Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə36/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Tuproqning qattiqligi. Tabiiy holdagi tuproqlarning turli bosimdagi kuch ta’sirida siqilish va bo’linib ketishga qarshi tura olish qobiliyati hisoblanadi. Qattiqlik tverdomer (qattiqlikni o’lchovchi) asbob bilan aniqlanadi va kg/sm2 bilan ifodalanadi. Qattiqlik darajasi tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi, holati va namligi singarilarga bog’liq. Namlik ortgan sari, qattiqlik kamayadi. Tuproq qattiqligi o’simlik ildizining o’sishi va tarqalishida muhim ahamiyatga ega.O’simliklarning dastlabki o’sish davrida tuproqning qattiqligi 7-8kg/sm2 , intensiv o’sish paytida esa 25 kg/sm2 dan oshmasligi kerak(P.U.Baxtin). Tuproq qattiqligi qishloq xo’jalik mashinalaridan foydalanilayotganda hisobga olinadi.
Tuproqning solishtirma qarshiligi. Tuproqqa ishlov berish uchun sarflanadigan kuchlarning umumiy ko’rsatkichidir. Solishtirma qarshilik deb, tuproq qatlamini qirqish, ag’darish uchun hamda qurollar yuzasiga tushadigan qarshilikni yengish uchun sarf bo’lgan kuch miqdoriga aytiladi. Solishtirma qarshilik tuproq qatlami ko’ndalang kesimining 1 sm2 yuzasiga qancha kg kuch sarf bo’lganiga qarab aniqlanadi.


Tuproqning namligi, foiz
>
13-rasm. Strukturali va strukturasiz tuproqlar solishtirma qarshiligining, uning namligiga bog’liqligi.

____ Strukturasiz tuproq _ _ _ Strukturali tuproq


4-jadval
Tuproqning solishtirma qarshiligi.



Tuproq

Mexanik tarkibi

Foydalanish holati

Solishtirma qarshiligi, kg/sm2

CHimli podzol
Oddiy qora tuproq
SHo’rtob

Bo’z tuproq



Soz
Og’ir qumoq
O’rta qumoq
Engil qumoq
Qumloq
Soz
Qumoq
Qumoq
Soz
Qumoq
Og’ir qumoq
O’rta qumoq
Engil qumoq
Og’ir qumoq

Qumoq
Engil qumoq



Haydalgan yer
---------\\--------
---------\\--------
---------\\--------
---------\\--------
qo’riq yer
---------\\--------
haydalgan yer
qo’riq yer
---------\\--------
sug’orib haydaladigan yer
---------\\--------
---------\\--------
sug’orilmaydigan,
haydalma yer
---------\\--------
---------\\--------

0,68
0,48
0,35
0,27
0,18
0,7-0,8
0,6-0,8
0,4-0,5
1,21
0,90
0,49
0,41
0,34

0,42
0,34


0,27

Tuproqning mexanik tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari, tuproq namligi va agroxo’jalik holatiga ko’ra, solishtirma qarshilik 0,2-1,2 kg\sm2 oralig’ida bo’ladi (27-jadval). Bu muhim ko’rsatkich plug konstruktsiyasida, traktorlar kuchini aniqlashda, yeрНi ishlashda ishlatiladigan qurollar va traktorlar markasini rayonlashtirishda e’tiborga olinadi (4-rasm).Solishtirma qarshilik ko’rsatkichiga ko’ra, haydalayotgan barcha tuproqlar quyidagi 4 gruppaga bo’linadi (K.I.Kurochkin): yengil solishtirma qarshiligi 0,2-0,35 kg/sm2 (qum, qumoq, yengil tarkibli podzol va ba’zi torfli); o’rtacha tuproq, solishtirma qarshiligi 0,35-0,55 kg/sm2 (qumoq tarkibli qora, qisman tog’ oldi rayonlarining shag’alli tuproqlari); og’ir tuproq solishtirma qarshilishi 0,55-0,8 kg/sm2 (soz tarkibli qo’ng’ir va kashtan tuproqlar); o’ta og’ir tuproqlar, solishtirma qarshiligi 0,8-2,0 kg/sm2 (sug’oriladigan yerlar, bo’z va qo’riq uchastkalar, kuchli chimlangan shuningdek, sho’rtob va sho’rxoklar).


Tuproqning solishtirma qarshiligi oshishi bilan yeрНing ishlashda xizmat qiladigan traktorlarning yoqilg’i sarfi oshadi. Qarshi cho’lining yangi sug’oriladigan taqir tuproqlari sharoitida yengil qumoq tarkibli yerlarda solishtirma qarshilik 0,50-0,70 kg\sm2, yengil soz tuproqlarda 0,93-1,06 kg\sm2 ni tashkil etadi. SHunga ko’ra, yoqilg’i sarfi yengil qumoq tuproqlarda 10-12 kg/ga, o’rta qumoqlarda 15-18, yengil soz yerlarda 28 kg/ga, ya’ni bunda yengil qumoq tuproqlarga nisbatan yoqilg’i miqdori 1,5-3 barobar ko’p bo’lgan (T.M.Ishpo’latov).

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin