Klasterlar tuzish. Bu pedagogik strategiya bo’lib, talabalarning u yoki bu mavzu bo’yicha erkin va bemalol o’ylashga yordam beradi. U faqat g’oyalar orasidagi bog’lanishlarni fikrlashni ta’minlash imkoniyatini beradigan tuzilmani aniqlab olishini talab qiladi. U fikrlashning oddiy shakli emas, balki miya faoliyati bilan miya bog’lanadi.
Klasterlarga bo’lishda axborotlarni chorlash bosqichida ham, fikrlash bosqichida ham foydalaniladi. U muayyan mavzu sinchiklab o’rganilguncha fikrlash faoliyatini ta’minlashda foydalanilishi mumkin. Klasterga bo’lish o’quvchilarning tasavvurlarini yangi bog’lanishlari yoki ularning grafik ifodalari ko’rinishlarini ta’minlovchi sifatida ham o’tganliklarini yakunlash vositasi sifatida qo’llanishi mumkin. Bu o’z bilimlariga, muayyan mavzu to’g’risida tasavvurga va uni tushinishga yo’l ochadigan nazariyadagi strategiyadir.
Klasterlarga bo’lish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
Hushingizga kelgan barcha fikrlarni yozib olish. Bu fikrlarni muhokama qilmang, shunchaki yozib olavering.
Xatni (matnni) kechiktiradigan imlo va boshqa omillarga ham parvo qilmang.
Sizga berilgan vaqt nihoyasiga yetmagunga qadar yozishdan to’xtamang. Miyangizga fikr kelishi to’xtab qolsa, toki yangi fikrlar kelgunga qadar qog’ozda nimanidir chizib o’tiring.
Imkoni boricha, bog’lanish mumkin bo’lgan g’oyalarni chizib chiqing, g’oyalarning oqimi sifatida va ular orasidagi aloqalarni chegaralab qo’ymang.
Klasterlarga ajratish, Stilning ta’biricha, bu juda moslashuvchan strategiyadir. Uni individual tarzda xam guruhda ham qo’llash mumkin. Guruh faoliyatida u guruh g’oyalarini tirgovichi sifatida xizmat qiladi. Bu esa o’quvchilarni har bir amalda bo’lgan bog’lanishlarga, aloqalarga yaqinlashtiradi.
T – jadval.Ma’lumotlarni solishtirish yoki ikki tomonini (ha/yo’q) ko’rsatish uchun qo’llaniladigan chizmali organayzer. Bu: tanqidiy tafakkuрНi ri-vojlantiruvchi; ko’proq yakuniy ma’ruzada qo’llaniladigan taqqoslash jadvalidir.
T-sxemani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Individual holda T-sxemani ishlab chiqadilar.
Ajratilgan vaqt ichida yakka holda yoki juftlikda sxemani to’ldiradilar: bir tomonida tarafdorlik sabablarini, ikkinchi tomonda qarshilik sabablarini yozadilar.
Jadvallar juftlikda / guruhlarda to’ldi-rilishi, solishtirilishi mumkin.
Barcha o’quv guruhi yagona T – tuzadi.
Masalan:
Azotli o’g’itlar qo’llashni o’simlik rivojlanishiga ta’siri.
Afzalliklari
Kamchiliklari
O’simliklarning o’sib rivojlanishida azotli o’g’itlarning axamiyati nixoyatda katta bo’lib, yuqori hosil olishda asosiy vazifalarni bajaradi.
Azot o’simliklarning organik birikmalar qatoriga kirib, oqsil sintezida asosiy vazifa bajaradi.
Azotli o’g’itlardan ortiqcha foydalanish natijasida o’simlik to’qimalarida ortiqcha azotning to’planishi yuzaga keladi, natijada uni saqlashda solbiy oqibatlarga ham olib keladi.
YUqorida ko’rsatilgan interfaol o’qitish metodlarini modulli o’qitish tizimida qo’llash juda qulaydir.
“SWOT-tahlil” metodi.