qatnashchilarga mavzuga oid bo’lgan yakuniy xulosa yoki g’oya taklif etiladi;
har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog’ozlarni tarqatiladi:
ishtirokchilarning munosabatlari individval yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o’zlashtirilishiga asos bo’ladi.
Namuna. Fikr: “Tuproqlarni organik moddalar bilan boyitish tuproq unumdorligini oshirishdagi asosiy omillardan biridir”. Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.
“Assesment” metodi
Metodning maqsadi: mazkur metod ta’lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, o’zlashtirish ko’rsatkichi va amaliy ko’nikmalarini tekshirishga yo’naltirilgan. Mazkur texnika orqali ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo’nalishlar (test, amaliy ko’nikmalar, mvammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo’yicha tashhis qilinadi va baholanadi.
Metodni amalga oshirish tartibi: “Assesment” lardan ma’ruza mashg’ulotlarida talabalarning yoki qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o’rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg’ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o’zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o’z-o’zini baholash maqsadida individval shaklda foydalanish tavsiya etiladi. SHuningdek, o’qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o’quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo’shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.
Namuna.Har bir katakdagi to’g’ri javob 5 ball yoki 1-5 balgacha baholanishi mumkin.
Namuna. 1Formulalarni moslang
Xromad angidrid A. FeSO4(NH4)2SO4xH2O
Mor tuzi V. Srk:Sfk
Uglurod S. SrO3
Gumus kislotalari D. S
Tuproqlar organik qismining tarkibi nisbatini moslang.
Gumus A. 10%
O’simlik qoldiqlari V. 5%
Tuproq florasi va faunasi S. 85%
3.Xarita termini grekcha .......................... so’zidan olingan bo’lib, xat yozish uchun ishlatiladigan papirus qog’ozining bir varag’i degan ma’noni anglatadi.
.......................... matematik yo’l bilan tuzilgan, obrazli belgilar vositasida yer yuzasining tekislikdagi umumlashtirilgan tasviri bo’lib, tabiat va jamiyatda bo’ladigan har xil voqea va xodisalarning tarqalishini, holatini va bir-biriga bog’liqligini ko’rsatuvchi, hamda maqsadga muvofiq qilib tuzilgan tasvirga aytiladi.
Tuproq zarralarining foizdagi nisbiy miqdori tuproqning .............................. deyiladi.
. … - tuproqning sifatini qanchalik tez yaxshilasa shunchalik tez yomonlashtiradi. gap qaysi omil xaqida ketayapdi?
Tuproq tarkibida ………………….. ko’p bo’lsa tuproq qizg’ish rangda bo’ladi?
Quruq tuproqdagi gigroskopik suv va gigroskopik namlik koeffitsiyenti qaysi