«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə42/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Nazorat savollari
1. Moyli ekinlarni o‘m’umiy tavsivi qanday?
2. Moyli ekinlar qanday ustiriladi?
3. Moyli ekinlarni tarkibida yug‘ miqdori qanday?


6.2. KUNGABOQAR O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH JARAYONI

Kungaboqar (Helianthus annuus L.) murakkab guldoshlar (murakkab gullilar oilasi) ga mansub bir yillik o‘simlik, Ildiz sistemasi baquvvat. Poyasi tiq tukli, bo‘yi 4 m cha. Barglari yirik oddiy, yuraksimon, qattiq tuklar bilan qoplangan, uzun bandli. To‘pguli savatcha shaklida (20-Rasm). Savatcha markazidagi gullar naychasimon, ikki jinsli, chetdagilari qizg‘ish sariq, tilsimon mevasi pista, tarkibida 3847% moy bor. Vatani AQSh. 18asrda g‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan keltirilgan. Ekma kungaboqar to‘rt guruhga bo‘linadi: 

1) manzarali kungaboqar to‘pguli chiroyli, qatqat; 
2) qovirib chaqiladigan kungaboqar pistasi yirik mag‘zi po‘chog‘idan oson ajraladi; 
3) moy olinadigan kungaboqar pistasi mayda, bo‘yi qisqa, mag‘zi po‘chog‘iga yopishgan
4) silosbop kungaboqar serbarg, pistasi nisbatan mayda. O‘zbekistonda moyli o‘simlik sifatida o‘stiriladi, pista mag‘zidan oziqovqatga, texnika va medisinada ishlatiladigan moy olinadi, kunjarasi molga beriladi, poyasi kulidan potash tayyorlanadi, kungaboqar silos uchun ham eqiladi. Asalli o‘simliklar guruhiga kiradi. O‘zbekistonda kam o‘stiriladi. Bu o‘simlik savatchasi quyosh chiqqandan to botguncha oftobga burilib, harakatlanib turishi sababli kungaboqar deb atalgan.
Kungaboqar moyi kungaboqar mag‘zidan olinadigan moy. Presslab yoki erituvchilar (yengil benzin, dixloretan va boshqalar) bilan ekstraksiyalab olinadi. Sovunlanish soni 188194, yod soni 119134. Qotish tempraturasi 16°, to‘yingan yog‘ kislotalarning umumiy miqdori 612%, to‘yinmagan yog‘ kislotalariniki 90% gacha. Organizm uchun foydali, yaxshi hazm bo‘ladi. Sa­lat tayyorlash va oshpazlikda dog‘lamasdan ishlatish mumkin. Margarin ishlab chiqarishda, lak bo‘yoq sanoatida quriydigan yog‘larga qo‘shib ishlatiladi.
Nazorat savollari
1. Kungaboqarni xalq xo‘jaligida qahday ahamiyati bor?
2. Kungaboqar qanday tuzilishga ega?
3. Kungaboqar usimligi qanday sharoitda o’sadi?


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin