Berilgan keysning maqsadi: tinglovchilarda tuproqni erroziyadan muxofaza qilishni o’rganish va olingan natijalardan amalda foydalanish, asosiy tuproq tiplarining unumdorligini oshirish va yer maydonlaridan oqilona foydalangan xolda qishloq xo’jaligi ekinlaridan mo’l hosil olish imkonini yaratish bilimlarini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: - o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlarini mustaxkamlash;
- mvammoning fanda qabul qilingan yechimning individval va guruxiy tahlilda bilim va
ko’nikmalarni qayta topshirish;
- mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
- mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash;
- o’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish.
Keysni muvaffaqiyatli bajarish uchun tinglovchilar quyidagi bilimlarni bajarishi lozim: tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari;
tuproqlarning hosil bo’lish jarayonlari;
tuproqlarning morfologik belgilari;
tuproqning mexanik va kimyo tarkibi;
tuproqning unumdorlik turlari;
tuproqlarning ekologik xolati;
tuproq eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillar.
Mazkur keys institutsional tizimning real faoliyati asosida ishlab chiqilgan. Keysda ishlatiladigan ma’lumotlar manbai: “Ergeodezkadastr” qo’mitasi “Tuproq bonitirovkasi” sho’’basi, 2013 yil 1yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan faoliyati uchun tayyorlangan auditorlik hisobot. H.Blanco., R.Lal. Principles of soil cjnservation and management/ 2008. Springer.
Keysning tipologik xususiyatlariga ko’ra tafsiloti:mazkur keys auditorlik keys toifasiga kirib, mustaqil auditoriyadan tashqari bajariladigan ish uchun mo’ljallangan. Ushbu keys institut ma’lumotlari va dalillari asosida ishlab chiqilgan. U tuzilmaviy kichi xajmdagi keys hisoblanadi.
Suv eroziyasi va unga qarshi kurash choralari (1-vaziyat) Kuchli suv oqimi ta’siridagi yemirilish, yuvilishga suv eroziyasi deyiladi.
Suv eroziyasini rivojiga yerlarni relefiga va suv oqimiga bog’liq. Bizning ma’lumotlarimizga ko’ra tuproqni yemirilish yuvilishini boshlanishi yeрНing qiyaligi 1-20 dan oshganda boshlanadi.
Arid mintaqada xududlarining tabiiy sharoitlari uyg’unlashuvi – yer yuzasidagi katta nishabliklar, tuproqning va tuproq hosil qiluvchi sariq tuproq jinslarining eroziyaga qarshi tura olmasligi ayniqsa baxor davrida, jala-yomg’irlar yog’adigan paytda eroziya hosil bo’lishining jiddiy xavf-xatarini vujudga keltiradi. SHunday yomg’irlarning katta qismi (100 mm dan ko’prog’i) dalalarga ishlov berilgan, tuproq yuzasi esa o’simliklar bilan biroz qoplangan mart-aprel oylariga to’g’ri keladi, shu paytda jala-yomg’irlar tuproq qatlamining tarikibini mexanik buzishga va eng unumdor bo’lgan yuqori qatlamini yuvib ketishga olib keladi. CHorva mollarni xaddan tashqari ko’p o’tlatib boqish chog’ida o’t-o’lanlar siyraklashib ketib, tuproq yuzasi zichlashishi sababli tabiiy eroziya 50 foiz va undan ham ko’proq yo’q qilganida yuza eroziyasining kuchayishi va so’ngra ko’pdan-ko’p taram-taram yemirilishlar hosil bo’lishi kuzatiladi.
Irrigatsiya eroziyasi natijasida tuproq yuvilishi har yili gektariga 100-150 tonnagacha va undan ham oshib ketishi mumkin (nishabligi 50 dan ko’proq bo’lgan qiyaliklarda gektariga 500 tonnaga qadar bo’ladi), ana shu tuproq bilan birga gumusning yillik nobudgarchiligi gektariga 500-800 kg, azot- gektriga 100-120 kg, fosfor 75-100 va undan ko’proq kilogramni tashkil etish mumkin. SHuni qayd etish kerakki, eroziya jarayonlari tuproqdagi ekosistemalar biomassasida foydalanilgan quyosh energiyasi miqdoriga ham ta’sir o’tkazadi. CHunonchi, Respublikaning bo’z tuproq yerlarida nishablikning xolati va tuzilishiga qarab, to’plngan energiya zaxirasi gektariga 20-100 x 106 kilokoloriyani tashkil etadi, ayni vaqtda yuvilib to’plangan tuproq-yuvilmagan-biroz yuvilgan- o’rtacha yuvilgan-kuchliyuvilgan tuproqlar qatorida energiya zaxirasi kamayib boradi.
Respublikamizda sug’orish eroziyasidan zarar ko’radigan ekin maydonlari 851 ming/gani tashkil etadi. Lekin, inson qo’lidan kelmaydigan ish yo’q. SHunday bo’lgach, inson eroziyaning oldini olish va unga qarshi kurashish yo’llarini topmog’i lozim. Buning uchun tuproq tarkibini yaxshilash, yuvilishga chidamliligini oshirish, suv o’tkazuvchanligini ta’minlash, oqayotgan suvning tezligini kamaytirish kerak.