23-mavzu: Agrokimyoning ekologik muommolari Atrof – muxitni kimyoviy moddolar, xususan o’g’itlar bilan ifloslanishi. ekinlar xosildorligini oshirish va atrof muxitni sog’lomlashtirishni agrokimyoviy asoslari. Atrof muxitni o’g’itlar va bo’shqa kimyoviy moddolar bilan ifloslanishining oldini olish yo’llari.
II. FANNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI “Insoniyat hayotidagi har qanday xato va adashishlarning asosiy sababi ilmiy bilimning yo’qligi yoki yetishmasligidadir” Suqrot. Hozirgi kundagi eng dolzarb masala va vazifa ta’lim standartlarini o’quv jarayoniga tadbiq etishdan iboratdir. Ta’lim mazmunini isloh qilib, u jahon ta’lim sandartlariga muvofiqlashtirishda ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor berilgan. Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “O’quv jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” zarurligi ham alohida ko’rsatib o’tilgan.
Agar bu vazifa amalga oshirilmas ekan, ta’lim – tarbiya sohasida sifat va samaradorlikka erishish, o’quv jarayonini takomillashtirish masalalari hal qilinmay qoladi.
YAngi pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga tadbiq etish uchun uning ilmiy-amaliy mexanizmini yaratish zarur. Pedagogik texnologiya hozirda barcha pedagogik kasblar hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog’liq kasblarning asosini tashkil qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan barcha pedagoglar xabardor bo’lishlari zarur.
SHu bilan bir qatorda oliy ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo’llanishi fanni o’zlashtirish samaradorligini sifat jihatidan yuqori pog’onaga ko’tarish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Ayni vaqtda mamlakatimizda axborotlashtirish sohasida sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlar (kompyuterlashtirish, lokal va inteрНet tarmoqlari orqali axborot almashinuvining kengayishi va rivojlanishi) ta’lim tizimining eng muhim bo’g’ini bo’lgan ta’lim (dars) jarayoni oldiga yangi muammolarni qo’ymoqda. CHunki shu vaqtgacha an’anaviy ta’lim berish jarayonida talabalarni faqat tayyor bilimlarni o’zlashtirishga o’rgatilgan bo’lsa, innovatsion jarayonlar va zamonaviy axborot texnologiyalari talabalarni fan yuzasidan egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga, xulosalarni ham o’zlari chiqarishlariga o’rgatadi.
Keys‑stadi (inglizcha sase - to’plam, aniq vaziyat, stadi -ta’lim) keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubidir.
Keys-stadi - ta’lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida bashorat qilinadigan o’quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo’lgan ta’lim texnologiyasidir. Keysda tavsiflangan aniq vaziyat o’rganishni voqelikka bog’lab qo’yadi: sizga muammoni hal etish bo’yicha vaziyatni tahlil qilish, tahminlarni shakllantirish, muammolarni aniqlash, qo’shimcha ma’lumotni yig’ish, tahminlarni aniqlashtirish va aniq qadamlarni loyihalashtirish imkonini beradi.
O’quv uslubi sifatida quyidagilarni ta’minlaydi:
o’rganilgan o’quv mavzu, kursi bo’yicha (nazariy ta’limdan so’ng) bilimlarni mustahkamlashni;
muammolarni tahlil qilish va qarorlarni yakka tartibda va guruhli qabul qilish ko’nikmalarini egallashni;
ijodiy va o’rganish qobiliyatlar, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishni;
yangilikka, qarorlarni mustaqil qabul qilishga tayyorgarlikni;
mas’uldorlik, mustaqillik, kommunikativlik va empatiya, refleksiyaning shakllanishini; o’quv ma’lumotlarini o’zlashtirish sifatini o’z tekshirishini (o’quv dasturi yakunida).
Muammoni ifodalanishi
1. Muammo qandaydir harakatlar qilish uchun etilgan zarurat bilan uni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yetishmasligi o’rtasidagi ziddiyatni belgilaydi.
2. Muammoni asosiy tarkibiy qismlari (muammo osti muammolar)ni ajratadi.
Keysning dasturiy kartasi keys uchun axborot yig’ish va vaziyatni bayon qilish uchun asos bo’ladigan asosiy masalalar (tezislar)ning tuzilmalangan ro’yxatidan iborat bo’ladi.
Pedagogik annotatsiya
Quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
1. Keys mo’ljallangan predmet, bo’lim, mavzu, ta’lim darajasi, kurs ko’rsatiladi.
2. Keysdan ko’zlangan maqsad (ta’limiy maqsad, rejalashtiriladigan o’quv natijalari).
3. Talabalar keysni muvaffaqiyatli hal etish uchun egallashi lozim bo’lgan dastlabki bilim va malakalar.
4. Keys real institutsional tizim faoliyatini aks ettirishi yoki unda keysolog sun’iy modellashtirgan vaziyat bayon qilinishi haqidagi ma’lumot.
5. Axborot olish manbalari ro’yxati
6. Keysning o’ziga xos belgilariga ko’ra tavsifnomasi (syujet, keys ob’ekti mavjudligi, materialni taqdim etish usuli, hajmi, tuzilmaviy o’ziga xos xususiyatlari, o’quv topshirig’ini taqdim etish usuli, chizmalashtirish usuli).
7. Keysdan ko’zlangan maqsad va tegishlicha, tashkiliy-uslubiy ta’minoti o’zgarganida u qo’llanilishi mumkin bo’lgan o’quv predmetlari ro’yxati.
Keys-ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan, aniq muammoli vaziyatning tafsilotidir. Keys usuli ishlab chiqarish masalalarini mashg’ulotlarda tahlil qilish va hal qilish usuli, unda ishtirokchilarga haqiqiy hayotiy vaziyat bo’yicha fikr yuritish taklif qilinib, bu vaziyat bayonida nafaqat amaliy masala ifodalanib qolmasdan, undagi muammoni yechish jarayonida o’zlashtirilishi zarur bo’lgan o’quv materiali ham ifodalanadi.
Muammolarni oldini olish yo’llarini ishlab chiqish “Keys stadi”ga asoslangan o’qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o’rganilgan o’quv mavzusi bo’yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va uning yechimini yakka tartibda yoki guruhlarda yecha olish ko’nikmalarini egallashga, ijodiy va o’rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o’z-o’zini nazorat qilishga yordam beradi.
Keyslarni hal qilishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: asosiy muammoni va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, asosiy va ikkinchi darajali omillarni ajratish, muammoni hal qilishning muqobil yechimini ham ko’rib chiqish, eng maqbul qaror qabul qilish. Keyslarni hal qilishda yozma usulda tahlil qilish unda bayon etilgan muammoni yanada chuqurroq anglashga yordam beradi, yoxud yozma nutq ham Xalqaro RWCT dasturida mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatni rivojlantirishning eng samarali usullaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar va amaliy kuzatishlar pedagogika, o’qitish metodikasi va pedagogik mahorat asoslari fanlari mashg’ulotlarida bu kabi keyslarni yechish, ta’lim oluvchilarning faolligini oshiribgina qolmasdan, balki, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi hamda ularni bo’lajak mustaqil pedagogik faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi
Mutaxassislik fanlarini o’qitishda keys stadi metodidan foydalanish, talabalarni fikrlashga, muammolarni hal etish ko’nikmalarini xosil qilishga, kashfiyotlarga intilish, hamkorlik va sheriklik sifatlarini shakllantirishga, o’qituvchi tomonidan berilgan vazifalarni hal etish rejasini tuzishga va eng asosiysi talabalar oldiga qo’yilayotgan muammoni hal qilishga, uni mustaqil muxokama qilishga qodir qilib ta’lim va tarbiya berish imkoniyatini yaratadi.
Mutaxassislik fanlarini o’qitishda keys stadi texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati juda kattadir. Bunda talabalarni mustaqil ishlarning turli shakllarini bajarish jarayonida keys bo’yicha aniq turdagi biotexnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonidagi muammoli vaziyatlarga tegishli bo’lgan topshiriqlarni berish talabalarni maxsus fanlardan egallagan bilimlarini chuqurlashtirishga va mustahkamlashga, mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasining barcha qirralarini har tomonlama chuqur o’zlashtirib olishga, ishlab chiqarish sharoitida yuzaga keladigan amaliy – muammoli masalalarni hal qilish va hayotiy vaziyatlarni yecha olish ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Zamonaviy pedagogikada o’qitishning bir qancha interfaol texnologiyalari mavjud bo’lib, ulardan foydalanishda bevosita fan xususiyatlari, auditoriya tarkibi va salmog’i hisobga olinadi, muayyan o’qitish jarayonida qo’llaniladi.