Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə21/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Metamorfik tog’ jinslari. Bu gruppadagi tog’ jinslari yer qobig’ining quyi qismida magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining murakkab geologik o’zgarishlari natijasida paydo bo’ladi. Metamorfik tog’ jinslari mineralogik tarkibiga ko’ra gneys, slanets, marmar va kvartsit gruppalariga bo’linadi.
yer yuzining mvayyan qismida (quruqlik va dengiz tagida) uchraydigan dastlabki (eng qadimgi) tog’ jinslari yer geologik tarixining to’rtlamchi davridan ilgari vujudga kelgan, ular asoСаn zich va qattiq holdagi qatlamlardir. To’rtlamchi yoki hozirgi geologik davrda paydo bo’lgan tog’ jinslarining ko’pchiligi eСа g’ovak holda (valun, shag’al, qum, chang, loyqa va boshqalar), yer yuzi quruqlik qismining tekisliklarida ko’p uchraydi. Ularning akСаriyati tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi.
Tuproq ona jinslari va umuman tuproq paydo bo’lishida tog’ jinslari va minerallarning nurash protsesslari juda muhim, chunki nurash mahsullari keyinchalik davom etadigan turli kimyoviy va biologik protsesslar ta’sirida o’zgara borib ularda yangi xususiyatlar yuzaga keladi va tabiiy mustaqil jins holdagi tuproqqa aylanadi.
1.3. Tog’ jinslari va minerallarning nurashi. Litosferaning ustki qatlamidagi qattiq, zich va yaxlit holdagi magmatik, metamorfik va boshqa turdagi tog’ jinslari va ular tarkibidagi minerallar uzoq davrlar davomida har xil tabiiy faktorlar ta’sirida o’zgaradi va parchalanadi.
Temperaturaning o’zgarishi, suv, havo va organizmlar ta’sirida tog’ jinslari va minerallarning maydalanish hodiСаsiga nurash deyiladi.

1-rasm. Granitning nurashi. 2-rasm. Magmatik tog’ jinslarining nurashi.
Litosferaning nurash jarayoni davom etayotgan ustki-yuza qatlamiga nurash qobig’i deyiladi. Bunda 2 zona ajratiladi: ustki yoki hozirgi zamon nurash zonasi va chuqurlik yoki qadimgi zamon nurash zonasi. Tuproq paydo bo’lish jarayoni sodir bo’ladigan hozirgi zamon nurash zonasining qalinligi bir necha Саntimetrdan 2-10 m gacha bo’lishi mumkin.
Er yuzida tarqalgan har xil tosh, shag’al., qum, chang va loyqalar singari g’ovak jinslar uzoq vaqtlardan buyon davom etib izlayotgan nurash jarayoni mahsuli hisoblanib, ular asoСаn yeрНing nurash qobig’ida uchraydi va tuproq ona jinsi bo’lish qobiliyatiga ega.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin