Тупроқшунослик асослари


ANALIZ NATIJALARINI HISOBLASH



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə177/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

ANALIZ NATIJALARINI HISOBLASH

Analiz natijasida olingan ma’lumotlar asosida boshlang’ich namunaning og’irligiga nisbatan zarrachalarning foiz miqdori quyidagicha hisoblab chiqiladi:


1.Elakda qolgan 1-0,25 mm o’lchamli zarralar miqdori ushbu formula asosida aniqlanadi:
A=
bu yerda: A-zarralarning miqdori, %;
a-o’lchami 1-0.25 mm li zarralarning og’irligi,g;
100-100 g tuproqqa nisbatan % ga hisoblash uchun koyeffisiyent;
gk-mutlaqo quruq tuproqqa qayta hisoblash uchun gigroskopiklik koyeffesiyenti;
P-analiz uchun olingan, havoda quritilgan tuproq namunasining og’irligi.
2.O’lchami 0,05 mm dan kichik zarralar (birinchi sinalg’ich namuna) miqdori quyidagi formula bilan hisoblab topiladi;

R1=


bu yerda: P1- birinchi sinalg’ich namuna zarralarining miqdori, %; b-birinchi namuna zarralarining og’irligi, g;
Vu-silindрНing hajmi;
25-bitta pipetkaning hajmi, ml;
H-analiz uchun olingan tuproq namunasining og’irligi.
Boshqa namunalardagi zarralarning prosent miqdori ham shu tarzda hisoblab chiqariladi.


Elakdagi yirik va o’rta qum (1- 0,25) A
Mayda qum (0,25-0,05 mm) 100- (A+P1)
Yirik chang (0,05-0,01 mm) P1-P2
O’rtacha chang (0,01-0,005 mm) P2-A3}
Mayda chang (0,005-0,001 mm) P3-P4
Loyqa (0,001 mm) -P4 IV namuna P4
Barcha fraksiyalarning prosent miqdori hisoblab topilgan ayrim elementlar miqdoridan aniqlanadi.Birinchi namuna olinganda pipetkaga 0,05 mm dan kichik barcha zarralar, shu jumladan, 0,05-0,01, 0,01-0,005, 0,005-0,001 mm li hamda 0,001 mmdan kichik zarralar ham so’rilgani uchun tinish davri o’sib borishi bilan har bir keyingi namuna o’zidan oldingi namunadan faqat maydaroq fraksiyani ajratib olish imkonini beradi. Masalan, ikkinchi namunani olganda biz 0,05 mm dan kichik zarralar tarkibiga kiruvchi 0,01mm dan kichik zarralarni pipetka bilan olamiz; 0,005 mmdan kichik zarralar esa (uchinchi sinalg’ich namuna) 0,01 mm dan kichik zarralar tarkibida (ikkinchi namuna) bo’ladi va hokazo.
Yirik chang miqdori necha foiz ekanini aniqlash uchun birinchi sinalg’ich namuna–P1 dan ikkincha sinalg’ich–P2 ni ayirish kerak: o’rtacha chang miqdorini aniqlash uchun P2 danP3ni ayirish, mayda chang miqdorini aniqlash uchun P3 dan P4 ni ayirish lozim, loyqa esa analizda qanday chaqqan bo’lsa, o’shanday yoziladi.
Mayda qum miqdorini aniqlash uchun (u analiz vaqtida aniqlanmaydi) 100 % dan A+P1 yig’indisini, ya’ni elakdagi fraksiyani va birinchi sinalg’ich namuna fraksiyasini ayirish zarur. Birinchi sinalg’ich namuna olinayotganda mayda qum fraksiyasi (0,25-0,05 mm) pipetka sathidan pastda qoldi, ya’ni silindрНing quyi qismiga o’tib ketdi.
Analiz natijalari asosida tekshirilayotgan tuproqning mexanik tarkibi N.A.Kachinskiy klassifikatsiyasi bo’yicha aniqlanadi.
Engil va o’rtacha qumoq (o’rtacha) tuproqlar agroishlab chiqarish nuqtai nazaridan eng yaxshi tuproqlar hisoblanadi.Ular struktura (donadorlik) hosil qilish xususiyatiga ega, yerga ishlov berish nisbatan oson,bunda tuproq strukturasi bo’laklariga yaxshi ajralib maydalanadi.Ular yuqori nam sig’imi va sug’orilgandan so’ng suvni ko’proq ushlab qolishi bilan ajralib turadi: biroq bunda tuproqdagi namlik eng kam nam sig’imiga mos bo’lganda ham g’ovaklarining 10-20 % qismi havo bilan band bo’ladi, ya’ni bu tuproqlarning aerasiya g’ovakligi qoniqarli va ular o’simliklar uchun zarur oziq moddalarga boydir.

8-jadval


Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin