Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim metodi. Bu metod ma’ruza darslari uchun qulay. O’qituvchi mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar va iboralar ro’yxatini texnik vosita yordamida talabalarga taqdim etadi. Talabalar o’zlari biladigan va bilmaydigan tushunchalar va iboralar bilan namunadagi jadvalni to’ldiradilar:
Ro’yhatga kirmagan, biroq dars jarayonida yangidan paydo bo’lgan talaba uchun notanish tushuncha va iboralar ham jadvalning ikkinchi ustuniga qo’shimcha ravishda qayd etilib boriladi.
Talabaning asosiy diqqat e’tibori jadvalning ikkinchi ustunidagi bilimlarni egallashga qaratiladi. Talaba darsni diqqat bilan tinglab jadvalning ikkinchi ustunidagi tushuncha va iboralarni bilib va yozib oladi hamda o’zlashtirgan savol to’g’risidagi uchinchi ustunga «+» belgi qo’yadi, boshqalari bo’sh turadi. Agar dars jarayonida ikkinchi ustundagi ayrim tushuncha va iboralar o’rganilmasdan qolib ketsa, ular o’qituvchidan so’rab yoki mustaqil ravishda o’rganib olinadi.
Bu usul talabada bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha o’z-o’zini nazorat qilish, darsdayoq tegishli ma’lumotlarni egallab olishga intilish, axborot resurslari ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi.
“Qanday?” diagrammasi. Quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bo’ysunuvchi “Qanday?” diagrammasi. Muammo to’g’risida umumiy tasavvurlarni olish imkonini beruvchi, mantiqiy savollar zanjiri. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
-Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o’zlarining chizmalarini to’ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar
-Diagrammani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda diagrammani tuzadilar
-Ish natijalarining taqdimoti
Venn diagrammasi texnologiyasi.Bu metoddan o’rganilgan, bir-biriga bog’liq tushunchalarni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Undan foydalanish bosqichlari:
-talabalar ikki guruhga bo’linadi;
-plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qo’yiladi;
-har bir to’g’ri fikrga qo’yiladigan ball oldindan kelishib olinadi;
-qo’yilgan topshiriq bo’yicha guruhlarning har qanday to’g’ri yoki noto’g’ri fikrlari bir talaba tomonidan ikki xil rangdagi flamasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib boriladi;
-kichik guruh ichidan biror talaba sheriklarining ismi-shariflari to’g’risiga ular aytgan fikrlarni qayd qilib boradi;
-fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach o’qituvchi va talabalar hamkorligida to’g’ri va noto’g’ri javoblar aniqlanadi; -to’g’ri javobga uch ball qo’yiladigan bo’lsa, har bir noto’g’ri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi; -eng ko’p ball to’plagan guruh g’olib hisoblanib ular rag’batlantiriladi;
-bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning noto’g’rilari o’chirib chiqiladi va natijalar e’tiborga olingan holda talabalarga tabaqalashtirilgan ball qo’yiladi. “Venn diagrammasi” 2 tushunchani o’ziga xos va ikkalasi uchun “umumiy bo’lgan” xislatlarni ajratib idrok etishga mo’ljallangan va talabalarni fikrlash qobiliyatini faol rivojlantiruvchi usuldir.
Masalan: Mineral o’g’itlarni alohida, organik o’g’itlarni alohida va ularning birgalikda qo’llanilishi natijasida tuproq unumdorligiga va hosildorlikka qanday ta’sir etadi degan savoli beriladi.