Tuproqning mexanik tarkibi Tuproqning namlik sig‘imini aniqlash Mikroblarning umumiy sonini aniqlash



Yüklə 48,51 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü48,51 Kb.
#206658
  1   2   3   4   5   6
Tuproqning fizik kimyoviy xossalarini aniqlash


Tuproqning fizik kimyoviy xossalarini aniqlash.
Reja:

  1. Tuproqning mexanik tarkibi

  2. Tuproqning namlik sig‘imini aniqlash

  3. Mikroblarning umumiy sonini aniqlash

Tuproqning sanitariya - gigiyena holati Chorvachilik fermalari uchun joy tanlash, ishlab chiqarish binolari qurish, yaylovlardan foydalanish, em xashak tayyorlashda katta ahamiyatga egA. Tuproqni sanitariya tomonidan baholashda fizik xossalarini aniqlash amaliyotda muhim hisoblanadi. Tuproqda kechadigan biokimyoviy va mikrobiologik jarayonlar uning tarkibiga hamda tipiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqni sanitariya tomondan baholash uchun tuproq namunasi maxsus asbob – burg‘u yoki toza zararsizlantirilgan belkurak yordamida olinadi. Tuproq namunasi havo quruq bo‘lgan kunlari tuproq yuzasidan hamda har 20, 40, 60, 80 100 sm chuqurliklardan olinadi. Olingan 1-2 kg tuproq namunasi toza Yaxshi yopiladigan shisha idish yoki xaltachaga joylanib yo‘llanma varaqasi bilan laboratoriyaga tekshirish uchun yuboriladi.
Tuproqning mexanik tarkibi deb qattiq jinslarning foizlarda bo‘lishiga aytiladi. Tuproq donachalari har xil kattalikda bo‘lib, mexanik analiz tufayli aniqlanadi, yirik qum 0,5 - 3 mm, o‘rtacha qum 0,3 - 0,5 mm mayda qum 0,3 mm dan kichik va loyqa 0,01 mm dan kichik bo‘lgan bo‘lakchadir.
Tuproqning mexanik tarkibini aniqlash uchun olingan tuproq namunasi maxsus elaklardan foydalaniladi. Bu elaklar 0,25, 1, 2, 3, 5, 7, 10 mm diametrda bo‘lib, bir - biriga kiritilgan bo‘ladi. 100 gr tuproq namunasi eng Yuqori dagi katta diametrli (10 mm) elakka solinib elanadi.
Mexanik tarkibiga qarab tuproq quyidagilarga bo‘linadi: toshli, shag‘alli, tog‘ayli, qumli (80 % dan ortig‘i qum va 10 % 0,01 mm dan kam bo‘lgan bo‘lakchalar, qumloq tuproqli 10 - 20 % i 0,01 mm dan kichik bo‘lakchalar, yengil qumoq tuproqli 20 - 30 % i 0,01 mm dan kichik bo‘lakchalar, o‘rtacha qumoq tuproqli - 30 – 45 % i 0,01 dan kichik bo‘lakchalar yengil va o‘rta loyqali - 60 – 80 % i 0,01 mm dan kichik bo‘lakchalar, og‘ir loyqali 80 % i dan ko‘pi 0,01 mm bo‘lakchalar, ohakli 20 % dan ko‘pi ohak, qoratuproqli 20 % i chirindi va boshqalar bo‘ladi.
Tuproqning fizik xossalarini sanitariya tomonidan baholashda organoleptik hamda laboratoriya usullaridan foydalaniladi. Organoleptik usulda tuproqning rangi, hidi aniqlansa, laboratoriya usulida tuproqning kapilyarligi, g‘ovakligi va nam shimuvchanligi aniqlanadi. Tuproq tarkibiga qarab qora, Coh kulrang, Coh sarg‘ish va boshqa ranglarda bo‘lishi mumkin. Bu tuproqdagi organik moddalarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Toza ifloslanmagan tuproqda hid bo‘lmaydi. Tuproq go‘ng, siydik, oqova suvlar, chiqindilar bilan ifloslansa yoqimsiz hidlar paydo bo‘ladi.

Yüklə 48,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin