,Baqtriya kabi hududlarda bu marosim keng tarqaladi.Bunday kunda uyning 4 tomoniga òt yoqib Avestodan vazlar òqishgan.Bundan kòrinib turibdiki Ahaminiylar davrida zardushtiylik dini tasiri kuchaygan.

Foydalanilgan asarlar


  • Eshov,Odilov” O’zbekiston tarixi 1-jild”

  • A.Sagdullayev “O’zbekiston tarixi”


http://genderi.org
Yüklə 7,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin