Тупроқшунослик асослари


TUPROQ NAMUNALARI OLISH METODIKASI



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə191/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

TUPROQ NAMUNALARI OLISH METODIKASI


Tuproq namunalari tuproq profilining morfologik tavsifini oydinlashtirish hamda laboratoriya – amaliy mashg’ulotlarda talabalar bilan turli analizlar qilish uchun mo’ljallangan.
Namunalar pastki qatlamdan boshlab navbati bilan olinadi. CHuqur kavlab bo’lingan zahoti ona jinsdan yoki pastki qatlamdan belkurak bilan birinchi namuna olinadi. Tuproq profili ta’riflab bo’lingach, yuqoridagi qatlamlardan namunalar olinadi. yeng oxirida ustki qatlamdan namuna olinadi.
Ustki qatlamdan olingan namunaning og’irligi 300-400 g atrofida bo’lishi kerak, qolgan qatlamlardan 200 g dan namuna olish kifoya.
Namunalar olish texnikasi. Har bir qatlamning o’rta qismida taxminan 10 sm qalinlikdagi qatlam orasi belgilab qo’yiladi va undan old devorining butun eni bo’yicha pichoq bilan tuproq namunasi kesib olinadida qalin qog’oz varag’i ustiga qo’yiladi. CHirindili va haydalma qatlamlardan namuna qatlamning butun qalinligi bo’yicha olinadi. Agar chirindili qatlamning qalinligi 20 sm dan ziyod bo’lsa, u holda har 10 sm dan ikki-uch namuna olinadi.
Qog’oz yetiketkaga tuproq chuquri olingan viloyat, tuman, qishloq, maydonni, dala va chuqur nomerini, qatlamning qalinligini, namuna qanday chuqurlikdan olinganini qalam bilan yoziladi hamda sana va talabaning familiyasi ko’rsatilib, shu o’ralgan qog’oz namunaga o’rab qo’yiladi. Qog’ozga ham namuna olingan qatlam, uning chuqurligi, sanasi yoziladi.
Tuproq monoliti turli tumanlar tuproqlarining xususiyatlarini mukammalroq va har tomonlama o’rganishga imkon beradi.
M onolitlar olish. Monolit – 100 sm gacha chuqurdan (ba’zan esa bundan ham chuqurroqdan) tabiiy tuzilishini buzmagan holda tikkasiga kesib olingan tuproq namunasi hisoblanadi. Monolit olish uchun tashqi o’lchamlari 100 x 20 x 8 sm bo’lgan yog’och quti kerak bo’ladi. Qutining tubi va qopqog’i burama mixlar bilan mahkamlanadi, devorlarini esa mustahkam bo’lishi uchun temir qisqichlar bilan mahkamlagan ma’qul.
Monolit olish uchun chuqur 140-150 sm gacha chuqurlash-tiriladi, uning old devori yaxshilab tekislanadi. CHuqur devoriga qutining ichki o’lchamlariga mos hajmda tuproq ustuni kesib tushuriladi. Bu ustunga qutining ramasi kiydiriladi va unga qopqoqlardan biri burama mix bilan mahkamlanadi. Quti ichidagi tuproqning atrofi asta sekin kavlab tagigacha kesib tushuriladi va umumiy massadan ajratib olinadi. Monolit chuqurdan chiqarilgach ortiqcha tuproqni olib tashalanadi va qutining ustki chetlari bilan baravar qilinadi. Monolitga olingan tuproqning nomi, joyi yozilgan yetiketka qog’ozi qo’yiladi va qutining ikkinchi qopqoqi burama mix bilan mahkamlanadi.
Tuproqning morfologik belgilari aniqlanib, tuproqqa izox yozilganidan keyin, xar bir qatlamdan kvadrat shaklda namuna olinadi. Namuna olish joyi shu qatlam uchun taalluqli bo’lsin. Ikki kvadrat orasidan namuna olish yaramaydi. Namuna to’g’ri olinsagina natija to’g’ri chiqadi.
SHuning uchun namuna olishdan oldin chuquрНing devori yaxshilab tozalanadi, so’ngra namuna olish joylari belgilanadi. Tuproqning xar qaysi qatlamidan bittadan, tuproq qalin bo’lganda ikkitadan namuna olinadi. Tuproq namunasining eng ostki qatlamdan boshlab oliish kerak. Aks xolda, ya’ni yuqoridan olinsa ostki qatlamlarni ifloslab, namuna buzilishi mumkin. Namuna xaydalma qatlamdan 0 – 10 va 10 -20 sm oraliqda olinadi. Agar qatlamning qalinligi 15sm dan kam bo’lsa, u xolda namuna 2 – 3sm qalinlikda olinadi.
Namunaning og’irligi 300 -500g dan kam bo’lmasligi kerak. Agar tuproqning ostki qatlami chuqur bo’lsa yoki chuqur qazilgandan keyin ichiga suvga to’yingan botqoq tuproqlarda parma (maxsus namuna olish asbobi) bilan olinadi. Olingan namuna xo’l yoki nam bo’lsa, soya joyda quritiladi. Sizot suvlari bo’lsa, suvdan butilkada 0,5 l chamasi namuna olinadi. Olingan namunalarni yorliq bilan birga o’rab ustidan kanop bilan bog’lanadi. YOrliqqa kolxoz yoki sovxozning nomi, tuproq chuqurining nomeri, namuna olingan qatlam qalinligi, yil, oy, kun yoziladi va imzo qo’yiladi.
YOrliq oddiy qalam bilan yozilib, tuproq o’raladigan qog’ozning uchiga o’raladi va bog’lanadi. So’ngra ximiyaviy qalam bilan yorliqda yozilgan xamma ko’rsatkichlar qog’oz ustiga qayta yoziladi. Bu ish bilan bir qatorda dala daftariga olingan namuna chuqurlari yozib boriladi. SHu bilan bir vaqtda agroxim kartogramma tuzish uchun xam namuna olib boriladi. Bunday namuna aralash namuna deyiladi. Aniqlanmoqchi bo’lgan joylardagi tuproqlarning murakkabligiga qarab 1:10 000 masshtabli joy bo’lsa, xar 5 -10 gektaridan, agar 1:25 000 masshtabli joy bo’lsa, xar 5 -10 gektaridan namuna olinadi.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin