Тупроқшунослик асослари


Jar eroziyasining rivojlanish jadalligi darajasi quyidagi gradatsiya bilan belgilanadi (1 kv km maydondagi jarliklarning uzunligi km hisobida)



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə107/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Jar eroziyasining rivojlanish jadalligi darajasi quyidagi gradatsiya bilan belgilanadi (1 kv km maydondagi jarliklarning uzunligi km hisobida):

  • kuchsiz jarlanish – 0,25 kv km/km dan kam;

  • o’rtacha jarlanish – 0,25-0,50 kv km/km;

  • kuchli jarlanish – 0,50-0,75 kv km/km;

  • juda kuchli jarlanish – 0,7 kv km/km dan ko’p.




Irrigatsion eroziya deb, qiya yerlarda yetishtirilayotgan ekinlarni katta suv oqimi bilan sug’orish natijasida sug’orish suvi tezligining oshishi natijasida tuproq qatlamining yemirilib yuvilib ketishiga aytiladi. Eroziyaning bunday turi asosan sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarda uchraydi. Tuproqning irrigatsion eroziyasi ko’p hollarda nishab yerlarda ekinlarni ko’p suv oqizib sug’orish natijasida yuzaga keladi. Maydon nishabligi 2-30 bo’lganda tuproq yuzasini suv yuvib keta boshlaydi. Qiyalik ortib borishi bilan irrigatsion eroziya jarayoni yanada kuchayib boradi.
O’zbekiston tuproqshunos olimlarining ma’lumotlariga ko’ra (Hamdamov, TSoy, Boboxo’jaev, 1986), qiya maydonlarda bir marta egatlab sug’orilganda suv oqizib ketadigan tuproq gektariga 22-50 tonnaga, o’ta qiyaliklarda esa 690 tonnaga yetadi. Bir yilda har gektardan 100 tonna tuproqning yuvilib ketishi kuzatilgan, bu esa tuproqdan 100 kg/ga azot va 115 kg/ga fosfoрНing yuvilib ketishidir. Nishab yerlardagi tuproqlarni yuvilish tezligi tuproqning mexanik tarkibiga, donadorligiga, erozion turg’unligiga va boshqa xossalarga bog’liqdir. Irrigatsion eroziyaga uchragan tuproqlarda sug’orish ishlari alohida usulda bo’lishi zarur. Bu yerlarda kam miqdorda suv bilan tez-tez sug’orib turish uslubini qo’llash lozim (Tregubov, Averyanov, 1987).
SHamol eroziyasi umuman quruq iqlimli cho’l mintaqalarida, qachonki bahor va yoz oylarining havo harorati baland, havoning nisbiy namligi esa past bo’lgan sharoitlarda ro’y beradi. SHamol yer yuzasidan sekundiga 12-15 m/sek tezlik bilan esganda yuza qatlam to’zonga aylanib havoga ko’tariladi va tuproq shamol eroziyasiga uchraydi. Ayni hol yer unumdorligiga juda katta, ba’zan oldingi holatiga keltirib tuzatib bo’lmaydigan darajada zarar yetkazadi. CHunki dala tuprog’ining mayda zarrachali unumdor qismini shamol uchirib ketadi. Undagi ozuqa moddalar yo’qoladi. Bunday yerlarda ekinlarning hosili juda kamayib ketadi. Ayrim vaqtlarda kuchli shamollar sug’oriladigan yerlarga, aholi yashaydigan joylarga qumlarni uchirib kelib, qumli tepaliklar paydo bo’ladi, qishloq xo’jaligi va aholi uchun noqulayliklar keltiradi. Bulardan tashqari shamol eroziyasi bahor oylarida g’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari nihollarining barg, shohlarini, ayrim hollarda ildizi bilan uchirib ketadi. Buning oqibatida ekinlar bir necha marta qayta ekiladi, hosildorlik keskin kamayadi va paxta sifati yomonlashadi. SHamol eroziyasiga uchragan tuproqlarning unumdorligini tiklash uchun bir necha o’n yillar kerak bo’ladi (Mirzajonov, 1981).
Umuman olganda, bugungi kunga kelib O’zbekiston hududida tabiiy va antropogen omillar ta’sirida yemirilish, yuvilish va uchirib ketish jarayonlari natijasida yuzaga kelayotgan suv va shamol eroziyasi bartaraf etish bo’yicha bir qancha tadbirlar ishlab chiqilgan va ular asosida ijobiy natijalarga erishilmoqda.



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin