Tuproqning namlik sig‘imini aniqlash Pastki qismi to‘rli silindrga 100 g quruq tuproq solinadi. Silindr tuproq bilan birga og‘irligi o‘lchanib, pastki uchi tuproqning Yuqori qismida suv paydo bo‘lguncha suvga tiqib qo‘yiladi. So‘ngra silindr suvdan chiqarib olinib ortiqcha suvi oqib ketguncha ushlab turiladi va og‘irligi qaytadan o‘lchanadi. Keyingi va avvalgi og‘irliklar orasidagi farqiga qarab, tuproqning namlik sig‘imi foizlarda (%) hisoblanadi.
Misol: Silindrning tuproq bilan birgalikdagi og‘irligi 150 g, ikkinchi og‘irligi 170 g. Silindrning og‘irligi 50 g. Og‘irliklar orasidagi farq 20 g. Demak tuproqning namlik sig‘imi 20 % ekan.
Topshiriq № 1 Tuproqni fizik xossalarini aniqlang.
O‘tkazilgan tajribalar natijasi
Tuproq
turi
Namlik
sig‘imi, %
Suv
utkazuvchanligi
Kapilyarligi,
sm/min
G‘ovakligi,
%
Me’yori
Qumli
Qora
Bo‘z
Tuproq qattiq mineral va organik zarrachalar, tuproq yeritmasi va havodan tashkil topgan. Tuproqda minyeral moddalar 90 - 99 % ni, organik moddalar esa 1 - 10 % ni tashkil etadi. Tuproqning minyeral qismlari qum, ohak, loy, balchiq va tog‘ jinslaridan iborat. Ba’zi bir tuproqlarda kalsiy bikarbonat (ohakli shpat, magnezit), oltingugurtli kalsiy (gips), fosforli kalsiy (apatit) va oson yeriydigan sulfatlar, kalsiy xlorid, magniy va natriy ko‘p bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi kimyoviy birikmalardan eng ko‘p SO bo‘lib, undan keyin alyuminiy, temir, kaliy, xlor va boshqalar bo‘ladi. Tuproqda karbonatlar ko‘p bo‘lsa, kalsiy va magniy oksidlari, sho‘r tuproqda esa KC1, NaCl lar ko‘p bo‘ladi. Tuproq tarkibida kam miqdorda mikroelementlardan kobalt, mis, marganets, bor, yod, ftor, brom, selen, molibden, rux, litiy, bariy va boshqalar uchraydi. Tuproqning organik tarkibi chirindilardan iborat. Chirindilar organik qoldiqlarning chirishi va mikroorganizmlarning ta’siri tufayli sintez jarayonlari natijasida hosil bo‘ladi. Organik moddalarga organik qoldiqlar va chirishning boshlanish davrida hosil bo‘lgan moddalar kiradi. Hamma organik moddalar va chirindilar tuproqning ustki qatlamida bo‘ladi. Chirindilar qalinligi bir necha santimetrdan 1,5 metrgacha yoki tuproq qismlariga nisbatan foizning o‘ndan biridan 15-18 %gacha bo‘ladi.
Tuproqda minyeral moddalarning ko‘p yoki oz bo‘lishi o‘simliklar orqali hayvonlarning sog‘ligiga va mahsuldorligiga ta’sir qiladi. Minyeral elementlarga kambag‘al tuproqlarda o‘simliklarning hosildorligi past bo‘lib, to‘yimli moddalar kam bo‘ladi. Bu hatto Shu zonadagi suvning tarkibiga ta’sir etadi. Tuproqda kalsiy va fosfor tuzlari yetishmasa Shu elementlar o‘simliklarda ham yetishmaydi. Oqibatda hayvonlar organizmida minyeral moddalar almashishi buziladi. Suyak kasalliklari ko‘payadi, chorva hayvonlarining nasldorlik xususiyati pasayib, mahsuldorligi kamayadi.
Tuproqni sanitariya tomonidan baholashda kimyoviy xossalarini aniqlash amaliyotda muhim ahamiyatga egA. Tuproqning kimyoviy xossalarini aniqlashda laboratoriya usullaridan foydalaniladi.
Sanitariya jihatidan kimyoviy analiz qilish uchun tuproq namunalari Yaxshilab yuvilib, distillangan suv bilan chayqab keyin quritilgan, ishqalab bekitiladigan tiqinli shisha idishlarga 1 - 2 kg namuna olinadi. Namuna tuproq yuzasidan va turli chuqurliklardan (2, 25, 50, 100 sm chukurlikdan) olinadi.
Buning uchun kichik belkurak bilan 80 x 170 santimetrli chuqur kavlanadi. Namunalar chuqur devorining o‘rta chizig‘i bo‘ylab olinadi.