4.2. Tuproqda gumus (spetsifik organik moddalar) ning hosil bulishi va u haqidagi asosiy nazariyalar
Gumus hosil bo’lish tezligi, uning borish xarakteri qator omillarga, jumladan, o’simliklar qoldig’ining miqdori va kimyoviy tarkibiga, tuproqning namligi va aeratsiyasiga, muhit reaktsiyasiga, oksidlanish-qaytarilish sharoitiga, mikrobiologik faoliyatining intensivligiga, mikroorganizmlar gruppalari tarkibiga, shuningdek, tuproq mineral qismining mexanik, mineralogik va kimyoviy tarkibiga bog’liq. Ana shu omillar asosida L.N.Aleksandrova tuproqdagi organik qoldiqlarning gumusga aylanishining fulvatli, gumat-fulvatli, fulvat-gumatli va gumatli tiplarini ajratadi.
O’simlik qoldiqlarining gumusga aylanish jarayonidagi o’zgarish rasm-chizmasi (M.M.Kononova, L.N.Aleksandrova, N.N.Belchikova bo’yicha).
D.S.Orlov (1977) turli tuproq tiplarini gumusga aylanish jarayonlarini xarakterlovchi gumusga aylanish chuqurligi tushunchasini tavsiya etadi. Tuproq gumusini o’rganish va tekshirish ishlari bundan 150 yildan ortiq davrdan buyon olib borilib, ko’plab ilmiy asarlar yaratilishiga qaramasdan gumusning tabiati, ayrim tarkibiy qismlarining struktura formulasi, tuzilishi hamda tuproq chirindisining paydo bo’lish mexanizmi, tuproq xossalariga va o’simliklarga ta’siri haqida aniq tasavvurga ega emasmiz. Buning asosiy sababi gumus juda murakkab tarkibli organik modda bo’lib, uni toza holda ajratib olish qiyin. CHunki tuproqning mineral qismi organik moddalar bilan mustahkam birikkan bo’lib, gumus moddalarini ajratib olish usullari hozirgacha mukammal emas.
Gumusning kimyoviy tarkibini o’rganishga doir dastlabki tadqiqotlar shved olimi YA.Bertselius tomonidan olib borildi. U 1836 yilda tuproq chirindi moddalarini tekshirib qator o’ziga xos organik birikmalarini kren, apokren, gumin, ulmin kabi to’rtta gumus kislotalarini ajratdi. Bu kislotalarning tarkibi keyinchalik V.R.Vilyams va boshqa qator olimlar tomonidan batafsil o’rganildi.
Rus olimlari I.V.Tyurin, M.M.Kononova, S.S.Dragunov, V.V.Ponomareva, L.N.Aleksandrova va boshqalarning ko’rsatishicha, gumusning tarkibi asosan quyidagi uch gruppa organik moddalardan iborat.
1. Hali chirimagan o’simlik va hayvon qoldiqlari tarkibidagi dastlabki moddalar (oqsillar, uglevodlar, ligninlar, yog’lar va boshqalar).
2. Gumusga aylanayotgan oraliq mahsulotlar (aminokislota-oksikislota, fenol, monosaxarid kabilar).
3. Gumus moddalari, chirindining o’ziga xos asosiy spetsifik qismi bo’lib, barcha gumus tarkibining 85-90 foizini tashkil etadi. Gumusning o’ziga xos bo’lmagan qismi hisoblangan birinchi va ikkinchi gruppa organik moddalar gumusning 10-15 foizini tashkil etadi.
Gumusning kimyoviy tarkibi qanday elementlardan iborat ekanligi
aniqlanib, chirindi hosil bo’ladigan o’simliklar qoldiqlari tarkibidan farq qiladi (13-jadval). Demak, gumus tarkibida o’simliklarga nisbatan uglerod va azot miqdori ko’payib, kislorod va vodorod aksincha kamayadi.
Olingan ma’lumotlarga ko’ra hozirgi vaqtda gumus moddalari tarkibi:
gumin kislotalari, fulvokislotalar va gumin (gidrolizlanmaydigan) moddalardan iborat. Ba’zan alohida gimatomelan kislotasi ham ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |