Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə25/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Nazorat Саvollari:
1. V.V.Dokuchaev, N.M.Sibirtsev, P.A.Kostichev, V.R.Vilyams va hozirgi zamon olimlarining tuproq haqidagi ta’riflarini ayting?
2. Tuproq qatlamining vazifalari?
3. Tuproq va o’simliklar o’rtasidagi uzviy bog’liqlik to’g’risida
nimalarni bilasiz?
4. Tuproqshunoslik fanining boshqa fanlar o’rtasida tutgan o’рНi?
5. Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi haqida so’zlang?
7. O’rta Osiyo respublikalari tuproqlarini o’rganishda qaysi olimlarning xizmati katta?
8. Mineral va tog’ jinslarining ta’rifi?
9. Tog’ jinslari va minerallarning nurash turlari va ularga ta’sir etuvchi omillar?
10. Nurash maxsulotlari (ruxlyak) qanday jarayonlar tufayli paydo bo’ladi va ularning yaxlit jinslaridan farqi?
2-MAVZU:TUPROQ PAYDO BO’LISH JARAYONLARINING UMUMIY SXEMASI.TUPROQ PAYDO QILUVCHI OMILLAR.
Reja.
1. Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi.
2. Tuproq genezisi, evolyutsiyasi va tuproq zonalari bo’yicha V.V.Dokuchaev ta’limoti.
3. Tuproq paydo qiluvchi omillar.


.
2.1. Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi.
Tuproq tog’ jinslaridan paydo bo’lgan. Ammo tuproq o’zining bir qancha xususiyatlari, ayniqsa unumdorligi, ya’ni o’simliklarni suv, havo va oziq moddalari hamda boshqa hayot omillari bilan ta’min etish xususiyati bilan tog’ jinslaridan keskin farq qiladi. O’ziga xos ana shu xususiyatlarga ega bo’lgan tabiiy jins hisoblangan tuproqning paydo bo’lishida nurash va tuproq paydo bo’lish jarayonlari o’zaro munosabati natijasida kechadigan jarayonlar katta ahamiyat kasb etadi. Tuproq paydo bo’lish jarayonlari haqidagi umumiy nazariy tushunchalar – V.V.Dokuchaev, P.A.Kostichev, N.M.Sibertsev, V.R.Vilyams, P.S.Kossovich, K.D.Glinka, G.Iyenni, F.Dyushofur va boshqa mashhur olimlar ilmiy faoliyati tufayli shakllangan. Tuproq paydo bo’lish jarayoni haqidagi ta’limotning hozirgi zamon da rivojlanishida I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, B.P.Polinov, I.V.Tyurin, A.A.Rode, S.P.YArkov va boshqa tadqiqotchilarning xizmatlari nihoyatda katta rol o’ynaydi.
Tuproq paydo bo’lishi nihoyatda murakkab biofizik-kimyoviy jarayondir. A.A.Rodening kursatishicha, tuproq paydo bo’lish jarayoni deb moddalar va energiyaning tuproq qatlamida o’zgarishi va harakati singari hodisalar yig’indisiga aytiladi.
Tuproq paydo bo’lish jarayon yoki tuproq paydo bo’lishi- bu yer yuzasini tashkil etuvchi tog’ jinslaridan tuproq paydo bo’lishi, tuproq paydo buliщ omillari kompleksi ta’sirida yeрНing tabiiy yoki antropogen ekosistemalarida rivojlanishi, funktsiyasini bajarishi va evolyutsiyasidagi murakkab tabiiy jarayonlardir.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin